Al-Latiyf (Nozik, Lutfli) — O’z yaratganlariga lutfli va rahmli, O’z irodasini muloyim va bildirmasdan amalga oshiradigan, narsalar va hodisalarning barcha nozik jihatlarini biladigan, O’zi esa zoti va xususiyatlari bilan anglab bo’lmas bo’lib qoladigan Zot. Al-Xattobiy yozadi: «Al-Latiyf — O’z bandalariga lutfli, ularga ular sezmaydigan tarzda g’amxo’rlik qiladigan va ularga kutmagan joylaridan ne’matlar yuboradigan Zot».
Qur’onda zikr qilinishi: 7 marta.
Dalil: Ko’zlar Uni idrok eta olmas, U ko’zlarni idrok etar. U latiyf va xabardor Zotdir. (Sura 6 «An'om», Oyat 103)