Sura 44
Duxon
O
Tutun
59 oyat |
Makka |
Sura 44 • Oyat 1 / 59 • Juz 256⁄8 • Sahifa 496
Duxon
2
1
حمٓ١
Sodiq
Haa. Miym.
2
وَٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُبِينِ٢
Sodiq
Ochiq-oydin Kitobga qasam.
3
إِنَّآ أَنزَلْنَٰهُ فِى لَيْلَةٍ مُّبَٰرَكَةٍ ۚ إِنَّا كُنَّا مُنذِرِينَ٣
Sodiq
Albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Albatta, Biz ogohlantirguvchi bo`ldik.[1]
[1] Ushbu oyatda zikr etilayotgan, Qur'on nozil qilingan kecha muborak Ramazon oyining kechalaridan biri bo`lmish «Laylatul qadr»dir. Bu kecha, dunyo tarixidagi eng muborak kechadir. Chunki, bu kechada Alloh taoloning oxirgi, barkamol va butun insoniyatga qiyomat kunigacha saodat yo`lini ko`rsatib beruvchi kitobi tusha boshlagan.)
4
فِيهَا يُفْرَقُ كُلُّ أَمْرٍ حَكِيمٍ٤
Sodiq
O`sha(kecha)da har bir hikmatli ish ajratilib, hal qilinur.
5
أَمْرًا مِّنْ عِندِنَآ ۚ إِنَّا كُنَّا مُرْسِلِينَ٥
Sodiq
Biz tomonimizdan bo`lgan amrga binoan. Albatta, Biz Payg`ambar yuborguvchi bo`ldik.
6
رَحْمَةً مِّن رَّبِّكَ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ٦
Sodiq
Bu, Robbing tomonidan (ko`rsatilgan) rahmatdir. Albatta, Uning O`zi o`ta eshitguvchi, o`ta bilguvchi Zotdir.
7
رَبِّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَآ ۖ إِن كُنتُم مُّوقِنِينَ٧
Sodiq
U — osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbidir. Gar ishonguvchi bo`lsangiz.
8
لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۖ رَبُّكُمْ وَرَبُّ ءَابَآئِكُمُ ٱلْأَوَّلِينَ٨
Sodiq
Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. U tiriltirur va o`ldirur. U sizning Robbingiz va ota-bobolaringizning Robbidir.
9
بَلْ هُمْ فِى شَكٍّ يَلْعَبُونَ٩
Sodiq
Yo`q! Ular shak-shubhada o`ynamoqdalar.
10
فَٱرْتَقِبْ يَوْمَ تَأْتِى ٱلسَّمَآءُ بِدُخَانٍ مُّبِينٍ١٠
Sodiq
Bas, osmon aniq tutunni keltiradigan kunni kut.
11
يَغْشَى ٱلنَّاسَ ۖ هَٰذَا عَذَابٌ أَلِيمٌ١١
Sodiq
U, odamlarni o`rab olur. Bu, alamli azobdir.
12
رَّبَّنَا ٱكْشِفْ عَنَّا ٱلْعَذَابَ إِنَّا مُؤْمِنُونَ١٢
Sodiq
Ey Robbimiz! Bizdan azobni kushoyish qil! Albatta, biz iymon keltirguvchidirmiz.
13
أَنَّىٰ لَهُمُ ٱلذِّكْرَىٰ وَقَدْ جَآءَهُمْ رَسُولٌ مُّبِينٌ١٣
Sodiq
Ularga qayoqdan ham eslatma bo`lsin. Holbuki, ularga ochiq-oydin Payg`ambar kelgan edi.
14
ثُمَّ تَوَلَّوْاْ عَنْهُ وَقَالُواْ مُعَلَّمٌ مَّجْنُونٌ١٤
Sodiq
So`ngra undan yuz o`girdilar va: «Bu — o`rgatilgan majnun», dedilar.
15
إِنَّا كَاشِفُواْ ٱلْعَذَابِ قَلِيلًا ۚ إِنَّكُمْ عَآئِدُونَ١٥
Sodiq
Albatta, Biz azobni ozgina kushoyish qilguvchimiz. Albatta, sizlar qaytguvchisizlar.[1]
[1] Ushbu oyatda zikr etilayotgan, Qur'on nozil qilingan kecha muborak Ramazon oyining kechalaridan biri bo`lmish «Laylatul qadr»dir. Bu kecha, dunyo tarixidagi eng muborak kechadir. Chunki, bu kechada Alloh taoloning oxirgi, barkamol va butun insoniyatga qiyomat kunigacha saodat yo`lini ko`rsatib beruvchi kitobi tusha boshlagan.)
