Al-Musavvir (Surat Beruvchi) — maxluqotlarni O’zi xohlagan suratda yaratadigan va ularga O’zi xohlagan tashqi va ichki xususiyatlarni beradigan Zot.
Qur’onda zikr qilinishi: 1 marta.
Dalil: U — Alloh — Xoliq, Bori’, Musovvirdur. Barcha go’zal ismlar Unikidir. Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Yana U — Aziyz va Hakiymdir. (Sura 59 «Hashr», Oyat 24)