Sura 26
Shuaro
n
Shoirlar
227 oyat |
Makka |
Sura 26 • Oyat 1 / 227 • Juz 193⁄8 • Sahifa 367
Shuaro
2
1
۞ طسٓمٓ١
Sodiq
To. Siyn. Miym.
2
تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُبِينِ٢
Sodiq
Bular ochiq kitobning oyatlaridir.
3
لَعَلَّكَ بَٰخِعٌ نَّفْسَكَ أَلَّا يَكُونُواْ مُؤْمِنِينَ٣
Sodiq
Ehtimol, (ular) mo`min bo`lmaganlari uchun sen o`zingni halok qilmoqchidirsan?!
4
إِن نَّشَأْ نُنَزِّلْ عَلَيْهِم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ءَايَةً فَظَلَّتْ أَعْنَٰقُهُمْ لَهَا خَٰضِعِينَ٤
Sodiq
Agar xohlasak, ularga osmondan oyat-mo`'jiza nozil qilamiz. Bas, ularning bo`yinlari unga egilib qoladir.
5
وَمَا يَأْتِيهِم مِّن ذِكْرٍ مِّنَ ٱلرَّحْمَٰنِ مُحْدَثٍ إِلَّا كَانُواْ عَنْهُ مُعْرِضِينَ٥
Sodiq
Ularga Rohmandan yangi eslatma kelibdiki, albatta, undan yuz o`girguvchi bo`lganlar.
6
فَقَدْ كَذَّبُواْ فَسَيَأْتِيهِمْ أَنۢبَٰٓؤُاْ مَا كَانُواْ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ٦
Sodiq
Bas, batahqiq, yolg`onga chiqardilar. Yaqinda ularga o`zlari istehzo qilgan narsaning xabari kelajakdir.
7
أَوَلَمْ يَرَوْاْ إِلَى ٱلْأَرْضِ كَمْ أَنۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍ كَرِيمٍ٧
Sodiq
Ular yerga qaramaydilarmi?! Biz unda karamli juftlardan qanchalarini undirib qo`yibmiz.
8
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ٨
Sodiq
Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmaslar.
9
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ٩
Sodiq
Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.
10
وَإِذْ نَادَىٰ رَبُّكَ مُوسَىٰٓ أَنِ ٱئْتِ ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ١٠
Sodiq
Robbing Musoga: «U zolim qavmga borgin.
11
قَوْمَ فِرْعَوْنَ ۚ أَلَا يَتَّقُونَ١١
Sodiq
Fir'avn qavmiga. (Bizdan) qo`rqmaydilarmi?!» deb nido qilganini esla.
12
قَالَ رَبِّ إِنِّىٓ أَخَافُ أَن يُكَذِّبُونِ١٢
Sodiq
U: «Ey Robbim, ular meni yolg`onchi qilishlaridan qo`rqarman.
13
وَيَضِيقُ صَدْرِى وَلَا يَنطَلِقُ لِسَانِى فَأَرْسِلْ إِلَىٰ هَٰرُونَ١٣
Sodiq
Va dilim siqilishidan hamda tilim burro bo`lmay qolishidan. Bas, Horunni elchi qil.
14
وَلَهُمْ عَلَىَّ ذَنۢبٌ فَأَخَافُ أَن يَقْتُلُونِ١٤
Sodiq
Mening zimmamda ular nazdida gunoh bor. Bas, meni o`ldirishlaridan xavfdaman», dedi.
15
قَالَ كَلَّا ۖ فَٱذْهَبَا بِـَٔايَٰتِنَآ ۖ إِنَّا مَعَكُم مُّسْتَمِعُونَ١٥
Sodiq
U zot: «Yo`q! Bas, ikkingiz Bizning oyat-mo`'jizalarimiz ila boringlar. Albatta, Biz ikkingiz bilan eshitguvchimiz.
16
فَأْتِيَا فِرْعَوْنَ فَقُولَآ إِنَّا رَسُولُ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ١٦
Sodiq
Bas, Fir'avnga boringlar va unga: «Biz Robbul olamiynning Payg`ambarlarimiz.
17
أَنْ أَرْسِلْ مَعَنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ١٧
Sodiq
Bani Isroilni biz bilan qo`yib yubor», deb aytinglar, dedi.
18
قَالَ أَلَمْ نُرَبِّكَ فِينَا وَلِيدًا وَلَبِثْتَ فِينَا مِنْ عُمُرِكَ سِنِينَ١٨
Sodiq
U (Fir'avn): «Biz seni go`dakligingdan o`z ichimizda tarbiya qilmadikmi?! Umringning bir necha yilini bizning ichimizda o`tkazmadingmi?!
19
وَفَعَلْتَ فَعْلَتَكَ ٱلَّتِى فَعَلْتَ وَأَنتَ مِنَ ٱلْكَٰفِرِينَ١٩
Sodiq
Va nonko`rlardan bo`lib, qiladigan ishingni qilib qo`ymadingmi?!» dedi.[1]
[1] Fir'avnning minnatlaridan asosiy maqsadi — Muso alayhissalom olib kelgan dinni inkor qilish edi. Qo`limizda katta bo`la turib, endi, bizga, dinimizga va mulkimizga qarshi chiqasanmi? Yangi din keltirdim, deb da'vo qilasanmi? Bizning qavmimizdan bir kishini o`ldirib qo`ymadingmi?!)
20
قَالَ فَعَلْتُهَآ إِذًا وَأَنَاْ مِنَ ٱلضَّآلِّينَ٢٠
Sodiq
U (Muso): «O`sha ishni qilgan bo`lsam, bilmasdan qilganman.
21
فَفَرَرْتُ مِنكُمْ لَمَّا خِفْتُكُمْ فَوَهَبَ لِى رَبِّى حُكْمًا وَجَعَلَنِى مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ٢١
Sodiq
Bas, sizlardan xavfsirab qochib ketdim. Keyin Alloh menga hikmat berdi va meni Payg`ambarlardan qildi.[1]
[1] O`sha qibtiy mening bir Bani Isroillik qabiladoshim bilan urishayotgan ekan. Qabiladoshim mendan yordam so`radi, men unga yordam beraman deb qibtiyni bir ursam o`lib qoldi. So`ngra xatoni tushundim.)
22
وَتِلْكَ نِعْمَةٌ تَمُنُّهَا عَلَىَّ أَنْ عَبَّدتَّ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ٢٢
Sodiq
O`sha menga qilayotgan minnating Bani Isroilni qul qilib olganingdandir», dedi.
23
قَالَ فِرْعَوْنُ وَمَا رَبُّ ٱلْعَٰلَمِينَ٢٣
Sodiq
Fir'avn: «Robbul olamiyn nima?» dedi.
24
قَالَ رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَآ ۖ إِن كُنتُم مُّوقِنِينَ٢٤
Sodiq
U (Muso): «Agar anglamoqchi bo`lsangiz, U, osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalarning Robbidir», dedi.
