Sura 3
Oli Imron
4
Imron oilasi
200 oyat |
Madina |
Sura 3 • Oyat 1 / 200 • Juz 34⁄8 • Sahifa 50
Oli Imron
2
1
الٓمٓ١
Sodiq
Alif. Laam. Miym.[1]
[1] Hijo harflari haqida Baqara surasida batafsil to`xtab o`tilgan.)
2
ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْحَىُّ ٱلْقَيُّومُ٢
Sodiq
Alloh — Undan o`zga iloh yo`q. U tirik va qayyum Zotdir.[1]
[1] Ushbu oyati karima tavhidni, Allohning yagonaligini xolis bayon qiladi. Alloh doim tirikdir, o`lmaydi. U qayyum — bandalari ishlarining tadbirida doimo qoim turuvchidir.)
3
نَزَّلَ عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ وَأَنزَلَ ٱلتَّوْرَىٰةَ وَٱلْإِنجِيلَ٣
Sodiq
U senga kitobni haq ila o`zidan avvalgi narsani tasdiqlovchi qilib tushirdi hamda Tavrot va Injilni tushirdi.
4
مِن قَبْلُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَأَنزَلَ ٱلْفُرْقَانَ ۗ إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ ذُو ٱنتِقَامٍ٤
Sodiq
Undan oldin odamlarga hidoyat qilib. Va Furqonni ham tushirdi. Allohning oyatlariga kufr keltirganlarga shiddatli azob bor. Alloh Aziyz va intiqom oluvchi Zotdir.[1]
[1] Demak, Muhammad alayhissalomga tushgan kitobni ham Allohning O`zi tushirgan, kitoblarning tushishi bashariyat uchun yangilik emas, Qur'on ham avvalgi tushgan ilohiy kitoblarning davomi.)
5
إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَخْفَىٰ عَلَيْهِ شَىْءٌ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِى ٱلسَّمَآءِ٥
Sodiq
Albatta, Alloh Unga yerda ham, osmonda ham hech narsa maxfiy qolmaydigan Zotdir.
6
هُوَ ٱلَّذِى يُصَوِّرُكُمْ فِى ٱلْأَرْحَامِ كَيْفَ يَشَآءُ ۚ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ٦
Sodiq
U sizlarni bachadonlarda xohlagan suvratga soladigan Zotdir. Undan o`zga iloh yo`q. U Aziyz va Hakiym Zotdir.
7
هُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ مِنْهُ ءَايَٰتٌ مُّحْكَمَٰتٌ هُنَّ أُمُّ ٱلْكِتَٰبِ وَأُخَرُ مُتَشَٰبِهَٰتٌ ۖ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِمْ زَيْغٌ فَيَتَّبِعُونَ مَا تَشَٰبَهَ مِنْهُ ٱبْتِغَآءَ ٱلْفِتْنَةِ وَٱبْتِغَآءَ تَأْوِيلِهِۦ ۗ وَمَا يَعْلَمُ تَأْوِيلَهُۥٓ إِلَّا ٱللَّهُ ۗ وَٱلرَّٰسِخُونَ فِى ٱلْعِلْمِ يَقُولُونَ ءَامَنَّا بِهِۦ كُلٌّ مِّنْ عِندِ رَبِّنَا ۗ وَمَا يَذَّكَّرُ إِلَّآ أُوْلُواْ ٱلْأَلْبَٰبِ٧
Sodiq
U senga kitobni tushirgan Zotdir. Unda muhkam — oydin oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih oyatlar ham bor. Qalblarida hidoyatdan og`ish borlar fitna maqsadida va uni ta'viyl qilish maqsadida undan mutashobih bo`lganiga ergashadir. Uning ta'viylini Allohdan boshqa hech kim bilmas. Ilmda sobit bo`lganlar esa: Unga iymon keltirdik, barchasi Robbimiz huzuridandir, derlar. Va faqat aql egalarigina eslarlar.[1]
[1] «Muhkam» so`zi mahkam, ochiq-oydin, boshqa yoqqa burib bo`lmaydigan, degan ma'noni anglatadi. «Mutashobih» so`zi esa, o`xshash, birini biridan ajratish qiyin, bir necha ma'nolarni anglatadigan, degan ma'nolarni bildiradi. Qur'oni Karim oyatlari ham muhkam va mutashobihga bo`linadi.)
8
رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ إِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِن لَّدُنكَ رَحْمَةً ۚ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْوَهَّابُ٨
Sodiq
Ey Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan so`ng qalblarimizni og`dirmagin va bizga O`z huzuringdan rahmat ato qilgin. Albatta Sening O`zing ko`plab ato qiluvchisan.
Qur'oniy duolar
Oyat 3:8 9
رَبَّنَآ إِنَّكَ جَامِعُ ٱلنَّاسِ لِيَوْمٍ لَّا رَيْبَ فِيهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُخْلِفُ ٱلْمِيعَادَ٩
Sodiq
Ey Robbimiz, albatta, Sen odamlarni kelishiga shubha yo`q kunda yig`uvchisan. Albatta, Alloh va'daga xilof qilmas.
10
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَن تُغْنِىَ عَنْهُمْ أَمْوَٰلُهُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُهُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمْ وَقُودُ ٱلنَّارِ١٠
Sodiq
Albatta, kufr keltirganlarning mollari ham, bolalari ham ulardan Allohning azobini qaytara olmas. Ana o`shalar, o`zlari do`zaxning yoqilg`isidirlar.
11
كَدَأْبِ ءَالِ فِرْعَوْنَ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ ۗ وَٱللَّهُ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ١١
Sodiq
Fir'avn ahlining va ulardan oldingilarning holiga o`xshar. Ular oyatlarimizni yolg`onga chiqardilar. Bas, gunohlari tufayli Alloh ularni tutdi. Va Alloh iqobi shiddatli Zotdir.
