Sura 52
Tur
e
Tur tog'i
49 oyat |
Makka |
Sura 52 • Oyat 1 / 49 • Juz 271⁄8 • Sahifa 523
Tur
2
1
وَٱلطُّورِ١
Sodiq
Tur bilan qasam...
2
وَكِتَٰبٍ مَّسْطُورٍ٢
Sodiq
Satrlarga bitilgan kitob bilan qasam...
3
فِى رَقٍّ مَّنشُورٍ٣
Sodiq
Yozishga tayyorlangan teriga.
4
وَٱلْبَيْتِ ٱلْمَعْمُورِ٤
Sodiq
Va obod uy bilan qasam...
5
وَٱلسَّقْفِ ٱلْمَرْفُوعِ٥
Sodiq
Va ko`tarilgan shift bilan qasam...
6
وَٱلْبَحْرِ ٱلْمَسْجُورِ٦
Sodiq
Va to`lgan dengiz bilan qasam.
7
إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ لَوَٰقِعٌ٧
Sodiq
Albatta, Robbingning azobi ro`y berajak.
8
مَّا لَهُۥ مِن دَافِعٍ٨
Sodiq
Uni qaytaruvchi yo`qdir.
9
يَوْمَ تَمُورُ ٱلسَّمَآءُ مَوْرًا٩
Sodiq
U kunda osmon larzaga kelib chayqalur.
10
وَتَسِيرُ ٱلْجِبَالُ سَيْرًا١٠
Sodiq
Va tog`lar sayr etib yurur.
11
فَوَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِّلْمُكَذِّبِينَ١١
Sodiq
Bas, o`sha kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!
12
ٱلَّذِينَ هُمْ فِى خَوْضٍ يَلْعَبُونَ١٢
Sodiq
(Botilga) sho`ng`ib o`ynashadiganlarga.[1]
[1] «vayl» so`zi gohida «halokat», gohida «do`zax» ma'nosida ishlatiladi va ikkalasi ham bu oyatga mosdir.)
13
يَوْمَ يُدَعُّونَ إِلَىٰ نَارِ جَهَنَّمَ دَعًّا١٣
Sodiq
U kunda jahannam o`tiga kuchlab itarilurlar.
14
هَٰذِهِ ٱلنَّارُ ٱلَّتِى كُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ١٤
Sodiq
Mana bu, sizlar yolg`onga chiqargan o`t bo`ladi!
15
أَفَسِحْرٌ هَٰذَآ أَمْ أَنتُمْ لَا تُبْصِرُونَ١٥
Sodiq
Bu sehrmi?! Yoki sizlar ko`rmayapsizlarmi?!
16
ٱصْلَوْهَا فَٱصْبِرُوٓاْ أَوْ لَا تَصْبِرُواْ سَوَآءٌ عَلَيْكُمْ ۖ إِنَّمَا تُجْزَوْنَ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ١٦
Sodiq
Kiringlar unga! Chidaysizlarmi, chidamaysizlarmi — bari bir. Qilib yurgan amallaringizning jazosini olasizlar, xolos.
17
إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّٰتٍ وَنَعِيمٍ١٧
Sodiq
Albatta, taqvodorlar jannatlar va nozu ne'matlar ichidadirlar.
18
فَٰكِهِينَ بِمَآ ءَاتَىٰهُمْ رَبُّهُمْ وَوَقَىٰهُمْ رَبُّهُمْ عَذَابَ ٱلْجَحِيمِ١٨
Sodiq
Robbilari ularga bergan narsalardan lazzatdadirlar. Robbilari ularni jahannam azobidan saqlar.
19
كُلُواْ وَٱشْرَبُواْ هَنِيٓـًٔۢا بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ١٩
Sodiq
Yenglar, ichinglar, osh bo`lsin. (Bular) qilgan amallaringiz uchundir.
20
مُتَّكِـِٔينَ عَلَىٰ سُرُرٍ مَّصْفُوفَةٍ ۖ وَزَوَّجْنَٰهُم بِحُورٍ عِينٍ٢٠
Sodiq
Ular qator tizilgan so`rilarga yonboshlagan holdalar. Va ularni go`zal ko`zli hurlarga uylab qo`yganmiz.
21
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَٱتَّبَعَتْهُمْ ذُرِّيَّتُهُم بِإِيمَٰنٍ أَلْحَقْنَا بِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَمَآ أَلَتْنَٰهُم مِّنْ عَمَلِهِم مِّن شَىْءٍ ۚ كُلُّ ٱمْرِيٕٖ بِمَا كَسَبَ رَهِينٌ٢١
Sodiq
O`zlari iymon keltirib, zurriyotlari ularga iymon bilan ergashganlarning zurriyotini ularga qo`shdik va ularning amallaridan hech narsani kamaytirmadik. Har bir kishi o`z kasbi garovidir.[1]
[1] Bu dunyoda iymonu islom bilan o`tgan kishilarning agar zurriyotlari ham iymon bilan o`tgan bo`lsa, darajalari uncha yuqori bo`lmasa ham, Alloh ularni otalariga qo`shib qo`yar ekan. Lekin, shu bilan birga otalarning amalidan hech bir narsa kamaytirilmas ekan. Ya'ni, bolalariga olib berilib, ularning darajasi tenglatilmas ekan. Chunki har kim o`zi qilgan kasb-amalning garovidir, amali yaxshi bo`lsa, oqibati ham yaxshi bo`ladi. Alloh ko`rsatmasin, amali yomon bo`lsa, oqibati ham...)
