Allohning go'zal ismlari

Ar-Rohman

Mehribon

الرَّحْمَـٰـنُ

Ar-Rohman (Mehribon) — Allohning eng ulug’ ismlaridan biri bo’lib, Uning odamlar yoki boshqa maxluqotlarning rahmdilligi bilan qiyoslab bo’lmaydigan mukammal va cheksiz rahmatga ega ekanini bildiradi. Muhabbat, mehribonlik, saxovat, rahm-shafqat va hamdardlikning har qanday ko’rinishi Allohning rahmatidan kelib chiqadi, bizdagi barcha eng yaxshi fazilatlar esa Uning cheksiz rahmatining natijasidir.

Qur’onda zikr qilinishi: 57 marta.

Dalil: Rohman. (Sura 55 «Rahmon», Oyat 1) Qur’onni o’rgatdi. (Sura 55 «Rahmon», Oyat 2)