Sura 37

Soffot

A

Saf tortganlar

182 oyat |MakkaMakka |
Sura 37 • Oyat 1 / 182 • Juz 232⁄8 • Sahifa 446
Soffot
ﻉ386Sahifa 446386ﻉ
2
1
وَٱلصَّٰٓفَّٰتِ صَفًّا‮١‬‬‬
Sodiq
Safda tizilib turuvchilar ila qasam.
2
فَٱلزَّٰجِرَٰتِ زَجْرًا‮٢‬‬‬
Sodiq
Zajr (qilinadiganlarni) zajr qilguvchilar ila qasam.
3
فَٱلتَّٰلِيَٰتِ ذِكْرًا‮٣‬‬‬
Sodiq
Zikrni tilovat qilguvchilar ila qasam.[1]

[1] Uch toifa farishtalar bilan qasam ichib bo`lib, endi, qasam ichilgan narsa zikr qilinadi.)
4
إِنَّ إِلَٰهَكُمْ لَوَٰحِدٌ‮٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, ilohingiz yagonadir.
5
رَّبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَرَبُّ ٱلْمَشَٰرِقِ‮٥‬‬‬
Sodiq
U zot osmonlaru yerning va ikkisi orasidagi narsalarning Robbidir. Va mashriqlarning Robbidir.
6
إِنَّا زَيَّنَّا ٱلسَّمَآءَ ٱلدُّنْيَا بِزِينَةٍ ٱلْكَوَاكِبِ‮٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz bu dunyo osmonini yulduzlar ziynati-la ziynatladik.
7
وَحِفْظًا مِّن كُلِّ شَيْطَٰنٍ مَّارِدٍ‮٧‬‬‬
Sodiq
Va har bir itoatsiz shaytondan saqlash uchun.
8
لَّا يَسَّمَّعُونَ إِلَى ٱلْمَلَإِ ٱلْأَعْلَىٰ وَيُقْذَفُونَ مِن كُلِّ جَانِبٍ‮٨‬‬‬
Sodiq
Ular yuksak to`pliqqa quloq sola olmaslar va har tomondan (uchqun-la) otilurlar.
9
دُحُورًا ​ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ وَاصِبٌ‮٩‬‬‬
Sodiq
Haydalurlar! Ular uchun uzluksiz azob bordir.
10
إِلَّا مَنْ خَطِفَ ٱلْخَطْفَةَ فَأَتْبَعَهُۥ شِهَابٌ ثَاقِبٌ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Magar birorta so`zni o`g`rilikcha tinglagan shaxs bo`lsa, uni yoquvchi olov ta'qib etar.
11
فَٱسْتَفْتِهِمْ أَهُمْ أَشَدُّ خَلْقًا أَم مَّنْ خَلَقْنَآ ​ۚ إِنَّا خَلَقْنَٰهُم مِّن طِينٍ لَّازِبٍ‮١١‬‬‬
Sodiq
Bas, sen ulardan so`ra: ularni yaratish qiyinroqmikan yoki Biz yaratgan zotlarni?! Albatta, Biz ularni yopishqoq loydan yaratdik.
12
بَلْ عَجِبْتَ وَيَسْخَرُونَ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Balki sen ajablanding, ular esa masxara qilurlar.
13
وَإِذَا ذُكِّرُواْ لَا يَذْكُرُونَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Qachonki eslatilsalar, eslamaslar.
14
وَإِذَا رَأَوْاْ ءَايَةً يَسْتَسْخِرُونَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Qachonki biror oyat(belgi)ni ko`rsalar, qattiqroq masxara qilurlar.
15
وَقَالُوٓاْ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Ular: «Bu (Qur'on) ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas.
16
أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَٰمًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ‮١٦‬‬‬
Sodiq
O`lsak-da, tuproq va suyak bo`lsak-da, albatta, biz qayta tiriltirilurmizmi?!
17
أَوَءَابَآؤُنَا ٱلْأَوَّلُونَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Avvalgi ota-bobolarimiz ham-a?!» – dedilar.
18
قُلْ نَعَمْ وَأَنتُمْ دَٰخِرُونَ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Sen: «Ha! Xor bo`lgan hollaringizda!» degin.
19
فَإِنَّمَا هِىَ زَجْرَةٌ وَٰحِدَةٌ فَإِذَا هُمْ يَنظُرُونَ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Bas, u faqatgina bir qichqiriqdan iborat, xolos. Bas, birdan ular nazar solib turibdilar-da!
20
وَقَالُواْ يَٰوَيْلَنَا هَٰذَا يَوْمُ ٱلدِّينِ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Va ular: «Voh, sho`rimiz qurisin! Bu, jazo kuni-ku!» – derlar.
21
هَٰذَا يَوْمُ ٱلْفَصْلِ ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
«Bu, sizlar yolg`onga chiqarib yurgan ajrim kunidir.
ﻉ387Juz 23 3⁄8387ﻉ
22
۞ٱحْشُرُواْ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ وَأَزْوَٰجَهُمْ وَمَا كَانُواْ يَعْبُدُونَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Zulm qilganlarni, ularning juftlarini va ular ibodat qilib yurgan...
23
مِن دُونِ ٱللَّهِ فَٱهْدُوهُمْ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلْجَحِيمِ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Allohdan o`zga narsalarini to`planglar. Bas, ularni jahiym yo`liga hidoyat qiling» (deyilur).
24
وَقِفُوهُمْ ​ۖ إِنَّهُم مَّسْـُٔولُونَ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Va ularni to`xtatinglar! Albatta, ular so`ralguvchidirlar.
25
مَا لَكُمْ لَا تَنَاصَرُونَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Sizlarga nima bo`ldi? O`zaro yordamlashmayapsiz?!
26
