Sura 89
Fajr
q
Tong
30 oyat |
Makka |
Sura 89 • Oyat 1 / 30 • Juz 305⁄8 • Sahifa 593
Fajr
2
1
وَٱلْفَجْرِ١
Sodiq
Fajr bilan qasam.
2
وَلَيَالٍ عَشْرٍ٢
Sodiq
Va o`n kecha bilan qasam.[1]
[1] Ulamolarimiz, ushbu oyatdagi o`n kechadan murod Ramazon oyining oxirgi o`n kechasi, ularda Laylatul qadr kechasi ham bor, deganlar.)
3
وَٱلشَّفْعِ وَٱلْوَتْرِ٣
Sodiq
Juftu toq bilan qasam.
4
وَٱلَّيْلِ إِذَا يَسْرِ٤
Sodiq
Va yurgan tun bilan qasam.
5
هَلْ فِى ذَٰلِكَ قَسَمٌ لِّذِى حِجْرٍ٥
Sodiq
Mana shularda aql egasi uchun (qanoatlantiruvchi) qasam bordir?!
6
أَلَمْ تَرَ كَيْفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِعَادٍ٦
Sodiq
Sening Robbing Odga qanday (muomala) qilganini bilmadingmi?
7
إِرَمَ ذَاتِ ٱلْعِمَادِ٧
Sodiq
Baland ustunli «Iram»ga?
8
ٱلَّتِى لَمْ يُخْلَقْ مِثْلُهَا فِى ٱلْبِلَٰدِ٨
Sodiq
Uning misli boshqa diyorlarda xalq qilinmaganga?
9
وَثَمُودَ ٱلَّذِينَ جَابُواْ ٱلصَّخْرَ بِٱلْوَادِ٩
Sodiq
Va vodiyda xarsang toshlarni kesib (imorat yasagan) Samudni.[1]
[1] Robbing nima qilganini bilmadingmi?)
10
وَفِرْعَوْنَ ذِى ٱلْأَوْتَادِ١٠
Sodiq
Va ko`p askarlari bor Fir'avnni.[1]
[1] Robbing nima qilganini bilmadingmi?)
11
ٱلَّذِينَ طَغَوْاْ فِى ٱلْبِلَٰدِ١١
Sodiq
Ular turli o`lkalarda tug`yonga ketgan edilar.
12
فَأَكْثَرُواْ فِيهَا ٱلْفَسَادَ١٢
Sodiq
Ular u(o`lka)larda buzg`unchilikni ko`paytirgan edilar.
13
فَصَبَّ عَلَيْهِمْ رَبُّكَ سَوْطَ عَذَابٍ١٣
Sodiq
Bas, Robbing ularning boshiga turli azoblarni quydi.
14
إِنَّ رَبَّكَ لَبِٱلْمِرْصَادِ١٤
Sodiq
Albatta, Robbing kuzatib turuvchidir.[1]
[1] U kim nima qilayotganini o`ta aniqlik bilan kuzatib turadi. Kuzatib turib tug`yonga ketgan, haddidan oshgan va zulm qilganlarning jazosini beradi.)
15
فَأَمَّا ٱلْإِنسَٰنُ إِذَا مَا ٱبْتَلَىٰهُ رَبُّهُۥ فَأَكْرَمَهُۥ وَنَعَّمَهُۥ فَيَقُولُ رَبِّىٓ أَكْرَمَنِ١٥
Sodiq
Bas, qachon insonni Robbi sinash uchun ikrom qilsa va ne'mat bersa, «Meni Robbim ikrom qildi», deydir.
16
وَأَمَّآ إِذَا مَا ٱبْتَلَىٰهُ فَقَدَرَ عَلَيْهِ رِزْقَهُۥ فَيَقُولُ رَبِّىٓ أَهَٰنَنِ١٦
Sodiq
Bas, qachon Robbi sinash uchun rizqini tor qilib qo`ysa, u: «Robbim meni xorladi», deydir.
17
كَلَّا ۖ بَل لَّا تُكْرِمُونَ ٱلْيَتِيمَ١٧
Sodiq
Yo`q! Balki sizlar yetimlarni ikrom qilmaysizlar.
18
وَلَا تَحَٰٓضُّونَ عَلَىٰ طَعَامِ ٱلْمِسْكِينِ١٨
Sodiq
Bir-biringizni miskinlarga taom berishga undamaysizlar.
19
وَتَأْكُلُونَ ٱلتُّرَاثَ أَكْلًا لَّمًّا١٩
Sodiq
Va merosni shiddat-la yeysizlar.
20
وَتُحِبُّونَ ٱلْمَالَ حُبًّا جَمًّا٢٠
Sodiq
Va molni ko`p yaxshi ko`rasizlar.
21
كَلَّآ إِذَا دُكَّتِ ٱلْأَرْضُ دَكًّا دَكًّا٢١
Sodiq
Yo`q! Vaqtiki, yer zilzilaga tushib, parcha-parcha bo`lib ketsa.
22
وَجَآءَ رَبُّكَ وَٱلْمَلَكُ صَفًّا صَفًّا٢٢
Sodiq
Va Robbing va farishtalar saf-saf bo`lib kelsalar.
23
وَجِاْىٓءَ يَوْمَئِذٍ بِجَهَنَّمَ ۚ يَوْمَئِذٍ يَتَذَكَّرُ ٱلْإِنسَٰنُ وَأَنَّىٰ لَهُ ٱلذِّكْرَىٰ٢٣
Sodiq
Va o`sha kunda jahannamni keltirsa, o`sha kunda inson eslaydir. Lekin bu eslashdan endi ne foyda.
24
يَقُولُ يَٰلَيْتَنِى قَدَّمْتُ لِحَيَاتِى٢٤
Sodiq
U: «Afsuski, oxirat hayotimga ham biror narsa taqdim qilsam bo`lar ekan», deydir.
25
فَيَوْمَئِذٍ لَّا يُعَذِّبُ عَذَابَهُۥٓ أَحَدٌ٢٥
Sodiq
Bas, o`sha kunda Allohning azobiga o`xshash azob-la hech kim azoblamaydir.
26
وَلَا يُوثِقُ وَثَاقَهُۥٓ أَحَدٌ٢٦
Sodiq
Va Uning bog`lashiga o`xshash hech kim bog`lamaydir.
27
يَٰٓأَيَّتُهَا ٱلنَّفْسُ ٱلْمُطْمَئِنَّةُ٢٧
Sodiq
Ey, xotirjam nafs!
28
ٱرْجِعِىٓ إِلَىٰ رَبِّكِ رَاضِيَةً مَّرْضِيَّةً٢٨
Sodiq
Robbingga sen Undan, U sendan rozi bo`lgan holda qayt!
29
فَٱدْخُلِى فِى عِبَٰدِى٢٩
Sodiq
Bas, bandalarim ichiga kirgin!
30
وَٱدْخُلِى جَنَّتِى٣٠
Sodiq
Va jannatimga kirgin!