As-Subbuh (Pok, Muqaddas) — nuqsondan yiroq va har qanday aybdan yuksak, O’ziga o’xshash va teng keladigani yo’q, farzandi va sherigi yo’q, O’z maxluqotlariga o’xshamaydigan va ularga muhtoj bo’lmagan Zot. Bu ism ma’no jihatidan Al-Quddus ismiga yaqin.
Bu ism Qur’onda zikr qilinmagan, Sunnatda uchraydi.
Dalil: Oisha (Alloh undan rozi bo’lsin) rivoyat qiladiki, Payg’ambar (unga Allohning salovoti va salomi bo’lsin) ruku’ va sajdada shunday derdi: Pok (Subbuh), Muqaddas, farishtalar va Ruhning Robbi. (Muslim)