بَلْ هُمُ ٱلْيَوْمَ مُسْتَسْلِمُونَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Yo`q! Ular bugungi kunda taslim bo`lguvchilardir.
27
وَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ يَتَسَآءَلُونَ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Ular bir-birlariga savol berurlar.
28
قَالُوٓاْ إِنَّكُمْ كُنتُمْ تَأْتُونَنَا عَنِ ٱلْيَمِينِ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Ular: «Albatta, sizlar bizga o`ng tomondan kelar edingiz», derlar.
29
قَالُواْ بَل لَّمْ تَكُونُواْ مُؤْمِنِينَ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Ular: «Yo`q! Siz o`zingiz mo`min bo`lmagan edingiz.
30
وَمَا كَانَ لَنَا عَلَيْكُم مِّن سُلْطَٰنٍ ​ۖ بَلْ كُنتُمْ قَوْمًا طَٰغِينَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Bizning ustingizdan hukmronligimiz bo`lmagan edi. Yo`q! Siz o`zingiz tug`yonga ketgan qavm edingiz.
31
فَحَقَّ عَلَيْنَا قَوْلُ رَبِّنَآ ​ۖ إِنَّا لَذَآئِقُونَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Bas, hammamizga Robbimizning (azob) so`zi haq bo`ldi. Albatta, biz totguvchilarmiz.
32
فَأَغْوَيْنَٰكُمْ إِنَّا كُنَّا غَٰوِينَ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Ha, biz sizlarni ig`vo qildik. Albatta, biz ig`vo qilguvchi edik», derlar.
33
فَإِنَّهُمْ يَوْمَئِذٍ فِى ٱلْعَذَابِ مُشْتَرِكُونَ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Bas, ular u kunda azobda sherik bo`lguvchilardir.
34
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَفْعَلُ بِٱلْمُجْرِمِينَ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz jinoyatchilarga shundoq qilurmiz.
35
إِنَّهُمْ كَانُوٓاْ إِذَا قِيلَ لَهُمْ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا ٱللَّهُ يَسْتَكْبِرُونَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Chunki, ularga qachonki «Laa ilaaha Illallohu», deyilsa, mutakabbirlik qilar edilar.
36
وَيَقُولُونَ أَئِنَّا لَتَارِكُوٓاْ ءَالِهَتِنَا لِشَاعِرٍ مَّجْنُونٍ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
«Axir, biz bir jinni shoirni deb o`z xudolarimizni tark qilguvchi bo`laylikmi?!» – der edilar.
37
بَلْ جَآءَ بِٱلْحَقِّ وَصَدَّقَ ٱلْمُرْسَلِينَ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Yo`q! U haqni keltirdi va Payg`ambarlarni tasdiq qildi.
38
إِنَّكُمْ لَذَآئِقُواْ ٱلْعَذَابِ ٱلْأَلِيمِ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, siz alamli azobni totguvchidirsiz.
39
وَمَا تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Qilib o`tgan narsangizdan boshqa narsaning jazosini olmassiz.
40
إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Magar Allohning ixlosli bandalariga....
41
أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ رِزْقٌ مَّعْلُومٌ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalarga, o`zlariga ma'lum rizq bordir.
42
فَوَٰكِهُ ​ۖ وَهُم مُّكْرَمُونَ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Meva-chevalar bordir. Ular ikrom qilingan hollarida...
43
فِى جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Na'iym jannatlarida...
44
عَلَىٰ سُرُرٍ مُّتَقَٰبِلِينَ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
So`rilar ustida bir-birlariga qaragan hollarida bo`lurlar.
45
يُطَافُ عَلَيْهِم بِكَأْسٍ مِّن مَّعِينٍ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Ularga oqar chashmadan qadahlar aylantirib turilur.
46
بَيْضَآءَ لَذَّةٍ لِّلشَّٰرِبِينَ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
U oppoq, ichguvchiga lazzatbaxshdir.
47
لَا فِيهَا غَوْلٌ وَلَا هُمْ عَنْهَا يُنزَفُونَ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Unda hech bir zarar yo`qdir va undan sarxush ham bo`lmaslar.
48
وَعِندَهُمْ قَٰصِرَٰتُ ٱلطَّرْفِ عِينٌ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Oldilarida ko`zlarini (begonalardan) tiyguvchi shahlo ko`zlilar bordir.
49
كَأَنَّهُنَّ بَيْضٌ مَّكْنُونٌ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Ular xuddi asrab qo`yilgan tuxumga o`xsharlar.
50
فَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ يَتَسَآءَلُونَ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Bas, ular bir-birlaridan so`ray boshlarlar.
51
قَالَ قَآئِلٌ مِّنْهُمْ إِنِّى كَانَ لِى قَرِينٌ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Ichlaridan bir so`zlovchi: «Aniqki, mening bir do`stim bor edi.[1]