22
وَأَمْدَدْنَٰهُم بِفَٰكِهَةٍ وَلَحْمٍ مِّمَّا يَشْتَهُونَ٢٢
Sodiq
Va Biz ularga xohlagan mevalari va go`shtlarini muhayyo qilib qo`ydik.
23
يَتَنَٰزَعُونَ فِيهَا كَأْسًا لَّا لَغْوٌ فِيهَا وَلَا تَأْثِيمٌ٢٣
Sodiq
Ular unda qadahlarni bir-birlariga uzaturlar. U yerda behuda sergaplik va gunoh yo`q.[1]
[1] Oxirat sharobida noxush ishlarning birontasi ro`y bermas ekan.)
24
۞وَيَطُوفُ عَلَيْهِمْ غِلْمَانٌ لَّهُمْ كَأَنَّهُمْ لُؤْلُؤٌ مَّكْنُونٌ٢٤
Sodiq
Va atroflarida xuddi sadafdagi durdek g`ulomlari aylanib, xizmatda yurishar.
25
وَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ يَتَسَآءَلُونَ٢٥
Sodiq
Ba'zilari boshqalaridan o`girilib so`ray boshladilar:
26
قَالُوٓاْ إِنَّا كُنَّا قَبْلُ فِىٓ أَهْلِنَا مُشْفِقِينَ٢٦
Sodiq
«Albatta, biz ilgari o`z ahlimiz davrasida U zotdan qo`rquvchilardan edik.
27
فَمَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْنَا وَوَقَىٰنَا عَذَابَ ٱلسَّمُومِ٢٧
Sodiq
Bas, Alloh bizga marhamat qildi va bizni do`zax azobidan saqladi.
28
إِنَّا كُنَّا مِن قَبْلُ نَدْعُوهُ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْبَرُّ ٱلرَّحِيمُ٢٨
Sodiq
Albatta, biz ilgari Unga duo qilardik. Albatta, Uning O`zi yaxshilik qiluvchi va rahimlidur».
29
فَذَكِّرْ فَمَآ أَنتَ بِنِعْمَتِ رَبِّكَ بِكَاهِنٍ وَلَا مَجْنُونٍ٢٩
Sodiq
Bas, eslatgin: sen Robbing ne'mati ila folbin ham emassan, majnun ham emassan.[1]
[1] Oyatdagi «kohin» so`zini biz folbin deb tarjima qildik. Aslida, Arabiston yarim orolida kohin alohida tushunchadir. U jinlar bilan aloqasi borligini va g`oyibdan xabar berishni da'vo qiluvchi shaxsdir. Shuningdek, kohinlar ruhlar, xudolar bilan ham aloqamiz bor deyishadi va ba'zan tabiblik da'vosini ham qilishadi.)
30
أَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌ نَّتَرَبَّصُ بِهِۦ رَيْبَ ٱلْمَنُونِ٣٠
Sodiq
Balki: «U — shoir, biz unga o`lim yetishini kutamiz», derlar?
31
قُلْ تَرَبَّصُواْ فَإِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُتَرَبِّصِينَ٣١
Sodiq
Aytgin: «Kutinglar, albatta, men ham sizlar bilan birga kutuvchidirman».
32
أَمْ تَأْمُرُهُمْ أَحْلَٰمُهُم بِهَٰذَآ ۚ أَمْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ٣٢
Sodiq
Yo aqllari shunga buyuradimi, yoki ular tug`yonga ketgan qavmlarmi?
33
أَمْ يَقُولُونَ تَقَوَّلَهُۥ ۚ بَل لَّا يُؤْمِنُونَ٣٣
Sodiq
Balki, u(Qur'on)ni o`zi to`qidi, derlar? Yo`q, ular iymon keltirmaslar.
34
فَلْيَأْتُواْ بِحَدِيثٍ مِّثْلِهِۦٓ إِن كَانُواْ صَٰدِقِينَ٣٤
Sodiq
Agar ularning gapi rost bo`lsa, u(Qur'on)ga o`xshash so`zni keltirsinlar.
35
أَمْ خُلِقُواْ مِنْ غَيْرِ شَىْءٍ أَمْ هُمُ ٱلْخَٰلِقُونَ٣٥
Sodiq
Balki, ular, hech narsadan hech narsa yo`q, o`zlari yaralgandirlar?! Yoki ular yaratuvchilarmi?
