Allohning go'zal ismlari

Al-Quddus

Muqaddas

القُدُّوسُ

Al-Quddus (Muqaddas) — kamolotida O’ziga teng va o’xshash hech kim bo’lmagan, hech qanday nuqsoni yo’q va ulug’lash va hamd aytishga loyiq eng mukammal, ulug’vor va go’zal sifatlarga ega Zot. Al-G’azzoliy yozadi: «Al-Quddus — sezgi a’zolari bilan idrok qilish, xayol bilan tasavvur qilish yoki aql bilan anglash mumkin bo’lgan, ongda paydo bo’lishi yoki fikrlash natijasi bo’lishi mumkin bo’lgan sifatlarga ega bo’lmagan Zot».

Qur’onda zikr qilinishi: 2 marta.

Dalil: Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Malik, Quddus, Aziyz va Hakiym bo’lgan Allohga tasbih aytadir. (Sura 62 «Jumua», Oyat 1)