25
قَالَ لِمَنْ حَوْلَهُۥٓ أَلَا تَسْتَمِعُونَ٢٥
Sodiq
U (Fir'avn) atrofidagi kishilarga: «Eshitmayapsizlarmi?!» dedi.
26
قَالَ رَبُّكُمْ وَرَبُّ ءَابَآئِكُمُ ٱلْأَوَّلِينَ٢٦
Sodiq
U: «Sizning Robbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning Robbidir», dedi.
27
قَالَ إِنَّ رَسُولَكُمُ ٱلَّذِىٓ أُرْسِلَ إِلَيْكُمْ لَمَجْنُونٌ٢٧
Sodiq
U: «Albatta, sizga yuborilgan Payg`ambaringiz jinnidir», dedi.
28
قَالَ رَبُّ ٱلْمَشْرِقِ وَٱلْمَغْرِبِ وَمَا بَيْنَهُمَآ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْقِلُونَ٢٨
Sodiq
U: «U zot, agar aql yuritsangiz, mashriqu mag`ribning va ular o`rtasidagi narsalarning Robbidir», dedi.
29
قَالَ لَئِنِ ٱتَّخَذْتَ إِلَٰهًا غَيْرِى لَأَجْعَلَنَّكَ مِنَ ٱلْمَسْجُونِينَ٢٩
Sodiq
U: «Agar mendan boshqani iloh qilib olsang, albatta, men seni zindonbandlardan qilurman», dedi.
30
قَالَ أَوَلَوْ جِئْتُكَ بِشَىْءٍ مُّبِينٍ٣٠
Sodiq
U: «Agar men senga ochiq-oydin narsa keltirsam ham-a?» dedi.
31
قَالَ فَأْتِ بِهِۦٓ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ٣١
Sodiq
U: «Agar rostgo`ylardan bo`lsang, keltir uni!» dedi.
32
فَأَلْقَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِىَ ثُعْبَانٌ مُّبِينٌ٣٢
Sodiq
Bas, u (Muso) asosini tashladi. Banogoh u aniq ajdarga aylandi.
33
وَنَزَعَ يَدَهُۥ فَإِذَا هِىَ بَيْضَآءُ لِلنَّٰظِرِينَ٣٣
Sodiq
Va qo`lini chiqardi. Banogoh u nazar qilguvchilarga oppoq ko`rindi.
34
قَالَ لِلْمَلَإِ حَوْلَهُۥٓ إِنَّ هَٰذَا لَسَٰحِرٌ عَلِيمٌ٣٤
Sodiq
U (Fir'avn) atrofidagi a'yonlariga: «Albatta, bu o`ta bilimdon sehrgardir.
35
يُرِيدُ أَن يُخْرِجَكُم مِّنْ أَرْضِكُم بِسِحْرِهِۦ فَمَاذَا تَأْمُرُونَ٣٥
Sodiq
U o`z sehri bilan sizlarni yeringizdan chiqarmoqchi, nima deysizlar?» dedi.[1]
[1] Xudoning diniga qarshi chiqqan, Allohning yo`lidagi da'vatchilarni o`ziga dushman bilgan tug`yonkorlarning doimiy gaplaridan biri. Atrofidagi gumashtalariga va sodda xalqqa da'vatchini xavfli qilib ko`rsatadi va ularni qo`rqitadi.)
36
قَالُوٓاْ أَرْجِهْ وَأَخَاهُ وَٱبْعَثْ فِى ٱلْمَدَآئِنِ حَٰشِرِينَ٣٦
Sodiq
Ular: «Uni va akasini qo`yib turgin-da, shaharlarga to`plovchilarni yubor.
37
يَأْتُوكَ بِكُلِّ سَحَّارٍ عَلِيمٍ٣٧
Sodiq
Senga barcha o`ta bilimdon sehrgarlarni olib kelsinlar», dedilar.[1]
[1] Bu taklif Fir'avnga ma'qul tushdi. Zotan, u atrofidagilardan aynan shu javobni kutgan edi. Boshqa sura va oyatlardan bilamizki, Muso alayhissalom bilan sehrgarlarning musobaqalashadigan joyi, vaqti va boshqa shartlari kelishib olinadi. Fi'ravn shaharlarga odamlarini yuborib, sehrgarlarni to`platib keladi.)
38
فَجُمِعَ ٱلسَّحَرَةُ لِمِيقَٰتِ يَوْمٍ مَّعْلُومٍ٣٨
Sodiq
Bas, sehrgarlar ma'lum kuni kelishilgan vaqtda jamlandilar.
39
وَقِيلَ لِلنَّاسِ هَلْ أَنتُم مُّجْتَمِعُونَ٣٩
Sodiq
Va odamlarga: «Sizlar to`planib bo`ldingizmi?
40
لَعَلَّنَا نَتَّبِعُ ٱلسَّحَرَةَ إِن كَانُواْ هُمُ ٱلْغَٰلِبِينَ٤٠
Sodiq
Ajab ermas, ustun kelsalar, sehrgarlarga ergashsak», deyildi.[1]
[1] Turli munosabatlar ila odamlarni to`plash bilan ularni chalg`itish va o`ziga mahliyo etish ham tug`yonkor hokimlarning odati. Sehrgarlar bilan Muso alayhissalom tortishuvini g`animat bilib rosa odam yig`dilar.)
41
فَلَمَّا جَآءَ ٱلسَّحَرَةُ قَالُواْ لِفِرْعَوْنَ أَئِنَّ لَنَا لَأَجْرًا إِن كُنَّا نَحْنُ ٱلْغَٰلِبِينَ٤١
Sodiq
Sehrgarlar kelgan chog`larida Fir'avnga: «Agar biz g`olib kelguvchi bo`lsak, bizga, albatta, haq beriladimi?» dedilar.
42
قَالَ نَعَمْ وَإِنَّكُمْ إِذًا لَّمِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ٤٢
Sodiq
U: «Ha! U holda siz, albatta, eng yaqinlarimdan bo`lasiz», dedi.
43
قَالَ لَهُم مُّوسَىٰٓ أَلْقُواْ مَآ أَنتُم مُّلْقُونَ٤٣
Sodiq
Muso ularga: «Siz tashlaydigan narsangizni tashlang», dedi.
44
فَأَلْقَوْاْ حِبَالَهُمْ وَعِصِيَّهُمْ وَقَالُواْ بِعِزَّةِ فِرْعَوْنَ إِنَّا لَنَحْنُ ٱلْغَٰلِبُونَ٤٤
Sodiq
Bas, ular arqonlari va asolarini tashladilar va «Fir'avnning izzati bilan qasamki, albatta, biz g`oliblarmiz», dedilar.