12
قُل لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ سَتُغْلَبُونَ وَتُحْشَرُونَ إِلَىٰ جَهَنَّمَ ۚ وَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ١٢
Sodiq
Kufr keltirganlarga: «Tezda mag`lub bo`lasizlar va jahannamga yig`ilasizlar, u qandoq ham yomon joy», deb ayt.[1]
[1] Kufrning oqibati ikki dunyoning mag`lubiyatidir. Ushbu oyatda Alloh taolo ularning bu dunyoda tezda mag`lub bo`lishlarining, oxiratda ham jahannamga to`planishlarining xabarini bermoqda.)
13
قَدْ كَانَ لَكُمْ ءَايَةٌ فِى فِئَتَيْنِ ٱلْتَقَتَا ۖ فِئَةٌ تُقَٰتِلُ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَأُخْرَىٰ كَافِرَةٌ يَرَوْنَهُم مِّثْلَيْهِمْ رَأْىَ ٱلْعَيْنِ ۚ وَٱللَّهُ يُؤَيِّدُ بِنَصْرِهِۦ مَن يَشَآءُ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَعِبْرَةً لِّأُوْلِى ٱلْأَبْصَٰرِ١٣
Sodiq
«Sizga to`qnashgan ikki firqada ibrat bor edi. Bir firqa Allohning yo`lida urishadir. Boshqasi kofirdir. Ular o`z ko`zlari bilan (dushman) o`zlariga ikki barobarligini ko`rib turardilar. Va Alloh kimni xohlasa, o`shani O`z nusrati ila qo`llaydir. Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordir», deb ayt.[1]
[1] Ma'lumki, Badr urushida mushriklarning soni musulmonlarning adadidan uch barobar ko`p edi. Shunga qaramay, Alloh taoloning nusrati bilan musulmonlar g`olib keldilar.)
14
زُيِّنَ لِلنَّاسِ حُبُّ ٱلشَّهَوَٰتِ مِنَ ٱلنِّسَآءِ وَٱلْبَنِينَ وَٱلْقَنَٰطِيرِ ٱلْمُقَنطَرَةِ مِنَ ٱلذَّهَبِ وَٱلْفِضَّةِ وَٱلْخَيْلِ ٱلْمُسَوَّمَةِ وَٱلْأَنْعَٰمِ وَٱلْحَرْثِ ۗ ذَٰلِكَ مَتَٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَٱللَّهُ عِندَهُۥ حُسْنُ ٱلْمَـَٔابِ١٤
Sodiq
Odamlarga ayollardan, bolalardan, to`p-to`p tillo va kumushdan, go`zal otlardan, chorvadan, ekin-tikindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi. Ular dunyo hayotining matohidir. Allohning huzurida esa, husnli qaytar joy bor.[1]
[1] «Shahvat» so`zi urfda jinsiy ma'noda ishlatib kelinadi. Aslida esa, shahvat «ishtaha» so`zidan olingan bo`lib, ko`ngil tusashi, xohlashiga aytiladi. Ushbu oyati karimada odamlarning ko`ngliga muhabbati ziynatlangan, ishtahalari doim tortib turadigan narsalar haqida so`z ketmoqda.)
15
۞قُلْ أَؤُنَبِّئُكُم بِخَيْرٍ مِّن ذَٰلِكُمْ ۚ لِلَّذِينَ ٱتَّقَوْاْ عِندَ رَبِّهِمْ جَنَّٰتٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا وَأَزْوَٰجٌ مُّطَهَّرَةٌ وَرِضْوَٰنٌ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ بَصِيرُۢ بِٱلْعِبَادِ١٥
Sodiq
Sen: «O`sha narsalaringizdan yaxshirog`ining xabarini beraymi?! Taqvo qilganlarga Robbilari huzurida ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Unda abadiy qolurlar. Pokiza juftlar va Alloh tomonidan rozilik bor. Va Alloh bandalarni ko`rib turuvchidir», deb ayt.[1]
[1] Hamma bu dunyoning matohiga o`zini uradi. O`shani deb ko`plar gunohga botadi, dindan chiqadi. Holbuki, bu narsalar shuncha urinishga arzimaydigan narsalardir. Besh kunlik dunyoning o`tkinchi orzu-havasi, xolos. Lekin boshqa tarafda undan yaxshi, abadiy ne'matlar bor. Alloh taolo ushbu oyatda Payg`ambarimiz alayhissalomga xitoban «O`sha narsalaringizdan yaxshirog`ining xabarini beraymi?! deb ayt», deb buyurmoqda. Oxirat ne'matlari bu dunyo matohidan naqadar ustun ekanligi shak-shubhasiz haqiqatdir. Ammo oxirat ne'matlarining yana bir o`ziga xos imtiyozi bor. U ham bo`lsa, ularning taqvodor bandalarga xosligidir, boshqalarga nasib qilmaydi.)
16
ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ إِنَّنَآ ءَامَنَّا فَٱغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَقِنَا عَذَابَ ٱلنَّارِ١٦
Sodiq
Ular: «Robbimiz, albatta, biz iymon keltirdik, bizning gunohlarimizni mag`firat qilgin va do`zax azobidan saqlagin», deydiganlardir.
Qur'oniy duolar
Oyat 3:16 17
ٱلصَّٰبِرِينَ وَٱلصَّٰدِقِينَ وَٱلْقَٰنِتِينَ وَٱلْمُنفِقِينَ وَٱلْمُسْتَغْفِرِينَ بِٱلْأَسْحَارِ١٧
Sodiq
Sabr qiluvchilar, sodiqlar, doimiy toat qiluvchilar, nafaqa qiluvchilar va saharda istig`for aytuvchilardir.
18
شَهِدَ ٱللَّهُ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ وَأُوْلُواْ ٱلْعِلْمِ قَآئِمًۢا بِٱلْقِسْطِ ۚ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ١٨
Sodiq
Alloh adolat ila turib, albatta, Undan o`zga iloh yo`qligiga shohidlik berdi. Farishtalar va ilm egalari ham. Undan o`zga iloh yo`q. U aziyz va hakiym Zotdir.
