Allohning go'zal ismlari

Al-A'lo

Oliy, Eng Yuksak

الأَعْلَیٰ

Al-A’lo (Oliy, Eng Yuksak) — mavjud bo’lgan hamma narsadan yuksak, maxluqotdan cheksiz baland va shu bilan birga mutlaq va hamma narsani qamrab oluvchi hokimiyatga ega Zot. Maxluqotlar orasida ham boshqalardan ustun turadigan, hokimiyat, kuch va ilmga ega bo’lganlar bor, ammo ularning yuksak fazilatlarini Robbning ilohiy sifatlari bilan hech qiyoslab bo’lmaydi. U har qanday qiyosdan yuksak, Uning ulug’ligini, qudratini, kuchini na tasavvur qilish, na so’z bilan tavsiflash, na ilm bilan qamrab olish mumkin.

Qur’onda zikr qilinishi: 2 marta.
Bog’liq shakllar: ٱلْعَلِيّ — 8 marta, ٱلْمُتَعَال — 1 marta.

Dalil: Oliy qadar bo’lgan Robbing ismini poklab yod et. (Sura 87 «A'lo», Oyat 1)