Al-Vadud (Sevuvchi, Sevimli) — O’ziga itoat qilgan bandalarini sevadigan va ularning qalblariga ochilib, ularga yaxshilik qilib, O’ziga bo’lgan muhabbatni soladigan Zot. As-Sa’diy yozadi: «Bu — O’z payg’ambarlari, rasullari va ularning izdoshlarini sevadigan, ular dunyodagi hamma narsadan ko’ra ko’proq sevadigan Zot. Ularning qalblari Unga bo’lgan muhabbatga to’la, tillari esa Unga doimo hamd aytadi. Ular Unga butun qalbi bilan — samimiy va muhabbat bilan intiladilar va yuzlanadilar».
Qur’onda zikr qilinishi: 2 marta.
Dalil: Robbingizga istig’for ayting, so’ngra Unga tavba qiling. Albatta, Robbim rahimli va shafqatli Zotdir», – dedi. (Sura 11 «Hud», Oyat 90)