45
فَأَلْقَىٰ مُوسَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِىَ تَلْقَفُ مَا يَأْفِكُونَ٤٥
Sodiq
So`ngra Muso asosini tashlagan edi, birdan u ularning uydirmalarini yuta boshladi.[1]
[1] Sehrgarlar arqonlarini tashlaganida, ilonga aylanmagan, ularning nayrangi tufayligina kishilar ko`ziga shunday ko`ringan edi, xolos. Keyin Muso alayhissalom asolarini tashladilar va u ajdarga aylanib, Fir'avn sehrgarlarining aso va arqonlarini yuta boshladi.)
46
فَأُلْقِىَ ٱلسَّحَرَةُ سَٰجِدِينَ٤٦
Sodiq
Bas, sehrgarlar sajda qilgan hollarida yiqildilar.
47
قَالُوٓاْ ءَامَنَّا بِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ٤٧
Sodiq
Ular: «Robbul olamiynga iymon keltirdik.
48
رَبِّ مُوسَىٰ وَهَٰرُونَ٤٨
Sodiq
Muso va Horunning Robbiga», dedilar.
49
قَالَ ءَامَنتُمْ لَهُۥ قَبْلَ أَنْ ءَاذَنَ لَكُمْ ۖ إِنَّهُۥ لَكَبِيرُكُمُ ٱلَّذِى عَلَّمَكُمُ ٱلسِّحْرَ فَلَسَوْفَ تَعْلَمُونَ ۚ لَأُقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُم مِّنْ خِلَٰفٍ وَلَأُصَلِّبَنَّكُمْ أَجْمَعِينَ٤٩
Sodiq
U: «Men sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingiz! Albatta, u sizga sehr o`rgatgan kattangizdir! Endi tezda bilasiz, men, albatta, qo`l-oyog`ingizni qarama-qarshi tomonidan kesajakman va barchangizni osajakman», dedi.
50
قَالُواْ لَا ضَيْرَ ۖ إِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا مُنقَلِبُونَ٥٠
Sodiq
Ular: «Zarari yo`q. Albatta, biz Robbimizga qaytguvchimiz.
51
إِنَّا نَطْمَعُ أَن يَغْفِرَ لَنَا رَبُّنَا خَطَٰيَٰنَآ أَن كُنَّآ أَوَّلَ ٱلْمُؤْمِنِينَ٥١
Sodiq
Mo`minlarning avvalgisi bo`lganimiz uchun Robbimiz xatolarimizni kechirishidan umid qilamiz», dedilar.
52
۞وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنْ أَسْرِ بِعِبَادِىٓ إِنَّكُم مُّتَّبَعُونَ٥٢
Sodiq
Va Musoga: «Bandalarim bilan kechasi yo`lga chiq. Albatta, ta'qib etilursiz», deb vahiy yubordik.
53
فَأَرْسَلَ فِرْعَوْنُ فِى ٱلْمَدَآئِنِ حَٰشِرِينَ٥٣
Sodiq
Bas, Fir'avn shaharlarga to`plovchilar yubordi:
54
إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ لَشِرْذِمَةٌ قَلِيلُونَ٥٤
Sodiq
«Shubhasiz, anavilar ozgina toifadirlar.
55
وَإِنَّهُمْ لَنَا لَغَآئِظُونَ٥٥
Sodiq
Albatta, ular bizni g`azablantirguvchilardir.
56
وَإِنَّا لَجَمِيعٌ حَٰذِرُونَ٥٦
Sodiq
Albatta, biz hammamiz hushyormiz», deb.
57
فَأَخْرَجْنَٰهُم مِّن جَنَّٰتٍ وَعُيُونٍ٥٧
Sodiq
Bas, Biz ularni chiqardik, bog`-rog`lar va buloqlardan.
58
وَكُنُوزٍ وَمَقَامٍ كَرِيمٍ٥٨
Sodiq
Xazinalar va muhtaram maskandan.[1]
[1] Ya'ni, Fir'avn va uning qavmini bog`-rog`laridan va buloqlaridan, xazinalaridan va hashamatli maskanlaridan chiqardik.)
59
كَذَٰلِكَ وَأَوْرَثْنَٰهَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ٥٩
Sodiq
Ana shunday. O`sha(narsa)larni Bani Isroilga meros qilib berdik.
60
فَأَتْبَعُوهُم مُّشْرِقِينَ٦٠
Sodiq
Bas, ularni quyosh chiqish paytida quvib yetdilar.
61
فَلَمَّا تَرَٰٓءَا ٱلْجَمْعَانِ قَالَ أَصْحَٰبُ مُوسَىٰٓ إِنَّا لَمُدْرَكُونَ٦١
Sodiq
Ikki jamoat bir-birlarini ko`rgan chog`ida, Musoning odamlari: «Endi qo`lga tushdik», dedilar.
62
قَالَ كَلَّآ ۖ إِنَّ مَعِىَ رَبِّى سَيَهْدِينِ٦٢
Sodiq
U (Muso): «Yo`q! Albatta, Robbim men bilan, U menga to`g`ri yo`lni ko`rsatur», dedi.
63
فَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنِ ٱضْرِب بِّعَصَاكَ ٱلْبَحْرَ ۖ فَٱنفَلَقَ فَكَانَ كُلُّ فِرْقٍ كَٱلطَّوْدِ ٱلْعَظِيمِ٦٣
Sodiq
Bas, Biz Musoga: «Asoing bilan dengizni ur», deb vahiy qildik. Bas, u (dengiz) bo`linib, har bo`lagi ulkan tog`dek bo`ldi.
64
وَأَزْلَفْنَا ثَمَّ ٱلْـَٔاخَرِينَ٦٤
Sodiq
Va keyin boshqalarni ham yaqinlashtirdik.[1]
[1] Ya'ni, Fir'avn va uning askarlarini ham dengizga yaqinlashtirdik.)
65
وَأَنجَيْنَا مُوسَىٰ وَمَن مَّعَهُۥٓ أَجْمَعِينَ٦٥
Sodiq
Muso va unga ergashganlarga, hammalariga najot berdik.
66
ثُمَّ أَغْرَقْنَا ٱلْـَٔاخَرِينَ٦٦
Sodiq
So`ngra boshqalarni g`arq qildik.[1]
[1] Fir'avn va uning askarlari dengiz bag`riga to`liq tushib bo`lganlaridan keyin, ulkan tog`dek haybat-la to`xtab turgan dengiz yana harakatga kelib, hammalarini halok qildi.)
67
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ٦٧
Sodiq
Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.
68
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ٦٨
Sodiq
Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.
69
وَٱتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ إِبْرَٰهِيمَ٦٩
Sodiq
Va ularga Ibrohimning xabarini tilovat qilib ber.
70
إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦ مَا تَعْبُدُونَ٧٠
Sodiq
O`shanda u otasi va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?» degan edi.
