Al-Aziyz (Qudratli, G’olib) — kuch va qudratda O’ziga teng keladigani yo’q, irodasiga qarshi turish mumkin bo’lmagan, mag’lub etib yoki ustun kelib bo’lmaydigan, ulug’lik va sharafga ega Zot. Odamlar va boshqa maxluqotlar kuchli va qudratli bo’lishi mumkin, ammo bu sifatlar faqat Allohga o’zgarmas tarzda va eng mukammal shaklda xosdir.
Qur’onda zikr qilinishi: 88 marta.
Dalil: Esla, Ibrohim: «Ey Robbim, menga o’liklarni qanday tiriltirishingni ko’rsat», deganda, U Zot: «Ishonmadingmi?» – dedi. U: Ore, lekin qalbim xotirjam bo’lishi uchun», – dedi. U zot: «Qushdan to’rtta olgin-da, o’zingga tortib, kesib maydala, so’ngra, ulardan har bir toqqa bo’laklarini qo’ygin, keyin ularni o’zingga chaqir, huzuringga tezlab keladilar», – dedi. «Va bilginki, albatta, Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir». (Sura 2 «Baqara», Oyat 260)