Allohning go'zal ismlari

Ar-Rauf

Mehribon, Shafqatli

الرَّؤُوفُ

Ar-Rauf (Mehribon, Shafqatli) — O’z bandalariga eng yuksak rahm-shafqat ko’rsatadigan, ularga achinadigan va ularni himoya qiladigan, ularga yaxshilik tilaydigan va ularni zarar yetkazishi mumkin bo’lgan narsadan ogohlantiradigan Zot. Al-Halimiy yozadi: «Bu — O’z bandalariga yon beradigan va ularga kuchlari yetmaydigan narsani yaqinlashtirib ham yuklamaydigan Zot. Ular mustahkam va kuchli bo’lganda ulardan ko’proq talab qiladi, ular zaiflashib, kuchdan qolganda esa vazifalarini yengillatadi. U doimiy yashash joyida turgan kishidan musofirdan ko’ra ko’proq, sog’ kishidan bemordan ko’ra ko’proq talab qiladi va bularning barchasi shafqat va rahmatdir».

Qur’onda zikr qilinishi: 10 marta.

Dalil: Shuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh bo’lishingiz va Payg’ambar sizlarning ustingizdan guvoh bo’lishi uchun o’rta millat qildik. Sen avval yuzlangan qiblani, faqat, ortga burilib ketadiganlar kim-u, Payg’ambarga ergashuvchilar kim ekanini bilish uchungina qilganmiz. Garchi bu ish Alloh hidoyatga solganlardan boshqalarga og’ir bo’lsa ham. Alloh iymoningizni zoye qilmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahimlidir. (Sura 2 «Baqara», Oyat 143)