Allohning go'zal ismlari

Ar-Rafiyq

Muloyim, Shoshilmaydigan

الرَّفِيقُ

Ar-Rafiyq (Muloyim, Shoshilmaydigan) — O’z bandalariga mehribon va ularning ahvolini yengillatadigan, O’z irodasini asta-sekin va shoshilmay amalga oshiradigan, Unga qarshilik qilganlarni jazolashga shoshilmaydigan va ularga muhlat beradigan Zot. Ar-Rizvoniy yozadi: «Ar-Rafiyq — O’z bandalariga mehribon va ularga yaqin Zot. U ularning gunohlarini kechiradi va tavbalarini qabul qiladi. U ularga beg’araz va ularga hech qanday ehtiyojsiz g’amxo’rlik qiladi, istaganlariga erishish yo’llarini osonlashtiradi. U ular uchun dunyoviy nasibani belgiladi va ularga foyda keltiradigan narsani ko’rsatdi. Uning ularga rahmati keng va ular haqidagi hikmatli rejasi mukammaldir».

Bu ism Qur’onda zikr qilinmagan, Sunnatda uchraydi.

Dalil: Payg’ambar (unga Allohning salovoti va salomi bo’lsin) aytdi: Alloh mehribondir, mehribonlikni yaxshi ko’radi va mehribonlikka qo’pollikka bermaganini beradi. (Muslim)