Allohning go'zal ismlari

Al-Jabbor

Qahrli, Jabbor

الجَبَّارُ

Al-Jabbor (Jabbor) — barcha maxluqotlarni O’z irodasiga bo’ysundiradigan, ulardan kuch va quvvat bilan ustun bo’lgan, ammo ularga hamdardlik va rahmat ko’rsatadigan Zot. Bu ism Allohning uchta mukammal sifatini o’z ichiga oladi: Alloh har qanday itoatsizni yanchib, butun mavjudotni O’ziga bo’ysundiradigan qudrat; har bir ozor chekkan va qiynalgan kishi najot topadigan rahmat; va maxluqotlar ustidan yuksak martaba — Uning ilohiy zoti yaratilgan olamlardan ajralgan, sifatlari esa maxluqotlarning xususiyatlaridan ustun degan ma’noda.

Qur’onda zikr qilinishi: 1 marta.

Dalil: U — Alloh Undan o’zga iloh yo’q Zotdir. U — Malik, U — Quddus, U — Salom, U — Mu’min, U — Muhaymin, U — Aziyz, U — Jabbor, U — Mutakabbirdir. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir. (Sura 59 «Hashr», Oyat 23)