19
إِنَّ ٱلدِّينَ عِندَ ٱللَّهِ ٱلْإِسْلَٰمُ ۗ وَمَا ٱخْتَلَفَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلْعِلْمُ بَغْيًۢا بَيْنَهُمْ ۗ وَمَن يَكْفُرْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَإِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ١٩
Sodiq
Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob berilganlar faqat ularga ilm kelgandan so`ng, o`zaro hasad qilishibgina ixtilof qildilar. Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, albatta, Alloh hisobni tezda qiluvchidir.[1]
[1] Allohning huzurida Islomdan boshqa din yo`q. Yahudiy, nasroniy, buddiy yoki yana boshqa har xil dinlar Allohning huzurida e'tiborini yo`qotgan dinlardir. Ularga e'tiqod va amal qilganlar behuda yuribdilar hisob. Dunyoda Alloh yagona bo`lganidan keyin, aqida ham yagona bo`lishi kerak. U Islom aqidasidir. Ahli kitobning kelishmovchiligi ilmsizlikdan, johillikdan emas. Ularga Alloh tomonidan ilm kelgan edi. Ular Allohning yagonaligini, ibodatga sazovorlikda ham yagonaligini, bandalarning vazifasi nimadan iborat ekanligini yaxshi bilar edilar. Bilib turib, ixtilof qildilar.)
20
فَإِنْ حَآجُّوكَ فَقُلْ أَسْلَمْتُ وَجْهِىَ لِلَّهِ وَمَنِ ٱتَّبَعَنِ ۗ وَقُل لِّلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْأُمِّيِّـۧنَ ءَأَسْلَمْتُمْ ۚ فَإِنْ أَسْلَمُواْ فَقَدِ ٱهْتَدَواْ ۖ وَّإِن تَوَلَّوْاْ فَإِنَّمَا عَلَيْكَ ٱلْبَلَٰغُ ۗ وَٱللَّهُ بَصِيرُۢ بِٱلْعِبَادِ٢٠
Sodiq
Agar sen bilan tortishsalar: «Men yuzimni Allohga taslim etdim va menga ergashganlar ham!« deb ayt. Va kitob berilganlarga va savodsizlarga: «Islomga kirdingizmi?» deb ayt. Agar Islomga kirsalar, bas, batahqiq, hidoyat topdilar. Agar yuz o`girsalar, sening zimmangda yetkazish, xolos. Alloh bandalarni ko`rib turuvchidir.[1]
[1] Yuz insonning eng oliy a'zosi hisoblanadi. Yuzni Allohga taslim qilish esa, o`sha yuzning egasi butun vujudini Allohga topshirganini bildiradi. Payg`ambar alayhissalomki o`zlariga ushbu yo`lni tanlabdilar, u kishiga ergashgan ummatlari ham albatta shu yo`lni tanlaydilar. Bundan boshqa gap bo`lishi mumkin emas.)
21
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَيَقْتُلُونَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ بِغَيْرِ حَقٍّ وَيَقْتُلُونَ ٱلَّذِينَ يَأْمُرُونَ بِٱلْقِسْطِ مِنَ ٱلنَّاسِ فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ٢١
Sodiq
Albatta, Allohning oyatlariga kufr keltiradiganlar, Payg`ambarlarni nohaqdan o`ldiradiganlar va odamlardan adolatga buyuradiganlarini o`ldiradiganlarga alamli azobning bashoratini ber.
22
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ حَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ وَمَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ٢٢
Sodiq
Ana o`shalar, amallari bu dunyo-yu oxiratda habata bo`lganlardir va ularga yordam beruvchilar yo`qdir.[1]
[1] Iymonlari yo`qligi, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari tufayli ba'zi qilgan yaxshi ishlari ham bekor ketadi. Ularga savob va najot keltirmaydi. Hamda boshlariga mushkul tushgan paytda yordamchilar yo`qdir.)
23
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ أُوتُواْ نَصِيبًا مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ يُدْعَوْنَ إِلَىٰ كِتَٰبِ ٱللَّهِ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ يَتَوَلَّىٰ فَرِيقٌ مِّنْهُمْ وَهُم مُّعْرِضُونَ٢٣
Sodiq
Kitobdan nasiba berilganlarga qaramaysanmi?! Oralarida hukm yuritish uchun Allohning kitobiga chaqirilganlarida ulardan bir guruhlari yuz o`girib ortga qaytarlar.[1]
[1] Ibn Is'hoq rivoyat qiladilarki, Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalom Baytul Midrosda bir guruh yahudiylarni Allohning diniga chaqirganlarida, ulardan Nu'mon ibn Amr va Hars ibn Zayd deganlari «Ey Muhammad, sen qaysi dindasan?» dedilar. U zot alayhissalom «Ibrohim millati va dinidaman», dedilar. Ular «Ibrohim yahudiy bo`lgan, deyishdi. Shunda Payg`ambar alayhissalom «Undoq bo`lsa, kelinglar, shu masalani Tavrotdan ko`raylik», deganlarida, ular bosh tortdilar.)
24
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُواْ لَن تَمَسَّنَا ٱلنَّارُ إِلَّآ أَيَّامًا مَّعْدُودَٰتٍ ۖ وَغَرَّهُمْ فِى دِينِهِم مَّا كَانُواْ يَفْتَرُونَ٢٤
Sodiq
Buning sababi — ularning: «Bizga sanoqli kunlardan boshqa hech o`t tegmas», deganlaridadir. To`qigan narsalari ularni dinlarida adashtirdi.
25
فَكَيْفَ إِذَا جَمَعْنَٰهُمْ لِيَوْمٍ لَّا رَيْبَ فِيهِ وَوُفِّيَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَّا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ٢٥
Sodiq
Unda, bo`lishida shubha yo`q kunda ularni jamlaganimizda va har bir jon zulm qilinmasdan, qilganiga yarasha jazosini olganda, hollari qanday bo`ladir?
26
قُلِ ٱللَّهُمَّ مَٰلِكَ ٱلْمُلْكِ تُؤْتِى ٱلْمُلْكَ مَن تَشَآءُ وَتَنزِعُ ٱلْمُلْكَ مِمَّن تَشَآءُ وَتُعِزُّ مَن تَشَآءُ وَتُذِلُّ مَن تَشَآءُ ۖ بِيَدِكَ ٱلْخَيْرُ ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ٢٦
Sodiq
Sen: «Ey barcha mulkning egasi Robbim! Xohlagan kishingga mulk berursan va xohlagan kishingdan mulkni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sening qo`lingda. Albatta, Sen har bir narsaga qodirsan.