71
قَالُواْ نَعْبُدُ أَصْنَامًا فَنَظَلُّ لَهَا عَٰكِفِينَ٧١
Sodiq
Ular: «Sanamlarga ibodat qilmoqdamiz. Va ularga ixlos ila ibodat qilishda bardavom bo`lurmiz», dedilar.[1]
[1] Tosh yoki boshqa narsadan yuzi inson yuziga o`xshatib ishlangan butga «sanam» deyiladi.)
72
قَالَ هَلْ يَسْمَعُونَكُمْ إِذْ تَدْعُونَ٧٢
Sodiq
U: «Iltijo qilganingizda ular sizni eshitadilarmi?
73
أَوْ يَنفَعُونَكُمْ أَوْ يَضُرُّونَ٧٣
Sodiq
Yoxud naf yoki zarar yetkaza oladilarmi?» dedi.
74
قَالُواْ بَلْ وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا كَذَٰلِكَ يَفْعَلُونَ٧٤
Sodiq
Ular: «Yo`q, biz ota-bobolarimizning shunday qilayotganlarini ko`rdik», dedilar.
75
قَالَ أَفَرَءَيْتُم مَّا كُنتُمْ تَعْبُدُونَ٧٥
Sodiq
U: «Nimaga ibodat qilayotganingizni bildingizmi?!
76
أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُمُ ٱلْأَقْدَمُونَ٧٦
Sodiq
Siz va qadimgi otalaringiz?!
77
فَإِنَّهُمْ عَدُوٌّ لِّىٓ إِلَّا رَبَّ ٱلْعَٰلَمِينَ٧٧
Sodiq
Albatta, Robbul olamiyndan boshqa ularning barchasi menga dushmandir», dedi.
78
ٱلَّذِى خَلَقَنِى فَهُوَ يَهْدِينِ٧٨
Sodiq
U meni yaratgan Zotdir. Bas, meni hidoyat qiladigan ham Uning O`zi.
79
وَٱلَّذِى هُوَ يُطْعِمُنِى وَيَسْقِينِ٧٩
Sodiq
Va meni taomlantiradigan va sug`oradigan ham Uning O`zi.
80
وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ٨٠
Sodiq
Bemor bo`lganimda menga shifo beradigan ham Uning O`zi.
81
وَٱلَّذِى يُمِيتُنِى ثُمَّ يُحْيِينِ٨١
Sodiq
Meni o`ldiradigan, so`ngra tiriltiradigan ham Uning O`zi.
82
وَٱلَّذِىٓ أَطْمَعُ أَن يَغْفِرَ لِى خَطِيٓـَٔتِى يَوْمَ ٱلدِّينِ٨٢
Sodiq
Va mening xatoimni qiyomat kuni mag`firat qilishidan umidvor bo`lganim ham Uning O`zi.
83
رَبِّ هَبْ لِى حُكْمًا وَأَلْحِقْنِى بِٱلصَّٰلِحِينَ٨٣
Sodiq
Ey Robbim, menga hikmat hadya et va meni solihlarga qo`shgin.
84
وَٱجْعَل لِّى لِسَانَ صِدْقٍ فِى ٱلْـَٔاخِرِينَ٨٤
Sodiq
Va menga keyin kelguvchilar ichida sodiq maqtovlar bo`ladigan qilgin.[1]
[1] Ya'ni, o`tib ketganimdan keyin ham odamlar meni qiyomatgacha yaxshilik bilan eslab yuradigan qilgin.)
85
وَٱجْعَلْنِى مِن وَرَثَةِ جَنَّةِ ٱلنَّعِيمِ٨٥
Sodiq
Va meni na'iym jannati vorislaridan qilgin.
86
وَٱغْفِرْ لِأَبِىٓ إِنَّهُۥ كَانَ مِنَ ٱلضَّآلِّينَ٨٦
Sodiq
Va otamni mag`firat qil. Albatta, u adashganlardan bo`ldi.
87
وَلَا تُخْزِنِى يَوْمَ يُبْعَثُونَ٨٧
Sodiq
Va qayta tiriltiriladigan kunda meni sharmanda qilmagin.
88
يَوْمَ لَا يَنفَعُ مَالٌ وَلَا بَنُونَ٨٨
Sodiq
U kunda na mol manfaat berar va na bolalar.
89
إِلَّا مَنْ أَتَى ٱللَّهَ بِقَلْبٍ سَلِيمٍ٨٩
Sodiq
Magar, kim Alloh huzuriga toza qalb ila kelsa, (manfaat topar).
90
وَأُزْلِفَتِ ٱلْجَنَّةُ لِلْمُتَّقِينَ٩٠
Sodiq
Va jannat taqvodorlarga yaqinlashtirildi.
91
وَبُرِّزَتِ ٱلْجَحِيمُ لِلْغَاوِينَ٩١
Sodiq
Jahiym ig`voga uchganlarga zohir qilindi.
92
وَقِيلَ لَهُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ تَعْبُدُونَ٩٢
Sodiq
Va ularga: «Ibodat qilib yurgan narsalaringiz qani?!
93
مِن دُونِ ٱللَّهِ هَلْ يَنصُرُونَكُمْ أَوْ يَنتَصِرُونَ٩٣
Sodiq
Allohdan o`zga. Ular sizga yordam bera olurlarmi yoki o`zlarini qutqara olurlarmi?!» deyildi.
94
فَكُبْكِبُواْ فِيهَا هُمْ وَٱلْغَاوُۥنَ٩٤
Sodiq
Bas, ular, ig`voga uchganlar unga yuztuban tashlandilar.
95
وَجُنُودُ إِبْلِيسَ أَجْمَعُونَ٩٥
Sodiq
Va iblisning askarlari hammalari birgalikda.
96
قَالُواْ وَهُمْ فِيهَا يَخْتَصِمُونَ٩٦
Sodiq
Ular uning ichida bir-birlari ila xusumat qilar ekanlar, dedilar:
97
تَٱللَّهِ إِن كُنَّا لَفِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ٩٧
Sodiq
«Allohga qasamki, albatta, biz ochiq-oydin adashuvda ekanmiz.
98
إِذْ نُسَوِّيكُم بِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ٩٨
Sodiq
Chunki, sizlarni Robbul olamiynga tenglashtirardik.
99
وَمَآ أَضَلَّنَآ إِلَّا ٱلْمُجْرِمُونَ٩٩
Sodiq
Bizni faqat jinoyatchilar yo`ldan ozdirdilar.
100
فَمَا لَنَا مِن شَٰفِعِينَ١٠٠
Sodiq
Mana endi biz uchun shafoatchilar ham yo`q.
101
وَلَا صَدِيقٍ حَمِيمٍ١٠١
Sodiq
Biron qadrdon do`st ham yo`q.
102
فَلَوْ أَنَّ لَنَا كَرَّةً فَنَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ١٠٢
Sodiq
Qani endi ortga qaytsagu mo`minlardan bo`lsak.»
