Al-Muta’oliy (Oliy) — maxluqotdan ustun turadigan va butun mavjudotdan kuch, quvvat va qudrat bilan ustun bo’lgan Zot. Robbning oliy sifatlarini bildiruvchi uchta ismdan al-Aliy ismi eng to’liq ma’noga ega, chunki bu sifat ilohiy zotni tavsiflaydi, Al-A’lo va al-Muta’oliy ismlari esa Yaratuvchining maxluqotdan cheksiz ustunligini bildiradi.
Qur’onda zikr qilinishi: 1 marta.
Bog’liq shakllar: ٱلْعَلِيّ — 8 marta, ٱلْأَعْلَى — 2 marta.
Dalil: U zot g’oyibni ham, shohidni ham bilguvchidir. U buyukdir, yuksakdir. (Sura 13 «Ra'd», Oyat 9)