36
أَمْ خَلَقُواْ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ ۚ بَل لَّا يُوقِنُونَ٣٦
Sodiq
Balki, ular osmonlaru yerni yaratgandirlar?! Yo`q, ular ishonmaslar.
37
أَمْ عِندَهُمْ خَزَآئِنُ رَبِّكَ أَمْ هُمُ ٱلْمُصَۜيْطِرُونَ٣٧
Sodiq
Balki, ularning huzurida Robbingning xaziynalari bordir?! Yoki ular boshqaruvchilarmi?
38
أَمْ لَهُمْ سُلَّمٌ يَسْتَمِعُونَ فِيهِ ۖ فَلْيَأْتِ مُسْتَمِعُهُم بِسُلْطَٰنٍ مُّبِينٍ٣٨
Sodiq
Balki, ularning (xabarni) eshitadigan narvonlari bordir?! Undoq bo`lsa, eshituvchilari ravshan hujjat keltirsin.[1]
[1] Mushriklar Muhammad alayhissalomni yolg`onchiga chiqarganlar. Xo`sh, nimaga asoslanib bunday qilishgan? Yoki ularning osmonga qo`ygan narvonlari bor-u unga chiqib, Muhammad payg`ambar emas, unga vahiy yuborilayotgani yo`q, degan xabarni eshitishdimi? Agar haqiqatda eshitgan bo`lsalar, ochiq-oydin dalil ko`rsatsinlar.)
39
أَمْ لَهُ ٱلْبَنَٰتُ وَلَكُمُ ٱلْبَنُونَ٣٩
Sodiq
Yoki U zotga qizlar-u, sizlarga o`g`illarmi?
40
أَمْ تَسْـَٔلُهُمْ أَجْرًا فَهُم مِّن مَّغْرَمٍ مُّثْقَلُونَ٤٠
Sodiq
Yoki sen ulardan haq so`rayapsan-u, ular to`lovdan qiynalayaptilarmi?
41
أَمْ عِندَهُمُ ٱلْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبُونَ٤١
Sodiq
Balki, ularning ixtiyorida g`ayb (ilmi) bo`lib, ular yozib olayotgandirlar?!
42
أَمْ يُرِيدُونَ كَيْدًا ۖ فَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ هُمُ ٱلْمَكِيدُونَ٤٢
Sodiq
Balki, hiyla ko`rsatishni xohlarlar?! Bas, kofirlar hiylalarining jazosini tortarlar.
43
أَمْ لَهُمْ إِلَٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ ۚ سُبْحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ٤٣
Sodiq
Balki, ularning Allohdan boshqa xudolari bordir?! Alloh ular keltirayotgan shirkdan pok bo`ldi.
44
وَإِن يَرَوْاْ كِسْفًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ سَاقِطًا يَقُولُواْ سَحَابٌ مَّرْكُومٌ٤٤
Sodiq
Agar ular boshlariga tushayotgan parchani ko`rsalar ham, to`plangan bulut, derlar.
45
فَذَرْهُمْ حَتَّىٰ يُلَٰقُواْ يَوْمَهُمُ ٱلَّذِى فِيهِ يُصْعَقُونَ٤٥
Sodiq
Ularni halokatga uchraydigan kunlariga yo`liqqunlarigacha tek qo`y.[1]
[1] Mushrik va dinsizlarni qiyomat kunigacha qo`yib ber, nima qilishsa qilishaversin.)
46
يَوْمَ لَا يُغْنِى عَنْهُمْ كَيْدُهُمْ شَيْـًٔا وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ٤٦
Sodiq
U kunda hiylalari ularga hech qanday foyda bermas va ularga yordam ham berilmas.
47
وَإِنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُواْ عَذَابًا دُونَ ذَٰلِكَ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ٤٧
Sodiq
Va, albatta, zulm qilganlarga undan o`zga azob ham bor, lekin ko`plari bilmaslar.[1]
[1] Ya'ni, kofir, zolimlarga oxirat azobidan o`zga bu dunyoning azobi ham bor yoki qabr azobi bo`lishi ham mumkin.)
48
وَٱصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ فَإِنَّكَ بِأَعْيُنِنَا ۖ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ حِينَ تَقُومُ٤٨
Sodiq
Bas, Robbing hukmiga sabr qil. Albatta, sen ko`z o`ngimizdasan, o`rningdan turganingda Robbingga tasbih ayt!
49
وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَسَبِّحْهُ وَإِدْبَٰرَ ٱلنُّجُومِ٤٩
Sodiq
Va kechasi ham. Bas, yulduzlar botgandan keyin ham tasbih ayt.[1]
[1] Demak, har doim Allohga bog`liq bo`lmoq zarur. Imom Molik Zuhriydan qilgan rivoyatlarida Ibn Mat'amning otasi aytadiki, «Payg`ambar alayhissalomni shom namozida «Vat-Tur» surasini o`qiyotganlarini eshitdim. U kishidan ko`ra ovozi shirinroq va qiroati yaxshiroq odamni ko`rmaganman».)