[1] Ahli jannatlardan birlari so`z boshlab, hech shubha yo`qki, u dunyoda mening bir tanishim bor edi.)
52
يَقُولُ أَءِنَّكَ لَمِنَ ٱلْمُصَدِّقِينَ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
U: «Sen ham tasdiqlovchilardanmisan?!
53
أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَٰمًا أَءِنَّا لَمَدِينُونَ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
O`lib, tuproq va suyaklar bo`lib ketsak ham, albatta, jazolanadiganlardan bo`lurmizmi?!» – der edi.
54
قَالَ هَلْ أَنتُم مُّطَّلِعُونَ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Sizlar ham qarayapsizlarmi?» – dedi.
55
فَٱطَّلَعَ فَرَءَاهُ فِى سَوَآءِ ٱلْجَحِيمِ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Bas, o`zi qarab, uni do`zaxning o`rtasida ko`rdi.
56
قَالَ تَٱللَّهِ إِن كِدتَّ لَتُرْدِينِ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
U: «Allohga qasamki, meni ham halok qilishingga oz qolgan ekan.
57
وَلَوْلَا نِعْمَةُ رَبِّى لَكُنتُ مِنَ ٱلْمُحْضَرِينَ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Agar Robbimning ne'mati bo`lmaganida, men ham (do`zaxga) hozir qilinganlardan bo`lur edim», dedi.
58
أَفَمَا نَحْنُ بِمَيِّتِينَ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
«Biz o`lguvchi emas ekanmizmi?!
59
إِلَّا مَوْتَتَنَا ٱلْأُولَىٰ وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Faqat birinchi o`limimizdan boshqa?! Biz azoblanguvchi emas ekanmizmi?!
60
إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, bu ayni ulug` yutuqdir.
61
لِمِثْلِ هَٰذَا فَلْيَعْمَلِ ٱلْعَٰمِلُونَ‮٦١‬‬‬
Sodiq
Bas, amal qilguvchilar mana shunga o`xshash narsa uchun amal etsinlar».
62
أَذَٰلِكَ خَيْرٌ نُّزُلًا أَمْ شَجَرَةُ ٱلزَّقُّومِ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Manzil o`laroq ana o`sha yaxshimi yoki zaqqum daraxtimi?
63
إِنَّا جَعَلْنَٰهَا فِتْنَةً لِّلظَّٰلِمِينَ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz uni zolimlar uchun fitna qildik.[1]

[1] Biz zaqqum daraxtini zolimlar — kofir va mushriklar uchun fitna qilib qo`ydik. Mushriklar, jahannamda zaqqum degan daraxt bo`lar ekan, degan gapni eshitganlarida, doimo olov yonib turadigan do`zaxda qanday qilib daraxt o`sadi, olovda kuyib ketmaydimi, deb masxara qilishdi.)
64
إِنَّهَا شَجَرَةٌ تَخْرُجُ فِىٓ أَصْلِ ٱلْجَحِيمِ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Darhaqiqat, u bir daraxt bo`lib, do`zax qa'ridan chiqur.
65
طَلْعُهَا كَأَنَّهُۥ رُءُوسُ ٱلشَّيَٰطِينِ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Uning (meva) tugar joyi xuddi shaytonlarning boshlariga o`xshar.
66
فَإِنَّهُمْ لَـَٔاكِلُونَ مِنْهَا فَمَالِـُٔونَ مِنْهَا ٱلْبُطُونَ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Bas, albatta, ular undan yeguvchilardir. Undan qorinlarni to`ldirguvchilardir.
67
ثُمَّ إِنَّ لَهُمْ عَلَيْهَا لَشَوْبًا مِّنْ حَمِيمٍ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
So`ngra, buning ustiga, ular uchun o`ta qaynoq suvdan aralashtirma ham bor.
68
ثُمَّ إِنَّ مَرْجِعَهُمْ لَإِلَى ٱلْجَحِيمِ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
So`ngra, albatta, ularning qaytar joyi jahannamga bo`lur.
69
إِنَّهُمْ أَلْفَوْاْ ءَابَآءَهُمْ ضَآلِّينَ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Chunki, ular o`z otalarini adashgan holda topdilar.
70
فَهُمْ عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِمْ يُهْرَعُونَ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Endi esa, ular o`shalarning izidan chopmoqdalar.
71
وَلَقَدْ ضَلَّ قَبْلَهُمْ أَكْثَرُ ٱلْأَوَّلِينَ‮٧١‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, ulardan oldin avvalgilarning ko`plari adashganlar.
72
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا فِيهِم مُّنذِرِينَ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz ichlariga ogohlantirguvchilar yubordik.
73
فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُنذَرِينَ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Bas, ogohlantirilganlarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar sol.
74
إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Magar Allohning xalos qilgan bandalarigina (halokatga uchramadilar).
75
وَلَقَدْ نَادَىٰنَا نُوحٌ فَلَنِعْمَ ٱلْمُجِيبُونَ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Bizga Nuh nido qildi. Bas, naqadar yaxshi ijobat qilguvchimiz.[1]

