Allohning go'zal ismlari

Al-Jamiyl

Go'zal, Chiroyli

الجَمِيلُ

Al-Jamiyl (Go’zal, Chiroyli) — O’zining zoti, sifatlari va ishlari bilan go’zal, chiroyli taqdir qiladigan va rejasini chiroyli amalga oshiradigan, yaratgani mukammal, amrlari esa hikmatga to’la bo’lgan Zot. Al-Xattobiy Al-Jamiyl — hamma narsani chiroyli va eng yaxshi tarzda qiladigan, nur va ulug’vorlikka ega Zot ekanini aytgan.

Bu ism Qur’onda zikr qilinmagan, Sunnatda uchraydi.

Dalil: Payg’ambar (unga Allohning salovoti va salomi bo’lsin) aytdi: Alloh go’zaldir va go’zallikni yaxshi ko’radi. (Muslim)