Al-Aziym (Ulug’) — haqiqiy va cheksiz ulug’likka ega, U uchun mutlaqo imkonsiz narsa bo’lmagan, sifatlari va ishlari ulug’ bo’lib, yuksaltirish va ulug’lashga loyiq Zot. Ular o’z ulug’ligida aql bovar qilmas va aql bovar qilmasligida ulug’dir, inson ularni qanday tasavvur qilmasin, ular baribir uning tasavvuridan yuksakdir.
Qur’onda zikr qilinishi: 6 marta.
Dalil: Alloh, Undan o’zga iloh yo’q. U tirikdir va qayyumdir. Uni mudroq ham, uyqu ham olmas. Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Uning huzurida O’zining iznisiz hech kim shafoat qila olmas. U ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Uning ilmidan hech narsani ihota qila olmaslar, magar O’zi xohlaganini, xolos. Uning kursisi osmonlaru yerni qamragan. U ularni muhofaza qilishdan charchamas. Va U Aliy va Aziym Zotdir. (Sura 2 «Baqara», Oyat 255)