[1] Nuhga o`xshab iltijo etgan bandalarimizning duolarini doimo ijobat qilamiz.)
76
وَنَجَّيْنَٰهُ وَأَهْلَهُۥ مِنَ ٱلْكَرْبِ ٱلْعَظِيمِ‮٧٦‬‬‬
Sodiq
Biz unga va uning ahliga ulug` g`amdan najot berdik.
77
وَجَعَلْنَا ذُرِّيَّتَهُۥ هُمُ ٱلْبَاقِينَ‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Va uning zurriyotlarini, o`zlarini boqiy qolguvchilar qildik.
78
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِى ٱلْـَٔاخِرِينَ‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.
79
سَلَٰمٌ عَلَىٰ نُوحٍ فِى ٱلْعَٰلَمِينَ‮٧٩‬‬‬
Sodiq
Barcha olamlarda Nuhga salom bo`lsin!
80
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ‮٨٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz go`zal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.
81
إِنَّهُۥ مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُؤْمِنِينَ‮٨١‬‬‬
Sodiq
Albatta, u mo`min bandalarimizdandir.
82
ثُمَّ أَغْرَقْنَا ٱلْـَٔاخَرِينَ‮٨٢‬‬‬
Sodiq
So`ngra, qolganlarni g`arq qildik.
83
۞وَإِنَّ مِن شِيعَتِهِۦ لَإِبْرَٰهِيمَ‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Albatta, Ibrohim ham uning guruhidandir.[1]

[1] Nuhdan keyin kelgan Ibrohim payg`ambar, Allohning yo`lini tutishda u bilan bir guruhdan edi.)
84
إِذْ جَآءَ رَبَّهُۥ بِقَلْبٍ سَلِيمٍ‮٨٤‬‬‬
Sodiq
O`shanda u o`z Robbiga sog`lom qalb ila kelmishdi.
85
إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦ مَاذَا تَعْبُدُونَ‮٨٥‬‬‬
Sodiq
O`shanda otasiga va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasiz?!
86
أَئِفْكًا ءَالِهَةً دُونَ ٱللَّهِ تُرِيدُونَ‮٨٦‬‬‬
Sodiq
Allohdan o`zga uydirma ilohlarni xohlaysizlarmi?!
87
فَمَا ظَنُّكُم بِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ‮٨٧‬‬‬
Sodiq
Olamlarning Robbi haqida nima gumoningiz bor?!» – degan edi.
88
فَنَظَرَ نَظْرَةً فِى ٱلنُّجُومِ‮٨٨‬‬‬
Sodiq
Bas, U yulduzlarga bir nazar soldi.
89
فَقَالَ إِنِّى سَقِيمٌ‮٨٩‬‬‬
Sodiq
Va: «Albatta, men bemorman», dedi.[1]

[1] Ibrohim alayhissalom yuragi siqilaverib, noqulay holatga tushib qolganini aytdi. Qavmiga kuyaverib, qalbi dardga to`lganini bildirdi. )
90
فَتَوَلَّوْاْ عَنْهُ مُدْبِرِينَ‮٩٠‬‬‬
Sodiq
Darhol, undan yuz o`girib yurib ketdilar.
91
فَرَاغَ إِلَىٰٓ ءَالِهَتِهِمْ فَقَالَ أَلَا تَأْكُلُونَ‮٩١‬‬‬
Sodiq
Bas, tezda ularning xudolariga burildi va: «Qani, yemaysizlarmi?!
92
مَا لَكُمْ لَا تَنطِقُونَ‮٩٢‬‬‬
Sodiq
Sizga nima bo`ldi?! Gapirmaysizlar?!» – dedi.
93
فَرَاغَ عَلَيْهِمْ ضَرْبً​ۢا بِٱلْيَمِينِ‮٩٣‬‬‬
Sodiq
So`ng ularga yaqinlashib, o`ng qo`l bilan ura boshladi.
94
فَأَقْبَلُوٓاْ إِلَيْهِ يَزِفُّونَ‮٩٤‬‬‬
Sodiq
U tomon shoshib, bir-birlarini turtib kelishdi.[1]