27
تُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَتُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ ۖ وَتُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَتُخْرِجُ ٱلْمَيِّتَ مِنَ ٱلْحَىِّ ۖ وَتَرْزُقُ مَن تَشَآءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ٢٧
Sodiq
Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan, o`likdan tirikni chiqarursan va tirikdan o`likni chiqarursan hamda xohlagan kishingga behisob rizq berursan», deb ayt.[1]
[1] Ko`rinib turibdiki, bu ikki oyatda juda ham ulkan ma'nolar o`z aksini topgan. Yagona Allohning faqat O`ziga xos kamolot sifatlari jamlangan. Shuning uchun ham ushbu ikki oyatni kundalik vird-vazifa sifatida o`qib yurish tavsiya qilinadi.)
28
لَّا يَتَّخِذِ ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلْكَٰفِرِينَ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۖ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَلَيْسَ مِنَ ٱللَّهِ فِى شَىْءٍ إِلَّآ أَن تَتَّقُواْ مِنْهُمْ تُقَىٰةً ۗ وَيُحَذِّرُكُمُ ٱللَّهُ نَفْسَهُۥ ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ ٱلْمَصِيرُ٢٨
Sodiq
Mo`minlar mo`minlarni qo`yib, kofirlarni do`st tutmasinlar. Kim buni qilsa, bas, unga Allohdan hech narsa yo`q. Magar ulardan saqlansangiz, Alloh sizlarni O`z(azob)idan ogoh qiladir. Va qaytib borish Allohning O`zigadir.[1]
[1] Islomda boshqa dindagilar bilan yaxshi aloqada bo`lishga ruxsat bor. Lekin do`st tutish, hamma narsani kofirga ishonib topshirib qo`yish mumkin emas. Faqat bir holatdagina, istisno tariqasida, yuzaki ravishda o`zini kofirga do`st qilib ko`rsatishi mumkin «Magar ulardan saqlansangiz». Bunday tasarrufni «taqiyya» deb ataladi. Taqiyya bilan jonni, molni va nomusni dushmanlardan saqlab qolishga harakat qilinadi.)
29
قُلْ إِن تُخْفُواْ مَا فِى صُدُورِكُمْ أَوْ تُبْدُوهُ يَعْلَمْهُ ٱللَّهُ ۗ وَيَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ٢٩
Sodiq
Sen: «Agar qalbingizdagi narsani maxfiy tutsangiz ham, oshkor qilsangiz ham Alloh biladir. Va osmonlardagiyu yerdagi narsalarni ham biladir. Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt.[1]
[1] Oyati karima Alloh taolo bandalarining barcha ishlaridan ochiq-oydin xabardor ekanligini shubhaga hech o`rin qo`ymaydigan darajada bayon qilmoqda. Kim maxfiy ravishda kofirlarni do`st tutsa ham, biladi. Bilganidan so`ng, albatta, uning jazosini beradi.)
30
يَوْمَ تَجِدُ كُلُّ نَفْسٍ مَّا عَمِلَتْ مِنْ خَيْرٍ مُّحْضَرًا وَمَا عَمِلَتْ مِن سُوٓءٍ تَوَدُّ لَوْ أَنَّ بَيْنَهَا وَبَيْنَهُۥٓ أَمَدًۢا بَعِيدًا ۗ وَيُحَذِّرُكُمُ ٱللَّهُ نَفْسَهُۥ ۗ وَٱللَّهُ رَءُوفُۢ بِٱلْعِبَادِ٣٠
Sodiq
Har bir jon qilgan yaxshi amalini hozir topadigan va yomon amalining uzoq masofada bo`lishini istaydigan kunda. Alloh sizlarni O`z(azob)idan ogoh qiladir. Alloh bandalariga mehribon Zotdir.[1]
[1] U kunda har bir jonning yaxshiligiyu yomonligi oxirigacha sarhisob qilinadi. Agar bandaning bu dunyodagi amallari yaxshi bo`lsa, xursandchilikka, baxtga, saodatga erishadi. Yomon bo`lsa, qani endi ushbu yomon amallar olis-olislarda bo`lsa edi, menga yaqin bo`lmasa edi, deb orzu qiladi.)
31
قُلْ إِن كُنتُمْ تُحِبُّونَ ٱللَّهَ فَٱتَّبِعُونِى يُحْبِبْكُمُ ٱللَّهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ٣١
Sodiq
Sen: «Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladir va sizlarning gunohlaringizni mag`firat qiladir», deb ayt. Alloh G`afur va Rohiymdir.
32
قُلْ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَ ۖ فَإِن تَوَلَّوْاْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْكَٰفِرِينَ٣٢
Sodiq
Allohga va Rasulga itoat qiling. Bas, agar ortga qaytsangiz, Alloh, albatta, kofirlarga muhabbat qilmas.
33
۞إِنَّ ٱللَّهَ ٱصْطَفَىٰٓ ءَادَمَ وَنُوحًا وَءَالَ إِبْرَٰهِيمَ وَءَالَ عِمْرَٰنَ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ٣٣
Sodiq
Albatta, Alloh Odamni, Nuhni, Oli Ibrohimni, Oli Imronni olamlar ustidan tanlab oldi.
34
ذُرِّيَّةًۢ بَعْضُهَا مِنۢ بَعْضٍ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ٣٤
Sodiq
Ba'zilari ba'zilariga zurriyotdir. Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.[1]
[1] Ushbu oyatda Alloh taolo Odam va Nuh alayhissalomlarning yolg`iz o`zlarini Ibrohim va Imron alayhissalomlarni esa, sulolalarini ham qo`shib zikr qildi. Nega? Chunki Odam va Nuh alayhissalomlar yolg`iz o`zlari payg`ambar bo`lganlar. Ibrohim va Imron alayhissalomlar zurriyotlaridan bevosita payg`ambarlar sulolasi tarqalgan. Bu nasab yoki qarindoshlik asosidagi payg`ambarlik sulolasi emas, balki aqida asosidagi suloladir. Bu haqiqat Ibrohim alayhissalom Allohga iltijo qilib, zurriyotlaridan ham payg`ambar chiqarishini so`raganlarida bayon qilingan.)
