Al-Aliy (Yuksak) — eng oliy sifatlarga ega va har qanday nuqsondan yuksak, O’z maxluqotidan va O’zini qamrab olishning har qanday imkoniyatidan baland bo’lgan Zot. Allohning zoti va sifatlari yuksak, chunki U haqiqatan ham ulug’ va sharafli. Uning qudrati va hokimiyatiga hech narsa tahdid solmaydi, hech kim ulug’likda U bilan raqobat qila olmaydi, faqat U maxluqotlardan ustun bo’lishga, O’zining ulug’vorligi bilan faxrlanishga va ustunligi bilan iftixor qilishga haqlidir. U kamtarlik ko’rsatganlarni yuksaltiradi, kibrlanib, zulm qilganlarni esa xor qiladi.
Qur’onda zikr qilinishi: 8 marta.
Bog’liq shakllar: ٱلْأَعْلَى — 2 marta, ٱلْمُتَعَال — 1 marta.
Dalil: Alloh, Undan o’zga iloh yo’q. U tirikdir va qayyumdir. Uni mudroq ham, uyqu ham olmas. Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Uning huzurida O’zining iznisiz hech kim shafoat qila olmas. U ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Uning ilmidan hech narsani ihota qila olmaslar, magar O’zi xohlaganini, xolos. Uning kursisi osmonlaru yerni qamragan. U ularni muhofaza qilishdan charchamas. Va U Aliy va Aziym Zotdir. (Sura 2 «Baqara», Oyat 255)