[1] Mushriklar Ibrohim alayhissalom tomon shoshib-pishib, tezroq borish uchun bir-birlarini turtishib-surishib yetib kelishdi.)
95
قَالَ أَتَعْبُدُونَ مَا تَنْحِتُونَ‮٩٥‬‬‬
Sodiq
U: «O`zingiz yo`nib yasagan narsaga ibodat qilasizlarmi?!» – dedi.
96
وَٱللَّهُ خَلَقَكُمْ وَمَا تَعْمَلُونَ‮٩٦‬‬‬
Sodiq
Holbuki, sizni ham, qilgan narsalaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!
97
قَالُواْ ٱبْنُواْ لَهُۥ بُنْيَٰنًا فَأَلْقُوهُ فِى ٱلْجَحِيمِ‮٩٧‬‬‬
Sodiq
Ular: «Uning uchun (o`choq) bino qilinglar, bas, uni gulxanga otinglar!» dedilar.
98
فَأَرَادُواْ بِهِۦ كَيْدًا فَجَعَلْنَٰهُمُ ٱلْأَسْفَلِينَ‮٩٨‬‬‬
Sodiq
Bas, ular unga makr-hiylani iroda qilishdi. Biz ularni tuban qildik.
99
وَقَالَ إِنِّى ذَاهِبٌ إِلَىٰ رَبِّى سَيَهْدِينِ‮٩٩‬‬‬
Sodiq
U: «Albatta, men Robbimga borguvchiman. U meni hidoyat qilur.
100
رَبِّ هَبْ لِى مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ‮١٠٠‬‬‬
Sodiq
Robbim, menga solihlardan ato et», dedi.
101
فَبَشَّرْنَٰهُ بِغُلَٰمٍ حَلِيمٍ‮١٠١‬‬‬
Sodiq
Bas, Biz unga bir halim o`g`ilning xushxabarini berdik.
102
فَلَمَّا بَلَغَ مَعَهُ ٱلسَّعْىَ قَالَ يَٰبُنَىَّ إِنِّىٓ أَرَىٰ فِى ٱلْمَنَامِ أَنِّىٓ أَذْبَحُكَ فَٱنظُرْ مَاذَا تَرَىٰ ​ۚ قَالَ يَٰٓأَبَتِ ٱفْعَلْ مَا تُؤْمَرُ ​ۖ سَتَجِدُنِىٓ إِن شَآءَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلصَّٰبِرِينَ‮١٠٢‬‬‬
Sodiq
Bas, qachonki (bola) uning o`zi bilan birga yuradigan bo`lganida: «Ey o`g`ilcham, men tushimda seni so`yayotganimni ko`rmoqdaman, boqib ko`r, nima dersan?» – dedi. U: «Ey otajon, senga amr etilganni bajar, inshoalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan», dedi.
103
فَلَمَّآ أَسْلَمَا وَتَلَّهُۥ لِلْجَبِينِ‮١٠٣‬‬‬
Sodiq
Ikkovlari taslim bo`lib, uni peshonasicha yotqizganida.
104
وَنَٰدَيْنَٰهُ أَن يَٰٓإِبْرَٰهِيمُ‮١٠٤‬‬‬
Sodiq
Biz unga nido qildik: «Ey Ibrohim!
105
قَدْ صَدَّقْتَ ٱلرُّءْيَآ ​ۚ إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ‮١٠٥‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, sen tushni tasdiq qilding! Albatta, Biz go`zal ish qilguvchilarni mana shunday mukofotlaymiz».
106
إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ ٱلْبَلَٰٓؤُاْ ٱلْمُبِينُ‮١٠٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, bu ochiq-oydin sinovning ayni o`zidir.
107
وَفَدَيْنَٰهُ بِذِبْحٍ عَظِيمٍ‮١٠٧‬‬‬
Sodiq
Biz uning o`rniga katta qurbonlik fido qildik.[1]

[1] Ibrohim qurbonlik uchun bolasini so`yishga tayyorligini bildirdi. Uni yotqizib, bo`yniga pichoq tiradi. Ammo Allohning maqsadi Ismoilning qonini oqizish bo`lmagani uchun pichoq o`tmadi. Shunda Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga yuqoridagi nidoni qildi va Ismoil alayhissalomning o`rniga so`yish uchun jannatdan katta bir qo`chqorni ato etdi. Ibrohim alayhissalom o`sha qo`chqorni qurbonlikka so`ydi.)
108
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِى ٱلْـَٔاخِرِينَ‮١٠٨‬‬‬
Sodiq
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.
109
سَلَٰمٌ عَلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ‮١٠٩‬‬‬
Sodiq
Ibrohimga salom bo`lsin!
110
كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ‮١١٠‬‬‬
Sodiq
Biz go`zal amal qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz.
111
إِنَّهُۥ مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُؤْمِنِينَ‮١١١‬‬‬
Sodiq
Chunki, u mo`min bandalarimizdandir.
112
وَبَشَّرْنَٰهُ بِإِسْحَٰقَ نَبِيًّا مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ‮١١٢‬‬‬
Sodiq
Yana, Biz unga solihlardan bir Payg`ambar bo`lajak Is'hoqning xushxabarini berdik.
113
وَبَٰرَكْنَا عَلَيْهِ وَعَلَىٰٓ إِسْحَٰقَ ​ۚ وَمِن ذُرِّيَّتِهِمَا مُحْسِنٌ وَظَالِمٌ لِّنَفْسِهِۦ مُبِينٌ‮١١٣‬‬‬
Sodiq
Va unga ham, Is'hoqqa ham baraka berdik. Ikkovlarining zurriyotidan go`zal amal qilguvchi ham, o`ziga ochiq-oydin zulm qilguvchi ham bo`lur.[1]