16
يَوْمَ نَبْطِشُ ٱلْبَطْشَةَ ٱلْكُبْرَىٰٓ إِنَّا مُنتَقِمُونَ١٦
Sodiq
Katta ushlash ila ushlaganimiz kuni, albatta, Biz intiqom olguvchimiz.[1]
[1] Bu ushlash va intiqom olish qiyomat kunidadir.)
17
۞وَلَقَدْ فَتَنَّا قَبْلَهُمْ قَوْمَ فِرْعَوْنَ وَجَآءَهُمْ رَسُولٌ كَرِيمٌ١٧
Sodiq
Batahqiq, ulardan oldin Fir'avn qavmini sinadik. Ularga karamli Payg`ambar keldi.
18
أَنْ أَدُّوٓاْ إِلَىَّ عِبَادَ ٱللَّهِ ۖ إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ١٨
Sodiq
«Sizlar menga Allohning bandalarini beringlar. Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.
19
وَأَن لَّا تَعْلُواْ عَلَى ٱللَّهِ ۖ إِنِّىٓ ءَاتِيكُم بِسُلْطَٰنٍ مُّبِينٍ١٩
Sodiq
Va Allohga mutakabbirlik qilmang. Albatta, men sizga ochiq-oydin hujjat keltirurman.
20
وَإِنِّى عُذْتُ بِرَبِّى وَرَبِّكُمْ أَن تَرْجُمُونِ٢٠
Sodiq
Va, albatta, men o`zimning Robbim va sizning Robbingizdan meni toshbo`ron qilishingizdan panoh so`radim.
21
وَإِن لَّمْ تُؤْمِنُواْ لِى فَٱعْتَزِلُونِ٢١
Sodiq
Va agar menga iymon keltirmasangiz, mendan chetlaning».
22
فَدَعَا رَبَّهُۥٓ أَنَّ هَٰٓؤُلَآءِ قَوْمٌ مُّجْرِمُونَ٢٢
Sodiq
U Robbiga: «Albatta, anavilar jinoyatchi qavmdir», deb duo qildi.
23
فَأَسْرِ بِعِبَادِى لَيْلًا إِنَّكُم مُّتَّبَعُونَ٢٣
Sodiq
Bas, bandalarim ila kechasi yurib ket. Albatta, siz izingizdan quvilursiz.[1]
[1] Bani Isroilni olib, kechasi Misrdan chiqib ket. Dushman, albatta, sizlarning izingizdan tushadi.)
24
وَٱتْرُكِ ٱلْبَحْرَ رَهْوًا ۖ إِنَّهُمْ جُندٌ مُّغْرَقُونَ٢٤
Sodiq
Va dengizni sokin holida qo`y, albatta, ular g`arq qilinadigan qo`shindir.[1]
[1] Darhaqiqat, Fir'avn va uning askarlari ham to`xtab turgan dengiz sari tushdilar. Hammalari dengizda ochilgan yo`lga tushib bo`lganlaridan keyin shu damgacha ikkiga bo`linib, sokin turgan suv harakatga keldi va ularni g`arq qildi.)
25
كَمْ تَرَكُواْ مِن جَنَّٰتٍ وَعُيُونٍ٢٥
Sodiq
Ular ortlaridan qanchadan-qancha bog`u rog`larni va buloqlarni,
26
وَزُرُوعٍ وَمَقَامٍ كَرِيمٍ٢٦
Sodiq
Ekinzorlarni va yaxshi joylarni.
27
وَنَعْمَةٍ كَانُواْ فِيهَا فَٰكِهِينَ٢٧
Sodiq
Va o`zlari ichida maza qilayotgan nozu ne'matlarni qoldirdilar.
28
كَذَٰلِكَ ۖ وَأَوْرَثْنَٰهَا قَوْمًا ءَاخَرِينَ٢٨
Sodiq
Mana shunday! Biz u(narsa)larni boshqa qavmlarga meros qilib berdik.