103
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ١٠٣
Sodiq
Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.
104
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ١٠٤
Sodiq
Albatta, Robbing O`zi azizu mehribondir.
105
كَذَّبَتْ قَوْمُ نُوحٍ ٱلْمُرْسَلِينَ١٠٥
Sodiq
Nuh qavmi Payg`ambarlarni yolg`onchi qildi.
106
إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ نُوحٌ أَلَا تَتَّقُونَ١٠٦
Sodiq
O`shanda ularga birodarlari Nuh dedi: «Qo`rqmaysizmi?!
107
إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ١٠٧
Sodiq
Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.
108
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ١٠٨
Sodiq
Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.
109
وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ١٠٩
Sodiq
Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramayman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiynning zimmasidadir.
110
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ١١٠
Sodiq
Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar».
111
۞قَالُوٓاْ أَنُؤْمِنُ لَكَ وَٱتَّبَعَكَ ٱلْأَرْذَلُونَ١١١
Sodiq
Ular: «Senga pastkashlar ergashib turgan holda, biz senga iymon keltirarmidik?!» dedilar.
112
قَالَ وَمَا عِلْمِى بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ١١٢
Sodiq
U dedi: «Mening ular nima qilayotganlari haqida ilmim yo`q.
113
إِنْ حِسَابُهُمْ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّى ۖ لَوْ تَشْعُرُونَ١١٣
Sodiq
Agar sezsangiz, ularning hisobi faqat Allohning zimmasidadir.
114
وَمَآ أَنَاْ بِطَارِدِ ٱلْمُؤْمِنِينَ١١٤
Sodiq
Va men mo`minlarni haydab yuborguvchi emasman.
115
إِنْ أَنَاْ إِلَّا نَذِيرٌ مُّبِينٌ١١٥
Sodiq
Men faqat ochiq-oydin ogohlantirguvchiman, xolos».
116
قَالُواْ لَئِن لَّمْ تَنتَهِ يَٰنُوحُ لَتَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمَرْجُومِينَ١١٦
Sodiq
Ular: «Ey Nuh, agar to`xtamasang, albatta, toshbo`ron qilinganlardan bo`lasan», dedilar.
117
قَالَ رَبِّ إِنَّ قَوْمِى كَذَّبُونِ١١٧
Sodiq
U: «Ey Robbim, shubhasiz, qavmim meni yolg`onchi qildilar.
118
فَٱفْتَحْ بَيْنِى وَبَيْنَهُمْ فَتْحًا وَنَجِّنِى وَمَن مَّعِىَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ١١٨
Sodiq
Bas, O`zing men bilan ularning oramizni yaxshilab ochgin va menga hamda men bilan birga bo`lgan mo`minlarga najot bergin», dedi.
119
فَأَنجَيْنَٰهُ وَمَن مَّعَهُۥ فِى ٱلْفُلْكِ ٱلْمَشْحُونِ١١٩
Sodiq
Bas, Biz unga va u bilan birga bo`lganlarga to`lgan kemada najot berdik.
120
ثُمَّ أَغْرَقْنَا بَعْدُ ٱلْبَاقِينَ١٢٠
Sodiq
So`ngra, qolganlarni g`arq qildik.
121
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ١٢١
Sodiq
Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.
122
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ١٢٢
Sodiq
Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.
123
كَذَّبَتْ عَادٌ ٱلْمُرْسَلِينَ١٢٣
Sodiq
Od qavmi Payg`ambarlarni yolg`onchi qildi.
124
إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ هُودٌ أَلَا تَتَّقُونَ١٢٤
Sodiq
O`shanda ularga birodarlari Hud dedi: «Qo`rqmaysizlarmi?!
125
إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ١٢٥
Sodiq
Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.
126
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ١٢٦
Sodiq
Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.
127
وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ١٢٧
Sodiq
Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.
128
أَتَبْنُونَ بِكُلِّ رِيعٍ ءَايَةً تَعْبَثُونَ١٢٨
Sodiq
Har tepalikka bir belgi bo`ladigan bino qurib, behuda o`yin qilaverasizmi?
129
وَتَتَّخِذُونَ مَصَانِعَ لَعَلَّكُمْ تَخْلُدُونَ١٢٩
Sodiq
Va xuddi mangu turajakdek «masna'lar» tutasiz.[1]
[1] Oyatdagi «masna'lar» so`zi hozirgi arab tilida zavod-fabrikalar ma'nosida ishlatilmoqda. Od qavmi ulkan qasrlar qurish, tog`larni o`yib ishlash va boshqa faxr uchun ko`taradigan binolarida foydalanadigan asbob-uskunalarni ishlab chiqaradigan ishxonalarga ega edi, «masone'lar»dan murod o`shalar, oyatda qurilishlarga doir ochiq-oydin ma'no bor.)
130
وَإِذَا بَطَشْتُم بَطَشْتُمْ جَبَّارِينَ١٣٠
Sodiq
Tutganingizda o`ta jabrchi bo`lib tutdingiz.
131
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ١٣١
Sodiq
Bas, Allohdan qo`rqing va menga itoat qiling.
132
وَٱتَّقُواْ ٱلَّذِىٓ أَمَدَّكُم بِمَا تَعْلَمُونَ١٣٢
Sodiq
Sizga o`zingiz bilgan narsa ila madad bergan Zotdan qo`rqing.
133
أَمَدَّكُم بِأَنْعَٰمٍ وَبَنِينَ١٣٣
Sodiq
U sizlarga chorva hayvonlari va farzandlar ila madad berdi.
134
وَجَنَّٰتٍ وَعُيُونٍ١٣٤
Sodiq
Bog`-rog`lar va buloqlar ila.
135
إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ١٣٥
Sodiq
Men, albatta, sizga ulug` kunning azobi kelishidan qo`rqaman».
136
قَالُواْ سَوَآءٌ عَلَيْنَآ أَوَعَظْتَ أَمْ لَمْ تَكُن مِّنَ ٱلْوَٰعِظِينَ١٣٦
Sodiq
Ular: «Biz uchun va'z qilsang ham yoki va'z qilguvchilardan bo`lmasang ham — bari bir.
137
إِنْ هَٰذَآ إِلَّا خُلُقُ ٱلْأَوَّلِينَ١٣٧
Sodiq
Bu eskilarning odati, xolos.
138
وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ١٣٨
Sodiq
Biz azoblanguvchi emasmiz», dedilar.[1]
[1] Ya'ni, bizga qancha gapirsang ham, baribir sen aytgan yo`ldan yurmaymiz. Bu qilmishimiz uchun, sen aytayotganingdek, azoblanmaymiz ham, dedilar.)
139
فَكَذَّبُوهُ فَأَهْلَكْنَٰهُمْ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ١٣٩
Sodiq
Ular u(Hud)ni yolg`onchi qildilar. Bas, Biz ularni halok qildik. Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.
140
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ١٤٠
Sodiq
Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.
