Allohning go'zal ismlari

Al-Hayiy

Hayoli

الحَيِيُّ

Al-Hayiy (Hayoli) — bandasi Unga iltijo qilib, qo’llarini Unga cho’zganda uni rad etishdan, Uning rahmati va kechirimiga umid qilganda uni jazolashdan, tavba qilib, Uning himoyasiga panoh izlaganda uni sharmanda qilishdan hayo qiladigan Zot. Abul-Hasan al-Muborakfuriy aytgan: «Bu — O’z bandalarini sharmanda qilishdan va ularning nojo’ya ishlarini fosh etishdan qattiq hayo qiladigan Zot».

Bu ism Qur’onda zikr qilinmagan, Sunnatda uchraydi.

Dalil: Payg’ambar (unga Allohning salovoti va salomi bo’lsin) aytdi: Robbingiz hayoli va karamlidir: bandasi qo’llarini Unga ko’targanida ularni bo’sh qaytarishdan hayo qiladi. (Abu Dovud, Termiziy)