[1] Ibrohimga ham, Is'hoqqa ham baraka berdik. Ularning naslidan payg`ambarlar chiqadigan qilib qo`ydik. Kim o`sha payg`ambarlarga ergashsa, go`zal ish qilgan bo`ladi. Kim ergashmasa, o`ziga o`zi zulm qilgan bo`ladi.)
114
وَلَقَدْ مَنَنَّا عَلَىٰ مُوسَىٰ وَهَٰرُونَ‮١١٤‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz Muso va Horunga ne'mat berdik.
115
وَنَجَّيْنَٰهُمَا وَقَوْمَهُمَا مِنَ ٱلْكَرْبِ ٱلْعَظِيمِ‮١١٥‬‬‬
Sodiq
Ikkovlariga va qavmlariga katta g`amdan najot berdik.
116
وَنَصَرْنَٰهُمْ فَكَانُواْ هُمُ ٱلْغَٰلِبِينَ‮١١٦‬‬‬
Sodiq
Va ularga nusrat berdik, bas, ular g`olib bo`ldilar.
117
وَءَاتَيْنَٰهُمَا ٱلْكِتَٰبَ ٱلْمُسْتَبِينَ‮١١٧‬‬‬
Sodiq
Va Biz ikkovlariga ravshanu komil bayonli kitobni berdik.
118
وَهَدَيْنَٰهُمَا ٱلصِّرَٰطَ ٱلْمُسْتَقِيمَ‮١١٨‬‬‬
Sodiq
Va ikkovlarini sirotul mustaqiymga hidoyat qildik.
119
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِمَا فِى ٱلْـَٔاخِرِينَ‮١١٩‬‬‬
Sodiq
Va keyingilar ichida ikkovlari uchun (olqishlar) qoldirdik.
120
سَلَٰمٌ عَلَىٰ مُوسَىٰ وَهَٰرُونَ‮١٢٠‬‬‬
Sodiq
Muso va Horunga salom bo`lsin!
121
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ‮١٢١‬‬‬
Sodiq
Biz go`zal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.
122
إِنَّهُمَا مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُؤْمِنِينَ‮١٢٢‬‬‬
Sodiq
Chunki, ikkovlari mo`min bandalarimizdandirlar.
123
وَإِنَّ إِلْيَاسَ لَمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ‮١٢٣‬‬‬
Sodiq
Albatta, Ilyos ham yuborilgan Payg`ambarlardandir.
124
إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ أَلَا تَتَّقُونَ‮١٢٤‬‬‬
Sodiq
O`shanda u qavmiga: «Taqvo qilmaysizmi?!
125
أَتَدْعُونَ بَعْلًا وَتَذَرُونَ أَحْسَنَ ٱلْخَٰلِقِينَ‮١٢٥‬‬‬
Sodiq
Ba'lga ibodat qilib, yaratuvchilarning eng yaxshisini...
126
ٱللَّهَ رَبَّكُمْ وَرَبَّ ءَابَآئِكُمُ ٱلْأَوَّلِينَ‮١٢٦‬‬‬
Sodiq
O`z Robbingizni va avvalgi ota-bobolaringizning Robbi Allohni tark etasizmi?!» – dedi.
127
فَكَذَّبُوهُ فَإِنَّهُمْ لَمُحْضَرُونَ‮١٢٧‬‬‬
Sodiq
Bas, uni yolg`onchi qildilar. Endi, albatta, ular (azobga) hozir qilinguvchilardir.
128
إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ‮١٢٨‬‬‬
Sodiq
Magar Allohning muxlis bandalarigina (hozir qilinmaslar).
129
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِى ٱلْـَٔاخِرِينَ‮١٢٩‬‬‬
Sodiq
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.
130
سَلَٰمٌ عَلَىٰٓ إِلْ يَاسِينَ‮١٣٠‬‬‬
Sodiq
Ilyosiynga salom bo`lsin.
131
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ‮١٣١‬‬‬
Sodiq
Biz go`zal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.
132
إِنَّهُۥ مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُؤْمِنِينَ‮١٣٢‬‬‬
Sodiq
Chunki, u mo`min bandalarimizdandir.[1]

[1] Shuning uchun iymon taqozosi bilan Bizning yo`limizda jihod qildi va oliy maqomlarga erishdi.)
133
وَإِنَّ لُوطًا لَّمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ‮١٣٣‬‬‬
Sodiq
Albatta, Lut ham yuborilgan Payg`ambarlardandir.
134
إِذْ نَجَّيْنَٰهُ وَأَهْلَهُۥٓ أَجْمَعِينَ‮١٣٤‬‬‬
Sodiq
O`shanda Biz unga va uning ahliga, hammalariga najot berdik.
135
إِلَّا عَجُوزًا فِى ٱلْغَٰبِرِينَ‮١٣٥‬‬‬
Sodiq
Magar bir kampirgina (azobda) qolguvchilardan bo`ldi.
136
ثُمَّ دَمَّرْنَا ٱلْـَٔاخَرِينَ‮١٣٦‬‬‬
Sodiq
So`ngra qolganlarini halok etdik.
137
وَإِنَّكُمْ لَتَمُرُّونَ عَلَيْهِم مُّصْبِحِينَ‮١٣٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, siz kechayu kunduz ularning ustidan o`tib turursiz. Aql yuritmaysizlarmi?!
138
وَبِٱلَّيْلِ ​ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ‮١٣٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, siz kechayu kunduz ularning ustidan o`tib turursiz. Aql yuritmaysizlarmi?!
139
وَإِنَّ يُونُسَ لَمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ‮١٣٩‬‬‬
Sodiq
Albatta, Yunus ham yuborilgan Payg`ambarlardandir.
140
إِذْ أَبَقَ إِلَى ٱلْفُلْكِ ٱلْمَشْحُونِ‮١٤٠‬‬‬
Sodiq
O`shanda u to`lgan kemaga qochdi.
141
فَسَاهَمَ فَكَانَ مِنَ ٱلْمُدْحَضِينَ‮١٤١‬‬‬
Sodiq
Bas, qur'a tashlashdi va u mag`lublardan bo`ldi.[1]

