Al-Oxir (Oxirgi) — mavjudligining oxiri yo’q va Undan keyin hech narsa bo’lishi mumkin bo’lmagan Zot. Al-Avval go’zal ismi butun mavjudot Alloh tomonidan rejalashtirilgan va yaratilganini bildirsa, Al-Oxir ismi hamma narsa Unga qaytishini va Uning irodasiga bog’liq ekanini eslatadi. Bu haqda Qur’onda aytilganidek: Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki bo’lgan Allohning yo’liga (hidoyat qilursan). Ogoh bo’lingkim, barcha ishlar Allohgagina qaytur. (Sura 42 «Shuro», Oyat 53).
Qur’onda zikr qilinishi: 1 marta.
Dalil: U avval va oxir, oshkor va pinhondir. Va U har bir narsani biluvchidir. (Sura 57 «Hadid», Oyat 3)