Allohning go'zal ismlari

Al-Iloh

Iloh

الإِلهُ

Al-Iloh (Iloh) — mukammal sifatlari va ishlari tufayli ibodat va sig’inishga loyiq Zot. Iloh so’zi bilan har qanday sig’inish ob’ektini atash mumkin, ammo faqat Alloh ibodatga loyiqdir, chunki U mutlaq qudrat va hokimiyatga, cheksiz ilm va hikmatga, hamma narsani qamrab oluvchi eshitish va ko’rishga, hammani qamrab oluvchi rahmat va ezgulikka ega.

Qur’onda zikr qilinishi: 147 marta (so’zning barcha shakllari, botil ilohlar haqida kelgan o’rinlar ham).

Dalil: Va ilohingiz bir ilohdir. Rohman va Rohiym bo’lmish Undan o’zga ibodatga sazovor zot yo’qdir. (Sura 2 «Baqara», Oyat 163)