35
إِذْ قَالَتِ ٱمْرَأَتُ عِمْرَٰنَ رَبِّ إِنِّى نَذَرْتُ لَكَ مَا فِى بَطْنِى مُحَرَّرًا فَتَقَبَّلْ مِنِّىٓ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ٣٥
Sodiq
Imronning xotini: «Ey Robbim! Albatta, men qornimdagini O`zingga xolis nazr qildim. Bas, mendan qabul et. Albatta, Sening O`zing eshituvchi, biluvchi zotsan», deganini esla!
36
فَلَمَّا وَضَعَتْهَا قَالَتْ رَبِّ إِنِّى وَضَعْتُهَآ أُنثَىٰ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا وَضَعَتْ وَلَيْسَ ٱلذَّكَرُ كَٱلْأُنثَىٰ ۖ وَإِنِّى سَمَّيْتُهَا مَرْيَمَ وَإِنِّىٓ أُعِيذُهَا بِكَ وَذُرِّيَّتَهَا مِنَ ٱلشَّيْطَٰنِ ٱلرَّجِيمِ٣٦
Sodiq
Uni (Maryamni) tuqqan chog`ida: «Ey Robbim, men buni qiz tug`dim-ku!!» – dedi. Holbuki, Alloh u nima tuqqanini yaxshi biladi. «Va o`g`il qizdek emas. Va men unga «Maryam» deb nom qo`ydim va albatta, men Sendan unga va uning zurriyotiga shaytonir rojim sharridan panoh tilarman.»
37
فَتَقَبَّلَهَا رَبُّهَا بِقَبُولٍ حَسَنٍ وَأَنۢبَتَهَا نَبَاتًا حَسَنًا وَكَفَّلَهَا زَكَرِيَّا ۖ كُلَّمَا دَخَلَ عَلَيْهَا زَكَرِيَّا ٱلْمِحْرَابَ وَجَدَ عِندَهَا رِزْقًا ۖ قَالَ يَٰمَرْيَمُ أَنَّىٰ لَكِ هَٰذَا ۖ قَالَتْ هُوَ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ يَرْزُقُ مَن يَشَآءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ٣٧
Sodiq
Bas, uni Robbi juda yaxshi qabul qilib, nihoyatda go`zal o`stirdi va Zakariyoni unga kafil qildi. Zakariyo har qachon uning oldiga, mehrobga kirganida, uning huzurida rizq ko`rdi. U: «Ey Maryam, senga bu qayerdan», – dedi. «Bu, Allohning huzuridan. Albatta, Alloh xohlagan kishisiga behisob rizq berur», – dedi.[1]
[1] Shunday qilib, Maryam alohida e'tibor ostida muborak bo`lib o`sa bordi. Alloh unga O`zi inoyat ko`rsatib turdi. Zakariyo alayhissalom Maryamning kafili sifatida, tabiiyki, uning oziq-ovqati, rizqidan doimo xabardor bo`lib turishi lozim. Lekin ibodatxona mehrobida ibodat bilan mashg`ul bo`lib turgan Maryamning oldiga qachon kirsa, uning huzurida rizq turar edi.)
38
هُنَالِكَ دَعَا زَكَرِيَّا رَبَّهُۥ ۖ قَالَ رَبِّ هَبْ لِى مِن لَّدُنكَ ذُرِّيَّةً طَيِّبَةً ۖ إِنَّكَ سَمِيعُ ٱلدُّعَآءِ٣٨
Sodiq
Shu chog`da Zakariyo Robbiga duo qilib: «Ey Robbim, menga O`z huzuringdan yaxshi zurriyot bergin. Albatta, Sen duoni eshituvchisan», – dedi.
Qur'oniy duolar
Oyat 3:38 39
فَنَادَتْهُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ وَهُوَ قَآئِمٌ يُصَلِّى فِى ٱلْمِحْرَابِ أَنَّ ٱللَّهَ يُبَشِّرُكَ بِيَحْيَىٰ مُصَدِّقًۢا بِكَلِمَةٍ مِّنَ ٱللَّهِ وَسَيِّدًا وَحَصُورًا وَنَبِيًّا مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ٣٩
Sodiq
Mehrobda namoz o`qib turganida, farishtalar unga: «Albatta, Alloh senga Allohdan bo`lgan kalimani tasdiqlovchi, boshliq, shahvati tiyilgan, solih Payg`ambarlardan bo`lgan Yahyoning bashoratini bermoqda», – dedilar.[1]
[1] Zakariyo alayhissalomning chin dildan qilgan duolari qabul bo`ldi. Allohning farishtalari kelib u kishiga suyunchilik xabarini yetkazdilar. Alloh Zakariyo alayhissalomga o`g`il farzand berishni iroda qildi.)
40
قَالَ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِى غُلَٰمٌ وَقَدْ بَلَغَنِىَ ٱلْكِبَرُ وَٱمْرَأَتِى عَاقِرٌ ۖ قَالَ كَذَٰلِكَ ٱللَّهُ يَفْعَلُ مَا يَشَآءُ٤٠
Sodiq
U: «Ey Robbim, menga qandoq o`g`il bo`lsin?! O`zim ulug` yoshga kirgan bo`lsam, xotinim tug`mas bo`lsa?!» – dedi. U zot: «Shundoq, Alloh xohlaganini qiladir», – dedi.
41
قَالَ رَبِّ ٱجْعَل لِّىٓ ءَايَةً ۖ قَالَ ءَايَتُكَ أَلَّا تُكَلِّمَ ٱلنَّاسَ ثَلَٰثَةَ أَيَّامٍ إِلَّا رَمْزًا ۗ وَٱذْكُر رَّبَّكَ كَثِيرًا وَسَبِّحْ بِٱلْعَشِىِّ وَٱلْإِبْكَٰرِ٤١
Sodiq
U: «Ey Robbim, menga bir belgi tayinla», – dedi. U zot: «Sening belging — uch kun odamlarga faqat ishora bilan gapirishingdir. Robbingni ko`p esla va ertayu kech tasbih ayt!» – dedi.