[1] Yunus alayhissalomga ham qur'a tashlashdi va mag`lub bo`ldi. Qur'a u kishiga chiqdi. Kelishuvga binoan, u kishi suvga tashlandi.)
142
فَٱلْتَقَمَهُ ٱلْحُوتُ وَهُوَ مُلِيمٌ‮١٤٢‬‬‬
Sodiq
Bas, uni malomatga loyiq bo`lgan holida nahang baliq yutdi.
143
فَلَوْلَآ أَنَّهُۥ كَانَ مِنَ ٱلْمُسَبِّحِينَ‮١٤٣‬‬‬
Sodiq
Agar u ko`p tasbih aytguvchilardan bo`lmaganida edi,
144
لَلَبِثَ فِى بَطْنِهِۦٓ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ‮١٤٤‬‬‬
Sodiq
Uning qornida qayta tiriltiradigan kungacha qolib ketar edi.[1]

[1] Yunus alayhissalom baliq qornida turib Allohga ko`p tasbih aytmaganida, o`sha baliqning ichida qiyomatgacha qolib ketar edi.)
145
۞فَنَبَذْنَٰهُ بِٱلْعَرَآءِ وَهُوَ سَقِيمٌ‮١٤٥‬‬‬
Sodiq
Bas, Biz uni bemor holida maydonga otdik.
146
وَأَن​ۢبَتْنَا عَلَيْهِ شَجَرَةً مِّن يَقْطِينٍ‮١٤٦‬‬‬
Sodiq
Va uning ustiga qovoq daraxtini o`stirib qo`ydik.
147
وَأَرْسَلْنَٰهُ إِلَىٰ مِاْئَةِ أَلْفٍ أَوْ يَزِيدُونَ‮١٤٧‬‬‬
Sodiq
Va uni yuz ming yoki undan ko`proqqa Payg`ambar qilib yubordik.
148
فَـَٔامَنُواْ فَمَتَّعْنَٰهُمْ إِلَىٰ حِينٍ‮١٤٨‬‬‬
Sodiq
Bas, iymon keltirdilar. Keyin Biz ularni ma'lum muddat bahramand qildik.
149
فَٱسْتَفْتِهِمْ أَلِرَبِّكَ ٱلْبَنَاتُ وَلَهُمُ ٱلْبَنُونَ‮١٤٩‬‬‬
Sodiq
Bas, ulardan so`ra-chi, Robbingga qizlar-u, ularga o`g`illar ekanmi?!
150
أَمْ خَلَقْنَا ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ إِنَٰثًا وَهُمْ شَٰهِدُونَ‮١٥٠‬‬‬
Sodiq
Yoki Biz farishtalarni qiz qilib yaratganmiz-u, ular guvoh bo`lib turganlarmi?
151
أَلَآ إِنَّهُم مِّنْ إِفْكِهِمْ لَيَقُولُونَ‮١٥١‬‬‬
Sodiq
Ogoh bo`lingkim! Ular o`z uydirmalarida derlar:
152
وَلَدَ ٱللَّهُ وَإِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ‮١٥٢‬‬‬
Sodiq
«Alloh tug`di». Albatta, ular yolg`onchilardir.
153
أَصْطَفَى ٱلْبَنَاتِ عَلَى ٱلْبَنِينَ‮١٥٣‬‬‬
Sodiq
U zot o`g`illarni qo`yib, qizlarni tanlab olibdimi?
154
مَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ‮١٥٤‬‬‬
Sodiq
Sizga nima bo`ldi?! Qanday hukm chiqarmoqdasiz?
155
أَفَلَا تَذَكَّرُونَ‮١٥٥‬‬‬
Sodiq
Axir, eslamaysizlarmi?!
156
أَمْ لَكُمْ سُلْطَٰنٌ مُّبِينٌ‮١٥٦‬‬‬
Sodiq
Yoki sizda ochiq-oydin hujjat bormi?![1]