141
كَذَّبَتْ ثَمُودُ ٱلْمُرْسَلِينَ١٤١
Sodiq
Samud (qavmi) Payg`ambarlarni yolg`onchi qildi.
142
إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ صَٰلِحٌ أَلَا تَتَّقُونَ١٤٢
Sodiq
O`shanda ularga birodarlari Solih dedi: «Qo`rqmaysizlarmi?!
143
إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ١٤٣
Sodiq
Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.
144
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ١٤٤
Sodiq
Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.
145
وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ١٤٥
Sodiq
Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramayman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.
146
أَتُتْرَكُونَ فِى مَا هَٰهُنَآ ءَامِنِينَ١٤٦
Sodiq
Siz bu joydagi narsalarda omon holda tark qilinasizmi?!
147
فِى جَنَّٰتٍ وَعُيُونٍ١٤٧
Sodiq
Bog`-rog`larda, buloqlarda?!
148
وَزُرُوعٍ وَنَخْلٍ طَلْعُهَا هَضِيمٌ١٤٨
Sodiq
Ekinzorlaru mayin xurmozor ichlarida-ya?!
149
وَتَنْحِتُونَ مِنَ ٱلْجِبَالِ بُيُوتًا فَٰرِهِينَ١٤٩
Sodiq
Va tog`lardan manmanlik-la uylar yo`naverasizmi?!
150
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ١٥٠
Sodiq
Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.
151
وَلَا تُطِيعُوٓاْ أَمْرَ ٱلْمُسْرِفِينَ١٥١
Sodiq
Va yer yuzida isrofchilarning ishiga itoat qilmanglar.
152
ٱلَّذِينَ يُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا يُصْلِحُونَ١٥٢
Sodiq
Yer yuzida buzg`unchilik qiladigan, isloh etmaydiganlarning».
153
قَالُوٓاْ إِنَّمَآ أَنتَ مِنَ ٱلْمُسَحَّرِينَ١٥٣
Sodiq
Ular: «Sen, albatta, sehrlanganlardandirsan.
154
مَآ أَنتَ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُنَا فَأْتِ بِـَٔايَةٍ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ١٥٤
Sodiq
Sen bizga o`xshagan bashardan boshqa hech narsa emassan. Agar rostgo`ylardan bo`lsang, mo`'jiza keltir», dedilar.[1]
[1] Samud qavmi ularga Allohning gapini yetkazgan payg`ambarlari Solih alayhissalomga, alg`ov-dalg`ov gapirmoqdasan, aniq sehrlangansan, deb tuhmat qildilar. Kofirlar nazdida, Allohning yo`liga chaqiruvchilar doimo majnun yoki sehrlangan bo`lib ko`rinadi.)
155
قَالَ هَٰذِهِۦ نَاقَةٌ لَّهَا شِرْبٌ وَلَكُمْ شِرْبُ يَوْمٍ مَّعْلُومٍ١٥٥
Sodiq
U: «Mana bu tuya. Unga (bir kun) suv ichish va sizga ma'lum bir kun suv ichish.
156
وَلَا تَمَسُّوهَا بِسُوٓءٍ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابُ يَوْمٍ عَظِيمٍ١٥٦
Sodiq
Va unga yomonlik yetkazmanglar, unda, sizni ulug` kunning azobi tutadir», dedi.[1]
[1] Boshqa oyatlarda bayon etilganidek, tuyaning toshdan chiqarilishining o`zi mo`'jiza bo`lgan edi. Endi o`sha mo`'jiza tuyaning Samud qavmi ichida turish sharti qo`yildi.)
157
فَعَقَرُوهَا فَأَصْبَحُواْ نَٰدِمِينَ١٥٧
Sodiq
Bas, u(tuya)ni so`ydilaru nadomat chekuvchiga aylandilar.
158
فَأَخَذَهُمُ ٱلْعَذَابُ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ١٥٨
Sodiq
Bas, ularni azob tutdi. Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.
159
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ١٥٩
Sodiq
Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.
160
كَذَّبَتْ قَوْمُ لُوطٍ ٱلْمُرْسَلِينَ١٦٠
Sodiq
Lut qavmi Payg`ambarlarni yolg`onchi qildi.
161
إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ لُوطٌ أَلَا تَتَّقُونَ١٦١
Sodiq
O`shanda ularga birodarlari Lut dedi: «Qo`rqmaysizlarmi?!
162
إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ١٦٢
Sodiq
Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.
163
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ١٦٣
Sodiq
Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.
164
وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ١٦٤
Sodiq
Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.
165
أَتَأْتُونَ ٱلذُّكْرَانَ مِنَ ٱلْعَٰلَمِينَ١٦٥
Sodiq
Olamlar ichidan erkaklarga borasizmi?!
166
وَتَذَرُونَ مَا خَلَقَ لَكُمْ رَبُّكُم مِّنْ أَزْوَٰجِكُم ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ عَادُونَ١٦٦
Sodiq
Va Robbingiz siz uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilasizmi?! Yo`q!!! Siz haddan oshgan qavmsiz.
167
قَالُواْ لَئِن لَّمْ تَنتَهِ يَٰلُوطُ لَتَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُخْرَجِينَ١٦٧
Sodiq
Ular: «Ey Lut, agar to`xtamasang, albatta, haydab chiqarilganlardan bo`lasan!» dedilar.
168
قَالَ إِنِّى لِعَمَلِكُم مِّنَ ٱلْقَالِينَ١٦٨
Sodiq
U: «Albatta, men bu ishingizni o`ta yomon ko`rguvchilardanman.
169
رَبِّ نَجِّنِى وَأَهْلِى مِمَّا يَعْمَلُونَ١٦٩
Sodiq
Ey Robbim, menga va ahlimga qilayotgan narsalaridan najot bergin!» dedi.
170
فَنَجَّيْنَٰهُ وَأَهْلَهُۥٓ أَجْمَعِينَ١٧٠
Sodiq
Bas, unga va ahliga, hammalariga najot berdik.
171
إِلَّا عَجُوزًا فِى ٱلْغَٰبِرِينَ١٧١
Sodiq
Magar (azobda) qolguvchilardan bo`lgan bir kampirga (najot bermadik).
172
ثُمَّ دَمَّرْنَا ٱلْـَٔاخَرِينَ١٧٢
Sodiq
So`ngra qolganlarini yer bilan yakson qildik.
173
وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِم مَّطَرًا ۖ فَسَآءَ مَطَرُ ٱلْمُنذَرِينَ١٧٣
Sodiq
Va ularning ustiga bir yomg`ir yog`dirdikki, bas, ogohlantirilganlarning yomg`iri qandoq ham yomon bo`ldi.[1]
[1] Shuning uchun ham hanafiy mazhabidagi ba'zi faqihlar, Lut alayhissalom qavmi kirdikorini qilgan bachchavozlarni, toshbo`ron qilib o`ldirish kerak, deydilar.)
