Al-Boriy (Yo’qdan Bor Qiluvchi) — niyat qilganiga muvofiq yo’qdan bor qiladigan Zot, bu qobiliyat faqat Alloh taologa xosdir. Allohdan boshqa hech kim o’z rejasini aynan niyat qilganidek amalga oshira olmaydi, agar U biror narsani yaratishni niyat qilsa, tajriba va sinovlarga muhtoj emas. U aynan O’zi niyat qilgan va xohlagan narsani yaratadi va U yaratgan hamma narsaning ma’nosi va maqsadi bor.
Qur’onda zikr qilinishi: 3 marta.
Dalil: U — Alloh — Xoliq, Bori’, Musovvirdur. Barcha go’zal ismlar Unikidir. Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Yana U — Aziyz va Hakiymdir. (Sura 59 «Hashr», Oyat 24)