42
وَإِذْ قَالَتِ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَٰمَرْيَمُ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصْطَفَىٰكِ وَطَهَّرَكِ وَٱصْطَفَىٰكِ عَلَىٰ نِسَآءِ ٱلْعَٰلَمِينَ٤٢
Sodiq
Farishtalarning: «Ey Maryam, albatta, Alloh seni tanlab oldi, pokladi va olamdagi ayollardan ustunligingni ixtiyor qildi.
43
يَٰمَرْيَمُ ٱقْنُتِى لِرَبِّكِ وَٱسْجُدِى وَٱرْكَعِى مَعَ ٱلرَّٰكِعِينَ٤٣
Sodiq
Ey Maryam, Robbingning ibodatida bardavom bo`l, Unga sajda qil va ruku' qiluvchilar bilan ruku' qil», deganlarini esla.[1]
[1] Bu yerda, Maryamni Alloh tanlab olganini, boshqalar kabi oddiy emasliklarini bayon etilmoqda. Shu bilan birga, u kishining, nasorolar da'vo qilayotganidek, «ona xudo» yoki «xudoning xotini» ham emasliklarini bilvosita ta'kidlamoqda.)
44
ذَٰلِكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْغَيْبِ نُوحِيهِ إِلَيْكَ ۚ وَمَا كُنتَ لَدَيْهِمْ إِذْ يُلْقُونَ أَقْلَٰمَهُمْ أَيُّهُمْ يَكْفُلُ مَرْيَمَ وَمَا كُنتَ لَدَيْهِمْ إِذْ يَخْتَصِمُونَ٤٤
Sodiq
Bu g`ayb xabarlardan bo`lib, senga vahiy qilmoqdamiz. Ular qaysilari Maryamning kafili bo`lishiga qalamlarini tashlashayotganlarida oldilarida emasding va tortishayotganlarida ham oldilarida emasding.[1]
[1] Bibi Maryamning onalarining ismi Hinna edi. U kishi Maryamni tuqqanlaridan keyin, va'dasiga vafo aylab, yangi yo`rgaklangan chaqaloqni yahudiylarning «Haykal» ibodatxonasiga olib kelib, u yerdagi diniy xodimlarning oldiga qo`yibdi va «Bu nazr qilingan qizni olinglar», debdi. Shunda ular, men olaman-men olaman, deb talashib ketibdilar. Chunki qizcha boshliqlari hazrati Imronning qizi edi-da. Ular qalamlarini qur'a sifatida daryoga tashlab, kafilni aniqlashibdi. Albatta bu ishlar Muhammad alayhissalomga qorong`i, g`ayb ishlar edi. Bu ma'lumotni faqat Qur'on keltirgan xabardan bilmoqdalar.)
45
إِذْ قَالَتِ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَٰمَرْيَمُ إِنَّ ٱللَّهَ يُبَشِّرُكِ بِكَلِمَةٍ مِّنْهُ ٱسْمُهُ ٱلْمَسِيحُ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ وَجِيهًا فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ وَمِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ٤٥
Sodiq
Farishtalar: «Ey Maryam, albatta, Alloh senga O`zidan bo`lgan so`zning bashoratini bermoqda, uning ismi Masiyh Iyso ibn Maryam, bu dunyoyu oxiratda obro`li va yaqin bandalardandir.[1]
[1] Oyatda kelgan «so`z»dan murod Iyso alayhissalomdir. «So`z» arabchada kalima deyiladi. Iyso alayhissalomning bir nomlari «Kalimatulloh»dir. Chunki u kishining dunyoga kelishigi Allohning «Bo`l» degan so`zi, kalimasi sabab bo`lgan.)
46
وَيُكَلِّمُ ٱلنَّاسَ فِى ٱلْمَهْدِ وَكَهْلًا وَمِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ٤٦
Sodiq
U odamlarga beshikda ham, qarigan chog`ida ham gapiradi va solihlardandir», deganlarini esla.[1]
[1] Odatda qiz bola o`zidan o`zi homilador bo`lmaydi. Lekin Alloh taolo Maryamga uning homilador bo`lib, Allohning kalimasi tufayli Masih Iyso ibn Maryam degan farzand ko`rishini farishtalar orqali bildirmoqda. Shu bilan birga, uning boshqa sifatlarini ham sanab o`tmoqda.)
47
قَالَتْ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِى وَلَدٌ وَلَمْ يَمْسَسْنِى بَشَرٌ ۖ قَالَ كَذَٰلِكِ ٱللَّهُ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ إِذَا قَضَىٰٓ أَمْرًا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ٤٧
Sodiq
U: «Ey Robbim, menga bashar qo`l tekkizmagan bo`lsa, qanday qilib bolam bo`ladi?!» – dedi. U zot: «Shunday, Alloh xohlaganini qiladi. Bir ishni iroda qilsa, «Bo`l!» deyishi kifoya, bo`laveradi», – dedi.
48
وَيُعَلِّمُهُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَٱلتَّوْرَىٰةَ وَٱلْإِنجِيلَ٤٨
Sodiq
Va unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni o`rgatadi.[1]
[1] Alloh Maryamning bo`lajak Masih Iyso ibn Maryam deb nomlangan o`g`liga hikmat, Tavrot va Injilni ham o`rgatishi xabar qilinmoqda.)
49
وَرَسُولًا إِلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ أَنِّى قَدْ جِئْتُكُم بِـَٔايَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ ۖ أَنِّىٓ أَخْلُقُ لَكُم مِّنَ ٱلطِّينِ كَهَيْـَٔةِ ٱلطَّيْرِ فَأَنفُخُ فِيهِ فَيَكُونُ طَيْرًۢا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۖ وَأُبْرِئُ ٱلْأَكْمَهَ وَٱلْأَبْرَصَ وَأُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۖ وَأُنَبِّئُكُم بِمَا تَأْكُلُونَ وَمَا تَدَّخِرُونَ فِى بُيُوتِكُمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ٤٩
Sodiq
Va Bani Isroilga Payg`ambar qiladi. U: «Albatta, men sizga Robbingizdan mo`'jiza keltirdim, men sizlarga loydan qushga o`xshash suvrat yasayman, unga puflasam, Allohning izni bilan qush bo`ladi. Alloh izni bilan tug`ma ko`r va peslarni tuzataman va o`likni tiriltiraman. Sizlarga nimani yemoqdasizu, nimani uyingizda saqlayapsiz — xabarini beraman. Agar mo`min bo`lsangiz, albatta, bunda sizga belgi bordir», deydi.
