Allohning go'zal ismlari

Al-Hamiyd

Hamdga Loyiq, Sharafli

الحَمِیدُ

Al-Hamiyd (Hamdga Loyiq, Sharafli) — zoti, sifatlari va ishlarining kamoloti sababli barcha maqtovlarga loyiq, shon-shuhrati osmonlar, yer va ular orasidagi hamma narsani to’ldirgan, barcha tirik va jonsiz narsalar hamd aytadigan Zot. Al-Xattobiy aytgan: «Al-Hamiyd — hamd aytiladigan va O’z ishlari uchun maqtovga loyiq Zot. Unga quvonchda ham, g’amda ham, muhtojlikda ham, farovonlikda ham hamd aytish lozim, chunki U hakim, xato qilmaydi va hech narsani e’tibordan chetda qoldirmaydi. Unga har qanday holatda hamd aytish kerak».

Qur’onda zikr qilinishi: 17 marta.

Dalil: Ular: «Allohning amridan ajablanasanmi? Ey, ahli baytlar, sizlarga Allohning rahmati va barakotlari bo’lgay. Albatta, U maqtalgan va buyuk Zotdir», dedilar. (Sura 11 «Hud», Oyat 73)