29
فَمَا بَكَتْ عَلَيْهِمُ ٱلسَّمَآءُ وَٱلْأَرْضُ وَمَا كَانُواْ مُنظَرِينَ٢٩
Sodiq
Bas, ularga osmon ham, yer ham yig`lamadi va ular muhlat berilganlardan ham bo`lmadilar.
30
وَلَقَدْ نَجَّيْنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ مِنَ ٱلْعَذَابِ ٱلْمُهِينِ٣٠
Sodiq
Batahqiq, Bani Isroilga xorlovchi azobdan...
31
مِن فِرْعَوْنَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَالِيًا مِّنَ ٱلْمُسْرِفِينَ٣١
Sodiq
Fir'avndan najot berdik. Albatta, u mutakabbir va haddidan oshganlardan edi.[1]
[1] Fir'avn va qavmini halok qilish bilan biz Bani Isroilni azobdan ozod etdik. Ular uning qavmi qo`l ostida azob chekar edilar.)
32
وَلَقَدِ ٱخْتَرْنَٰهُمْ عَلَىٰ عِلْمٍ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ٣٢
Sodiq
Batahqiq, Biz ularni bilib turib, olamlar ichidan tanlab oldik.
33
وَءَاتَيْنَٰهُم مِّنَ ٱلْـَٔايَٰتِ مَا فِيهِ بَلَٰٓؤٌاْ مُّبِينٌ٣٣
Sodiq
Va ularga oyat(mo`'jiza)lardan ichida ochiq-oydin sinov bor narsalarni berdik.[1]
[1] Alloh taolo Bani Isroilga turli oyat-mo`'jizalar yubordi. Ularda sinov bor edi.)
34
إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ لَيَقُولُونَ٣٤
Sodiq
Albatta, anavilar derlar:
35
إِنْ هِىَ إِلَّا مَوْتَتُنَا ٱلْأُولَىٰ وَمَا نَحْنُ بِمُنشَرِينَ٣٥
Sodiq
«Birinchi o`limimizdan boshqa hech qanday o`lim yo`q va biz qayta tiriltiriluvchi emasmiz.
36
فَأْتُواْ بِـَٔابَآئِنَآ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ٣٦
Sodiq
Agar rostgo`y bo`lsangiz, ota-bobolarimizni keltiringlar».
37
أَهُمْ خَيْرٌ أَمْ قَوْمُ تُبَّعٍ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ أَهْلَكْنَٰهُمْ ۖ إِنَّهُمْ كَانُواْ مُجْرِمِينَ٣٧
Sodiq
Ular yaxshiroqmi yoki Tubba' qavmiyu ulardan oldin o`tganlarmi?! Biz ularni halok qildik. Albatta, ular jinoyatchi bo`lgan edilar.[1]
[1] «Tubba'» Yaman podshohlarining laqabidir. Arablar ichida ularning dovrug`i keng tarqalgan edi.)
38
وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا لَٰعِبِينَ٣٨
Sodiq
Osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni o`ynab yaratganimiz yo`q!
39
مَا خَلَقْنَٰهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ٣٩
Sodiq
Biz ularni faqat haq ila yaratdik, lekin ko`plari bilmaslar.
40
إِنَّ يَوْمَ ٱلْفَصْلِ مِيقَٰتُهُمْ أَجْمَعِينَ٤٠
Sodiq
Albatta, ajratish kuni barchalari uchun belgilangan vaqtdir.[1]
[1] «Ajratish kuni» qiyomatning nomlaridan biri. U kunda haq botildan, mo`min kofirdan, yaxshi yomondan ajratiladi. Shuning uchun ham «ajratish kuni» deb nomlangan. Ana o`sha kun hammaning qayta tirilishi va to`planishi uchun belgilangan vaqtdir.)
41
يَوْمَ لَا يُغْنِى مَوْلًى عَن مَّوْلًى شَيْـًٔا وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ٤١
Sodiq
U kunda do`st do`stga biron narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas.
42
إِلَّا مَن رَّحِمَ ٱللَّهُ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ٤٢
Sodiq
Magar, kimga Alloh rahim qilsagina (yordam berilur). Albatta, U aziyz va o`ta rahimli Zotdir.[1]
[1] Aziz va rahimli sifati ila mo`min-musulmon, taqvodor bandalariga rahm qiladi, yordam beradi.)