50
وَمُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَىَّ مِنَ ٱلتَّوْرَىٰةِ وَلِأُحِلَّ لَكُم بَعْضَ ٱلَّذِى حُرِّمَ عَلَيْكُمْ ۚ وَجِئْتُكُم بِـَٔايَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ٥٠
Sodiq
Va o`zimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi bo`lib, sizga harom qilinganning ba'zisini halol qilish uchun keldim. Sizga Robbingizdan mo`'jiza bilan keldim. Allohga taqvo qiling va menga itoat eting.
51
إِنَّ ٱللَّهَ رَبِّى وَرَبُّكُمْ فَٱعْبُدُوهُ ۗ هَٰذَا صِرَٰطٌ مُّسْتَقِيمٌ٥١
Sodiq
Albatta, Alloh mening Robbim va sizning Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Bu — sirotul mustaqiymdir», deydir.[1]
[1] Iyso alayhissalomning «... o`zimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi bo`lib...» deganlaridan, yana bir bor, u kishining Bani Isroilga payg`ambar bo`lib, Muso alayhissalom shariatiga amal qilib kelganlari bilinmoqda.)
52
۞فَلَمَّآ أَحَسَّ عِيسَىٰ مِنْهُمُ ٱلْكُفْرَ قَالَ مَنْ أَنصَارِىٓ إِلَى ٱللَّهِ ۖ قَالَ ٱلْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنصَارُ ٱللَّهِ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَٱشْهَدْ بِأَنَّا مُسْلِمُونَ٥٢
Sodiq
Iyso ulardan kofirlikni sezib qolganda: «Kimlar Alloh yo`lida menga yordamchi bo`ladi?!» – dedi. Havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz, Allohga iymon keltirdik va bizning musulmonligimizga guvoh bo`l», – dedilar.[1]
[1] «Havoriy» degani xolis, yaqin, ishonchli do`st deganidir. Iyso alayhissalomning ham shunday kishilari bor edi. Ular Payg`ambarning da'vatlariga darhol labbay deb javob berdilar. Allohning dini yo`lida yordamchi bo`lishga tayyor ekanliklarini e'lon qilishlari bilan birga, Allohga keltirgan iymonlarini ham zikr qilmoqdalar. Chunki iymon eng asosiy narsa hisoblanadi. Havoriylar yana Iyso alayhissalomdan o`zlarining musulmonliklariga guvoh bo`lishlarini ham so`rashmoqda. Ya'ni, Allohning amriga bo`ysunganliklari, Allohning diniga va Payg`ambariga yordam berganliklariga guvoh bo`lishni so`rashmoqda.)
53
رَبَّنَآ ءَامَنَّا بِمَآ أَنزَلْتَ وَٱتَّبَعْنَا ٱلرَّسُولَ فَٱكْتُبْنَا مَعَ ٱلشَّٰهِدِينَ٥٣
Sodiq
«Ey Robbimiz! Sen tushirgan narsaga iymon keltirdik va Payg`ambarga ergashdik. Bas, bizni guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin».
Qur'oniy duolar
Oyat 3:53 54
وَمَكَرُواْ وَمَكَرَ ٱللَّهُ ۖ وَٱللَّهُ خَيْرُ ٱلْمَٰكِرِينَ٥٤
Sodiq
Makr qildilar. Alloh ham makr qildi. Alloh makr qiluvchilarning «zo`ri»dir.[1]
[1] Bani Isroil Iyso alayhissalomni xochga osishni va o`ldirishni xohlab, qo`llaridan kelgan makr-hiylalarni qildilar. Alloh esa u kishini qutqarishni va O`ziga ko`tarishni iroda qildi. Allohning tadbiri amalga oshdi. Makkor yahudiylarning hiylasi o`tmadi.)
55
إِذْ قَالَ ٱللَّهُ يَٰعِيسَىٰٓ إِنِّى مُتَوَفِّيكَ وَرَافِعُكَ إِلَىَّ وَمُطَهِّرُكَ مِنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَجَاعِلُ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوكَ فَوْقَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ ۖ ثُمَّ إِلَىَّ مَرْجِعُكُمْ فَأَحْكُمُ بَيْنَكُمْ فِيمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ٥٥
Sodiq
Alloh: «Ey Iyso, men seni vafot qildiruvchi va O`zimga ko`taruvchiman hamda kufr keltirganlardan seni poklovchiman va qiyomat kunigacha senga ergashganlarni kufr keltirganlardan ustun qo`yuvchiman. So`ngra, qaytish joyingiz O`zimga, bas, ixtilof qilgan narsalaringiz bo`yicha orangizda O`zim hukm chiqarurman», deganini esla!
56
فَأَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فَأُعَذِّبُهُمْ عَذَابًا شَدِيدًا فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ وَمَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ٥٦
Sodiq
Bas, kufr keltirganlarni bu dunyoyu u dunyoda shiddatli azob ila azoblayman. Ularga yordam beruvchilar yo`qdir.
57
وَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَيُوَفِّيهِمْ أُجُورَهُمْ ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلظَّٰلِمِينَ٥٧
Sodiq
Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning ajrini to`liq beradi. Va Alloh zolimlarni xush ko`rmas.
58
ذَٰلِكَ نَتْلُوهُ عَلَيْكَ مِنَ ٱلْـَٔايَٰتِ وَٱلذِّكْرِ ٱلْحَكِيمِ٥٨
Sodiq
Bu, senga tilovat qilib berayotgan oyatlarimiz va hakim eslatmadandir.