[1] O`sha hujjatda, farishtalar Allohning qizi, deyilganmi?!)
157
فَأْتُواْ بِكِتَٰبِكُمْ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ‮١٥٧‬‬‬
Sodiq
Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, kitobingizni keltiring!
158
وَجَعَلُواْ بَيْنَهُۥ وَبَيْنَ ٱلْجِنَّةِ نَسَبًا ​ۚ وَلَقَدْ عَلِمَتِ ٱلْجِنَّةُ إِنَّهُمْ لَمُحْضَرُونَ‮١٥٨‬‬‬
Sodiq
Va ular U bilan jinlar orasida nasab (da'vosi) qildilar. Holbuki, jinlar o`zlarining albatta (azobga) hozir qilinguvchiliklarini bilganlar.
159
سُبْحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ‮١٥٩‬‬‬
Sodiq
Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir.
160
إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ‮١٦٠‬‬‬
Sodiq
Faqat Allohning ixlosli bandalarigina (mustasnodir).
161
فَإِنَّكُمْ وَمَا تَعْبُدُونَ‮١٦١‬‬‬
Sodiq
Albatta, siz ham, siz ibodat qilayotgan narsalar ham...
162
مَآ أَنتُمْ عَلَيْهِ بِفَٰتِنِينَ‮١٦٢‬‬‬
Sodiq
U zotga qarshi fitnaga solguvchi bo`la olmassiz.
163
إِلَّا مَنْ هُوَ صَالِ ٱلْجَحِيمِ‮١٦٣‬‬‬
Sodiq
Illo, kim jahannamga kirguvchi bo`lsa.
164
وَمَا مِنَّآ إِلَّا لَهُۥ مَقَامٌ مَّعْلُومٌ‮١٦٤‬‬‬
Sodiq
Bizdan har birimizning ma'lum maqomimiz bordir.
165
وَإِنَّا لَنَحْنُ ٱلصَّآفُّونَ‮١٦٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, bizlar saf tortib turguvchilarmiz.
166
وَإِنَّا لَنَحْنُ ٱلْمُسَبِّحُونَ‮١٦٦‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, bizlar tasbih aytguvchilarmiz.
167
وَإِن كَانُواْ لَيَقُولُونَ‮١٦٧‬‬‬
Sodiq
Holbuki, ular der edilar:
168
لَوْ أَنَّ عِندَنَا ذِكْرًا مِّنَ ٱلْأَوَّلِينَ‮١٦٨‬‬‬
Sodiq
«Agar bizning huzurimizda ham avvalgilardan bir eslatma bo`lganida...
169
لَكُنَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ‮١٦٩‬‬‬
Sodiq
Albatta, Allohning ixlosli bandalaridan bo`lar edik».
170
فَكَفَرُواْ بِهِۦ ​ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ‮١٧٠‬‬‬
Sodiq
Bas, unga kufr keltirdilar. Endi yaqinda bilurlar.
171
وَلَقَدْ سَبَقَتْ كَلِمَتُنَا لِعِبَادِنَا ٱلْمُرْسَلِينَ‮١٧١‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Payg`ambar etib yuborilgan bandalarimizga so`zimiz o`tgandir.
172
إِنَّهُمْ لَهُمُ ٱلْمَنصُورُونَ‮١٧٢‬‬‬
Sodiq
Albatta, ular, ha, ulargina nusrat topishlari.
173
وَإِنَّ جُندَنَا لَهُمُ ٱلْغَٰلِبُونَ‮١٧٣‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, Bizning lashkarimizgina g`olib bo`lishi haqida.
174
فَتَوَلَّ عَنْهُمْ حَتَّىٰ حِينٍ‮١٧٤‬‬‬
Sodiq
Bas, sen ulardan bir vaqtgacha yuz o`gir.
175
وَأَبْصِرْهُمْ فَسَوْفَ يُبْصِرُونَ‮١٧٥‬‬‬
Sodiq
Va ularning (tomoshasini) ko`r! Bas, tezda o`zlari ham ko`rajaklar.
176
أَفَبِعَذَابِنَا يَسْتَعْجِلُونَ‮١٧٦‬‬‬
Sodiq
Hali ular Bizning azobimizni shoshiltirmoqdamilar?!
177
فَإِذَا نَزَلَ بِسَاحَتِهِمْ فَسَآءَ صَبَاحُ ٱلْمُنذَرِينَ‮١٧٧‬‬‬
Sodiq
Qachonki, u ularning hovlisiga tushganida, ogohlantirilganlarning tongi juda yomon bo`lur.
178
وَتَوَلَّ عَنْهُمْ حَتَّىٰ حِينٍ‮١٧٨‬‬‬
Sodiq
Bas, sen ulardan bir vaqtgacha yuz o`gir.
179
وَأَبْصِرْ فَسَوْفَ يُبْصِرُونَ‮١٧٩‬‬‬
Sodiq
Va (ularning tomoshasini) ko`r! Bas, tezda o`zlari ham ko`rajaklar.
180
سُبْحَٰنَ رَبِّكَ رَبِّ ٱلْعِزَّةِ عَمَّا يَصِفُونَ‮١٨٠‬‬‬
Sodiq
Sening Robbing, izzat Robbi ular qilgan vasfdan pokdir.
181
وَسَلَٰمٌ عَلَى ٱلْمُرْسَلِينَ‮١٨١‬‬‬
Sodiq
Va yuborilgan Payg`ambarlarga salom bo`lsin!
182
وَٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ‮١٨٢‬‬‬
Sodiq
Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo`lsin!