As-Salom (Nuqsonsiz) — har qanday ayb, illat va nuqsondan xoli, ilohiy zoti, ishlari va sifatlari eng yuksak darajada a’lo va mukammal bo’lgan Zot. As-Salom ismi ma’no jihatidan Al-Quddus go’zal ismiga yaqin va agar ular birga qo’llanilsa, Al-Quddus Allohning o’tmishdagi va hozirgi kamolotini, As-Salom esa Uning sifatlari va ishlarining hozirgi va kelajakdagi benuqsonligini bildiradi.
Qur’onda zikr qilinishi: 1 marta.
Dalil: U — Alloh Undan o’zga iloh yo’q Zotdir. U — Malik, U — Quddus, U — Salom, U — Mu’min, U — Muhaymin, U — Aziyz, U — Jabbor, U — Mutakabbirdir. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir. (Sura 59 «Hashr», Oyat 23)