Sura 75

Qiyoma

O

Qiyomat

40 oyat |MakkaMakka |
Sura 75 • Oyat 1 / 40 • Juz 297⁄8 • Sahifa 577
Qiyoma
ﻉ512Juz 29 7⁄8512ﻉ
2
1
۞ لَآ أُقْسِمُ بِيَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ‮١‬‬‬
Sodiq
Qiyomat kuni bilan qasam.
2
وَلَآ أُقْسِمُ بِٱلنَّفْسِ ٱللَّوَّامَةِ‮٢‬‬‬
Sodiq
Va malomatchi nafs bilan qasam.
3
أَيَحْسَبُ ٱلْإِنسَٰنُ أَلَّن نَّجْمَعَ عِظَامَهُۥ‮٣‬‬‬
Sodiq
(Kofir) Inson Bizni uning suyaklarini jamlab olmas, deb o`ylarmi?
4
بَلَىٰ قَٰدِرِينَ عَلَىٰٓ أَن نُّسَوِّىَ بَنَانَهُۥ‮٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz uning barmoq uchlarini ham asl holiga keltirishga qodirmiz.
5
بَلْ يُرِيدُ ٱلْإِنسَٰنُ لِيَفْجُرَ أَمَامَهُۥ‮٥‬‬‬
Sodiq
Balki, inson kelajakda fisqu fujur qilishni xohlaydir.
6
يَسْـَٔلُ أَيَّانَ يَوْمُ ٱلْقِيَٰمَةِ‮٦‬‬‬
Sodiq
Qiyomat kuni qachon? — deb so`raydir.
7
فَإِذَا بَرِقَ ٱلْبَصَرُ‮٧‬‬‬
Sodiq
Qachonki ko`z lol qolib qo`rqinchga to`lsa.
8
وَخَسَفَ ٱلْقَمَرُ‮٨‬‬‬
Sodiq
Va oy tutilsa.
9
وَجُمِعَ ٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ‮٩‬‬‬
Sodiq
Va quyosh bilan oy jamlansa.
10
يَقُولُ ٱلْإِنسَٰنُ يَوْمَئِذٍ أَيْنَ ٱلْمَفَرُّ‮١٠‬‬‬
Sodiq
O`shal kunda inson: «Qochar joy qayerda?» deb qoladir.
11
كَلَّا لَا وَزَرَ‮١١‬‬‬
Sodiq
Yo`q! Qochar joy yo`qdir!
12
إِلَىٰ رَبِّكَ يَوْمَئِذٍ ٱلْمُسْتَقَرُّ‮١٢‬‬‬
Sodiq
U kunda joylashuv faqat Robbing huzurida bo`ladir.
13
يُنَبَّؤُاْ ٱلْإِنسَٰنُ يَوْمَئِذٍ بِمَا قَدَّمَ وَأَخَّرَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
U kunda insonga avvalu oxir qilgan ishlarining xabari beriladir.
14
بَلِ ٱلْإِنسَٰنُ عَلَىٰ نَفْسِهِۦ بَصِيرَةٌ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Ha, inson o`z nafsiga qarshi o`zi shohiddir.
15
وَلَوْ أَلْقَىٰ مَعَاذِيرَهُۥ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Va agar uzrlarini to`kib solsa ham.
16
لَا تُحَرِّكْ بِهِۦ لِسَانَكَ لِتَعْجَلَ بِهِۦٓ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Sen shoshilib u bilan tilingni qimirlatma.
17
إِنَّ عَلَيْنَا جَمْعَهُۥ وَقُرْءَانَهُۥ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, u(Qur'on)ni jamlash va o`qib berish Bizning zimmamizda.
18
فَإِذَا قَرَأْنَٰهُ فَٱتَّبِعْ قُرْءَانَهُۥ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Bas, Biz uni o`qisak, qiroatiga zehn solib tur.
19
ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا بَيَانَهُۥ‮١٩‬‬‬
Sodiq
So`ngra u(Qur'on)ni bayon qilib berish ham Bizning zimmamizda.
20
كَلَّا بَلْ تُحِبُّونَ ٱلْعَاجِلَةَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Yo`q! Balki sizlar shoshar dunyoni yaxshi ko`rasizlar.
21
وَتَذَرُونَ ٱلْـَٔاخِرَةَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Va oxiratni tark etasizlar.
22
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَّاضِرَةٌ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
U kunda chiroyli yuzlar bor.
23
إِلَىٰ رَبِّهَا نَاظِرَةٌ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
O`z Robbisiga nazar soluvchilar.
24
وَوُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ بَاسِرَةٌ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Va u kunda tirishib-burishgan yuzlar ham bor.
25
تَظُنُّ أَن يُفْعَلَ بِهَا فَاقِرَةٌ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
O`zlariga umurtqasini sindiradigan ish bo`lishiga ishonarlar.
26
كَلَّآ إِذَا بَلَغَتِ ٱلتَّرَاقِىَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Yo`q! Vaqtiki, (jon) halqumga kelsa.
27
وَقِيلَ مَنْ ​ۜ رَاقٍ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Va «Kim buni qutqarar?» deyilsa.
28
وَظَنَّ أَنَّهُ ٱلْفِرَاقُ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, bu firoq ekanligiga ishonsa.
29
وَٱلْتَفَّتِ ٱلسَّاقُ بِٱلسَّاقِ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Va boldirlar bir-biriga almashsa.
30
إِلَىٰ رَبِّكَ يَوْمَئِذٍ ٱلْمَسَاقُ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
U kunda haydab borish joyi Robbing huzuridadir.[1]

[1] Ya'ni, joni halqumiga kelib qolganda, uni hayotda olib qolish uchun barcha chora ko`riladi, Kim qutqararkin, deb iltijo qilinadi. Lekin iloji bo`lmay firoq vaqti kelganiga ishonch hosil bo`ladi. Jon chiqqanda esa oyoqlar jonsiz bo`lib bir-biriga chalmashadi.)
31
فَلَا صَدَّقَ وَلَا صَلَّىٰ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Bas, u tasdiqlamadi va namoz o`qimadi.
32
وَلَٰكِن كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Va lekin yolg`onga chiqardi va yuz o`girdi.
33
ثُمَّ ذَهَبَ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ يَتَمَطَّىٰٓ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
So`ng o`z ahliga kerilib bordi.
34
أَوْلَىٰ لَكَ فَأَوْلَىٰ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Holingga voy bo`lsin sening, voy bo`lsin!
35
ثُمَّ أَوْلَىٰ لَكَ فَأَوْلَىٰٓ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Yana holingga voy bo`lsin sening, voy bo`lsin!
36
أَيَحْسَبُ ٱلْإِنسَٰنُ أَن يُتْرَكَ سُدًى‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Inson behuda tark qilinishlikning hisobini qilurmi?
37
أَلَمْ يَكُ نُطْفَةً مِّن مَّنِىٍّ يُمْنَىٰ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
U maniydan oqqan nutfa bo`lmaganmidi?
38
ثُمَّ كَانَ عَلَقَةً فَخَلَقَ فَسَوَّىٰ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
So`ng alaqa bo`ldi. Bas, bekami-ko`st etib yaratdi.
39
فَجَعَلَ مِنْهُ ٱلزَّوْجَيْنِ ٱلذَّكَرَ وَٱلْأُنثَىٰٓ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Bas, undan juftni — erkak va ayolni yaratdi.
40
أَلَيْسَ ذَٰلِكَ بِقَٰدِرٍ عَلَىٰٓ أَن يُحْـِۧىَ ٱلْمَوْتَىٰ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Shunday Zot o`liklarni tiriltirishga qodir emasmi?!