174
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ١٧٤
Sodiq
Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.
175
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ١٧٥
Sodiq
Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.
176
كَذَّبَ أَصْحَٰبُ لْـَٔيْكَةِ ٱلْمُرْسَلِينَ١٧٦
Sodiq
Qalin daraxtzor egalari Payg`ambarlarni yolg`onchi qildilar.[1]
[1] Bu oyatda zikri kelayotgan «qalin daraxtzor» Madyan o`lkasidir. Alloh taolo Shuayb alayhissalomni shu yerga payg`ambar etib yubordi. Shuayb alayhissalom qissasini, Hijr surasida o`rganganmiz.)
177
إِذْ قَالَ لَهُمْ شُعَيْبٌ أَلَا تَتَّقُونَ١٧٧
Sodiq
O`shanda ularga Shu'ayb dedi: «Qo`rqmaysizlarmi?!
178
إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ١٧٨
Sodiq
Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.
179
فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ١٧٩
Sodiq
Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.
180
وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ١٨٠
Sodiq
Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.
181
۞أَوْفُواْ ٱلْكَيْلَ وَلَا تَكُونُواْ مِنَ ٱلْمُخْسِرِينَ١٨١
Sodiq
Bas, o`lchovni to`liq o`lchanglar va kamaytirguvchilardan bo`lmanglar.
182
وَزِنُواْ بِٱلْقِسْطَاسِ ٱلْمُسْتَقِيمِ١٨٢
Sodiq
Va to`g`ri tarozi ila torting.
183
وَلَا تَبْخَسُواْ ٱلنَّاسَ أَشْيَآءَهُمْ وَلَا تَعْثَوْاْ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ١٨٣
Sodiq
Odamlarning narsalarini kamaytirib bermang. Yer yuzida turli buzg`unchiliklar qilmang.
184
وَٱتَّقُواْ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ وَٱلْجِبِلَّةَ ٱلْأَوَّلِينَ١٨٤
Sodiq
Sizni va avvalgi nasllarni yaratgan Zotdan qo`rqing».
185
قَالُوٓاْ إِنَّمَآ أَنتَ مِنَ ٱلْمُسَحَّرِينَ١٨٥
Sodiq
Ular: «Albatta, sen sehrlanganlardansan.
186
وَمَآ أَنتَ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُنَا وَإِن نَّظُنُّكَ لَمِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ١٨٦
Sodiq
Va sen bizga o`xshagan bashardan boshqa narsa emassan. Biz seni, albatta, yolg`onchilardan, deb bilamiz.
187
فَأَسْقِطْ عَلَيْنَا كِسَفًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ١٨٧
Sodiq
Agar rostgo`ylardan bo`lsang, ustimizdan osmonning bir bo`lagini tashlavor», dedilar.
188
قَالَ رَبِّىٓ أَعْلَمُ بِمَا تَعْمَلُونَ١٨٨
Sodiq
U : «Robbim qilayotgan ishingizni o`ta yaxshi bilguvchidir», dedi.
189
فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَهُمْ عَذَابُ يَوْمِ ٱلظُّلَّةِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ١٨٩
Sodiq
Bas, ular u(Shu'ayb)ni yolg`onchi qildilar. Bas, ularni «soyabon» kuni azobi tutdi. Albatta, u ulug` kunning azobi edi.[1]
[1] Alloh taolo Ayka xalqini azobga duchor etishni iroda qilganida havoni o`ta isitib yubordi. Shunda pastlab kelayotgan bulut paydo bo`ldi. Bulut ularga soyabon bo`lib ko`rindi. Hammalari o`zlarini bulut soyasiga urdilar. Jinoyatchi qavmning hammasi bulut soyasiga kirib bo`lgandan so`ng, birdan chaqmoq chaqib, bulutdan o`t-olov chiqib ularni halok etdi.)
190
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ١٩٠
Sodiq
Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.
191
وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ١٩١
Sodiq
Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.
192
وَإِنَّهُۥ لَتَنزِيلُ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ١٩٢
Sodiq
Albatta, u(Qur'on) Robbul olamiynning tushirganidir.
193
نَزَلَ بِهِ ٱلرُّوحُ ٱلْأَمِينُ١٩٣
Sodiq
Uni Ruhul Amiyn olib tushdi.
194
عَلَىٰ قَلْبِكَ لِتَكُونَ مِنَ ٱلْمُنذِرِينَ١٩٤
Sodiq
Sening qalbingga, ogohlantirguvchilardan bo`lishing uchun.
195
بِلِسَانٍ عَرَبِىٍّ مُّبِينٍ١٩٥
Sodiq
Ochiq-oydin arab tilida.[1]
[1] «Ruhul Amiyn»dan murod Jabroil farishta alayhissalom; «ogohlantirguvchilardan» degani payg`ambarlardan degan ma'noni bildiradi. Ya'ni, Qur'onni Jabroil sening qalbingda payg`ambarlardan bo`lishing uchun ravshan arab tilida olib tushdi.)
196
وَإِنَّهُۥ لَفِى زُبُرِ ٱلْأَوَّلِينَ١٩٦
Sodiq
Albatta, u(Qur'on) avvalgilarning kitoblarida ham bordir.[1]
[1] Qur'onning zikri, avvalgi ummatlarning ilohiy kitoblarida ham bordir.)
197
أَوَلَمْ يَكُن لَّهُمْ ءَايَةً أَن يَعْلَمَهُۥ عُلَمَٰٓؤُاْ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ١٩٧
Sodiq
Uni Bani Isroil ulamolarining bilishlari ular uchun dalil emasmi?!
198
وَلَوْ نَزَّلْنَٰهُ عَلَىٰ بَعْضِ ٱلْأَعْجَمِينَ١٩٨
Sodiq
Agar Biz uni ba'zi ajamiylarga nozil qilsak.
199
فَقَرَأَهُۥ عَلَيْهِم مَّا كَانُواْ بِهِۦ مُؤْمِنِينَ١٩٩
Sodiq
Bas, u ularga uni o`qib bersa ham, unga mo`min bo`lmas edilar.
200
كَذَٰلِكَ سَلَكْنَٰهُ فِى قُلُوبِ ٱلْمُجْرِمِينَ٢٠٠
Sodiq
Biz u(Qur'on)ni jinoyatchilar qalblariga ana shunday yo`lladik.[1]
[1] Ular uni eshitadilar, ma'nolarini tushunadilar, ammo iymon keltirmaydilar.)
201
لَا يُؤْمِنُونَ بِهِۦ حَتَّىٰ يَرَوُاْ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ٢٠١
Sodiq
Ular unga to alamli azobni ko`rmagunlaricha iymon keltirmaslar.
202
فَيَأْتِيَهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ٢٠٢
Sodiq
Bas, ularga u(azob) to`satdan kelur. Ular sezmay qolurlar.