43
إِنَّ شَجَرَتَ ٱلزَّقُّومِ٤٣
Sodiq
Albatta, Zaqqum daraxti...
44
طَعَامُ ٱلْأَثِيمِ٤٤
Sodiq
Gunohkorning taomidir.
45
كَٱلْمُهْلِ يَغْلِى فِى ٱلْبُطُونِ٤٥
Sodiq
U, xuddi eritilgan ma'dandek, qorinlarda qaynar.
46
كَغَلْىِ ٱلْحَمِيمِ٤٦
Sodiq
Qaynoq suvning qaynashi kabi.[1]
[1] Do`zaxilar qorinlari ochsa, nima yeyishadi? Ularga qorinlari ochganida taom uchun Zaqqum daraxtining mevasi beriladi. Zaqqum achchiqligi va zaharliligi bilan og`izlarda zarbulmasal bo`lib ketgan. Ana o`sha zahar gunohkorlarga taom bo`ladi, qorinlarida eritilgan ma'dan, temir yoki misdek yoxud dog` qilinayotgan yog`dek qaynab turadi. U xuddi suvdek qaynaydi.)
47
خُذُوهُ فَٱعْتِلُوهُ إِلَىٰ سَوَآءِ ٱلْجَحِيمِ٤٧
Sodiq
Uni tutib, jahiymning o`rtasiga sudrab olib boringlar!
48
ثُمَّ صُبُّواْ فَوْقَ رَأْسِهِۦ مِنْ عَذَابِ ٱلْحَمِيمِ٤٨
Sodiq
So`ngra boshi ustidan qaynoq suv azobini quyinglar!
49
ذُقْ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْكَرِيمُ٤٩
Sodiq
«Totib ko`r! Albatta, sen o`zing «azizu mukarramsan!»
50
إِنَّ هَٰذَا مَا كُنتُم بِهِۦ تَمْتَرُونَ٥٠
Sodiq
Albatta, bu siz (bo`lishida) shubha qilib yurgan narsadir!»
51
إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى مَقَامٍ أَمِينٍ٥١
Sodiq
Albatta, taqvodorlar omonlik joyida...
52
فِى جَنَّٰتٍ وَعُيُونٍ٥٢
Sodiq
Bog`u rog`lar va buloqlarda bo`lurlar.
53
يَلْبَسُونَ مِن سُندُسٍ وَإِسْتَبْرَقٍ مُّتَقَٰبِلِينَ٥٣
Sodiq
Ular shoyi ipak kiyurlar, bir-birlariga yuzma-yuz holda (o`ltirurlar).
54
كَذَٰلِكَ وَزَوَّجْنَٰهُم بِحُورٍ عِينٍ٥٤
Sodiq
Ana shunday! Va Biz ularni huri iynlarga uylantirdik.
55
يَدْعُونَ فِيهَا بِكُلِّ فَٰكِهَةٍ ءَامِنِينَ٥٥
Sodiq
Ular u yerda omonlik hollarida turli mevalarni chaqirurlar.
56
لَا يَذُوقُونَ فِيهَا ٱلْمَوْتَ إِلَّا ٱلْمَوْتَةَ ٱلْأُولَىٰ ۖ وَوَقَىٰهُمْ عَذَابَ ٱلْجَحِيمِ٥٦
Sodiq
Ular u yerda birinchi o`limdan boshqa o`limni totmaslar. U zot ularni jahiym azobidan saqlar.[1]
[1] Ya'ni, taqvodorlar bu dunyodan u dunyoga o`tishda totgan o`limdan boshqa o`limni totmaydilar, jannatda abadiy tirik qoladilar. Hamda Alloh taolo ularni do`zax azobidan saqlaydi.)
57
فَضْلًا مِّن رَّبِّكَ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ٥٧
Sodiq
Bu, Robbingdan bo`lgan fazldir. Ana shu ulkan yutuqdir.
58
فَإِنَّمَا يَسَّرْنَٰهُ بِلِسَانِكَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ٥٨
Sodiq
Bas, albatta, Biz u(Qur'on)ni sening tiling ila osonlashtirdik. Shoyadki, eslasalar.
59
فَٱرْتَقِبْ إِنَّهُم مُّرْتَقِبُونَ٥٩
Sodiq
Bas, kutib tur. Ular ham kutguvchidirlar.