203
فَيَقُولُواْ هَلْ نَحْنُ مُنظَرُونَ٢٠٣
Sodiq
Shunda ular: «Bizga muhlat berilarmikan?!» deydilar.
204
أَفَبِعَذَابِنَا يَسْتَعْجِلُونَ٢٠٤
Sodiq
Bizning azobimizning tezroq kelishini istaydilarmi-ya?!
205
أَفَرَءَيْتَ إِن مَّتَّعْنَٰهُمْ سِنِينَ٢٠٥
Sodiq
Aytging-chi, agar Biz ularni yillarcha huzurlantirsak-da.
206
ثُمَّ جَآءَهُم مَّا كَانُواْ يُوعَدُونَ٢٠٦
Sodiq
So`ngra ularga va'da qilingan narsa kelsa.
207
مَآ أَغْنَىٰ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يُمَتَّعُونَ٢٠٧
Sodiq
O`sha huzurlanib yurgan narsalari nimaga asqotur?!
208
وَمَآ أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍ إِلَّا لَهَا مُنذِرُونَ٢٠٨
Sodiq
Biz biron shahar-qishloqni halok qilgan bo`lsak, albatta, uning ogohlantirguvchilari bo`lgan.
209
ذِكْرَىٰ وَمَا كُنَّا ظَٰلِمِينَ٢٠٩
Sodiq
Eslatma bo`lishi uchundir. Biz zulm qilguvchi bo`lmagandik.
210
وَمَا تَنَزَّلَتْ بِهِ ٱلشَّيَٰطِينُ٢١٠
Sodiq
U(Qur'on)ni shaytonlar olib tushganlari yo`q.[1]
[1] Mushriklar da'vo qilayotganlaridek, Qur'onni shaytonlar olib tushganlari yo`q. Ularning bu gaplari bo`htondan iborat.)
211
وَمَا يَنۢبَغِى لَهُمْ وَمَا يَسْتَطِيعُونَ٢١١
Sodiq
Bunga ularning imkonlari yo`q va unga qodir ham emaslar.
212
إِنَّهُمْ عَنِ ٱلسَّمْعِ لَمَعْزُولُونَ٢١٢
Sodiq
Albatta, ular eshitishdan chetlatilgandirlar.
213
فَلَا تَدْعُ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ فَتَكُونَ مِنَ ٱلْمُعَذَّبِينَ٢١٣
Sodiq
Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilma. Yo`qsa, azoblanganlardan bo`lasan.[1]
[1] Payg`ambar alayhissalotu vassalomning Allohga shirk keltirishlari mutlaqo mumkin emas. Ammo bu oyatda shirkning naqadar ulkan gunoh ekanligini anglatish uchun farazan shu ma'no keltirilgan. Payg`ambar alayhissalotu vassalomdek zot shirk keltirib, azobdan qutula bilmasa, boshqalarning holi nima bo`lishini bilib olish qiyin emas.)
214
وَأَنذِرْ عَشِيرَتَكَ ٱلْأَقْرَبِينَ٢١٤
Sodiq
Va yaqin qarindoshlaringni ogohlantir.
215
وَٱخْفِضْ جَنَاحَكَ لِمَنِ ٱتَّبَعَكَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ٢١٥
Sodiq
Va senga ergashgan mo`minlarga qanotingni pastlat.
216
فَإِنْ عَصَوْكَ فَقُلْ إِنِّى بَرِىٓءٌ مِّمَّا تَعْمَلُونَ٢١٦
Sodiq
Bas, agar ular senga isyon qilsalar: «Men siz qilayotgan amallardan bezorman», degin.
217
وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱلْعَزِيزِ ٱلرَّحِيمِ٢١٧
Sodiq
Va aziyz va mehribon Zotga tavakkal qil:
218
ٱلَّذِى يَرَىٰكَ حِينَ تَقُومُ٢١٨
Sodiq
Seni qoim bo`lganingda ko`radigan.
219
وَتَقَلُّبَكَ فِى ٱلسَّٰجِدِينَ٢١٩
Sodiq
Va sajda qilguvchilar ichida harakatlanishingni (ko`radigan) Zotga.[1]
[1] Ya'ni, yolg`izligingni ham, namozda qoim bo`lganingni, shuningdek, mo`minlar ichida turli ishlarga bosh bo`lib yurganingni ham ko`rib turadigan Zotga — Allohga tavakkal qil.)
220
إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ٢٢٠
Sodiq
Albatta, Uning O`zi o`ta eshitguvchi va o`ta bilguvchi Zotdir.
221
هَلْ أُنَبِّئُكُمْ عَلَىٰ مَن تَنَزَّلُ ٱلشَّيَٰطِينُ٢٢١
Sodiq
Sizlarga shaytonlar kimga tushishini aytib beraymi?
222
تَنَزَّلُ عَلَىٰ كُلِّ أَفَّاكٍ أَثِيمٍ٢٢٢
Sodiq
Ular o`ta uydirmachi va o`ta gunohkorlarga tushurlar.
223
يُلْقُونَ ٱلسَّمْعَ وَأَكْثَرُهُمْ كَٰذِبُونَ٢٢٣
Sodiq
Ular (shaytonlarga) quloq osarlar. Va ularning ko`plari yolg`onchilardir.
224
وَٱلشُّعَرَآءُ يَتَّبِعُهُمُ ٱلْغَاوُۥنَ٢٢٤
Sodiq
Va shoirlarga gumrohlar ergashur.
225
أَلَمْ تَرَ أَنَّهُمْ فِى كُلِّ وَادٍ يَهِيمُونَ٢٢٥
Sodiq
Ularning har vodiyda daydishini.
226
وَأَنَّهُمْ يَقُولُونَ مَا لَا يَفْعَلُونَ٢٢٦
Sodiq
Va o`zlari qilmaydigan ishlarni aytishini ko`rmadingmi?
227
إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَذَكَرُواْ ٱللَّهَ كَثِيرًا وَٱنتَصَرُواْ مِنۢ بَعْدِ مَا ظُلِمُواْ ۗ وَسَيَعْلَمُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓاْ أَىَّ مُنقَلَبٍ يَنقَلِبُونَ٢٢٧
Sodiq
Magar, iymon keltirib, solih amallar qilganlar, Allohni ko`p zikr etganlar va mazlum bo`lganlaridan keyin nusrat qozonganlar (unday emaslar). Zulm qilganlar esa, tezda qaysi ag`darilish joyiga ag`darilishlarini bilurlar.[1]
[1] Hamma shoir ham har vodiyda daydiydigan, beamal gapiradigan bo`lavermas ekan. Agar shoir iymonli, yaxshi amalli, Allohni ko`p esga oladigan, o`zini xor qilmay, haqqini tanigan, zolimlar ustidan g`olib keladigan bo`lsa, Allohning roziligini topgan shoir bo`lishi mumkin.)