59
إِنَّ مَثَلَ عِيسَىٰ عِندَ ٱللَّهِ كَمَثَلِ ءَادَمَ ۖ خَلَقَهُۥ مِن تُرَابٍ ثُمَّ قَالَ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ٥٩
Sodiq
Albatta, Allohning huzurida Iysoning misoli xuddi Odamning misoliga o`xshaydir. Uni tuproqdan yaratib, so`ngra unga «Bo`l!» dedi, bas, (u) bo`ldi.[1]
[1] Ahli kitoblar Odam alayhissalomning tuproqdan yaratilganini, Allohning puflashi oqibatida jon kirganini yaxshi bilishadi. Bu haqda hech qanday ixtilof qilishmaydi. Yo`q yerdan Odam alayhissalomni yaratgan Zot Iyso alayhissalomni tirik yurgan Maryamdan otasiz holda yarata olmaydimi?! Allohning har bir narsaga qodir ekanligiga ishongan esi bor odam bo`lsa, albatta bunga iqror bo`ladi.)
60
ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَلَا تَكُن مِّنَ ٱلْمُمْتَرِينَ٦٠
Sodiq
Bu haqiqat Robbingdandir, bas, shak keltiruvchilardan bo`lma.
61
فَمَنْ حَآجَّكَ فِيهِ مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَكَ مِنَ ٱلْعِلْمِ فَقُلْ تَعَالَوْاْ نَدْعُ أَبْنَآءَنَا وَأَبْنَآءَكُمْ وَنِسَآءَنَا وَنِسَآءَكُمْ وَأَنفُسَنَا وَأَنفُسَكُمْ ثُمَّ نَبْتَهِلْ فَنَجْعَل لَّعْنَتَ ٱللَّهِ عَلَى ٱلْكَٰذِبِينَ٦١
Sodiq
Senga kelgan ilmdan keyin, kim sen bilan u haqida tortishsa, Sen: «Kelinglar, bizning bolalarimizni va sizning bolalaringizni, bizning ayollarimizni va sizning ayollaringizni, biz o`zimizni, siz o`zingizni chaqiramiz-da, so`ngra yolborib, yolg`onchilarga Allohning la'nati bo`lishini so`raymiz», deb aytgin.[1]
[1] Oli Imron surasining avvalidan to sakson nechanchi oyatigacha Payg`ambarimiz huzurlariga Najron nasorolari kelib, din haqida, Maryam va Iyso haqida tortishgan vaqtda nozil bo`lgan. Islomning haqligi ochiq-oydin bo`lib qolganda ham, raqib taraf qaysarlik bilan, o`zimniki to`g`ri, deb turib olgan. Shunda Alloh taolo Payg`ambar alayhissalomga ularni mubohalaga, ya'ni bolalar va ayollarni to`plab, o`zlari ham qo`shilib, ikki taraf ham «Shu masalada kim yolg`on gapirayotgan bo`lsa, o`shanga Allohning la'nati bo`lsin», deb duo qilishga chaqirishni buyurdi.)
62
إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ ٱلْقَصَصُ ٱلْحَقُّ ۚ وَمَا مِنْ إِلَٰهٍ إِلَّا ٱللَّهُ ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ٦٢
Sodiq
Albatta, bu o`zi haq qissadir. Allohdan o`zga hech bir iloh yo`q. Albatta, Alloh, Uning O`zi Aziyz va Hakiym Zotdir.[1]
[1] Ya'ni, Iyso haqida senga kelgan qissalar haqdir. Hech qanday shubhaga o`rin yo`q. Nasorolarning Iyso ham «xudo» deyishlari noto`g`ri. Allohdan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Allohning O`zi aziz, hammadan g`olib, birov Unga qarshi chiqa olmaydi. U hakim — har bir ishni o`z o`rnida, hikmat bilan qiladi.)
63
فَإِن تَوَلَّوْاْ فَإِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمُۢ بِٱلْمُفْسِدِينَ٦٣
Sodiq
Agar yuz o`girib ketsalar, bas, albatta, Alloh fasod qiluvchilarni biluvchidir.
64
قُلْ يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ تَعَالَوْاْ إِلَىٰ كَلِمَةٍ سَوَآءٍ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ أَلَّا نَعْبُدَ إِلَّا ٱللَّهَ وَلَا نُشْرِكَ بِهِۦ شَيْـًٔا وَلَا يَتَّخِذَ بَعْضُنَا بَعْضًا أَرْبَابًا مِّن دُونِ ٱللَّهِ ۚ فَإِن تَوَلَّوْاْ فَقُولُواْ ٱشْهَدُواْ بِأَنَّا مُسْلِمُونَ٦٤
Sodiq
Sen: «Ey, ahli kitoblar! Bizga ham, sizga ham barobar so`zga keling: Allohdan o`zgaga ibodat qilmaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qo`yib, ba'zimiz ba'zimizni Robb qilib olmaylik», degin. Bas, agar yuz o`girsalar: «Guvoh bo`linglar, biz, albatta, musulmonlarmiz», deb aytinglar.
65
يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لِمَ تُحَآجُّونَ فِىٓ إِبْرَٰهِيمَ وَمَآ أُنزِلَتِ ٱلتَّوْرَىٰةُ وَٱلْإِنجِيلُ إِلَّا مِنۢ بَعْدِهِۦٓ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ٦٥
Sodiq
Ey, ahli kitoblar, nimaga Ibrohim haqida talashasizlar. Holbuki, Tavrot ham, Injil ham undan keyin tushgan-ku! Aql yuritmaysizlarmi?!
66
هَٰٓأَنتُمْ هَٰٓؤُلَآءِ حَٰجَجْتُمْ فِيمَا لَكُم بِهِۦ عِلْمٌ فَلِمَ تُحَآجُّونَ فِيمَا لَيْسَ لَكُم بِهِۦ عِلْمٌ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ٦٦
Sodiq
Hoy sizlar, haligilar! O`zingiz bilgan narsada-ku talashdingiz, endi nimaga o`zingiz bilmagan narsada talashmoqdasiz?! Alloh biladir, siz esa bilmaysiz.[1]
[1] Payg`ambar alayhissalom bilan Iyso haqida, shuningdek, Tavrot va Injilda kelgan ba'zi masalalar haqida tortishishgan edi. Bu masalalarda ularning ozmi-ko`pmi ilmlari bor edi. Tortishib, o`z fikrini aytsa bo`lar edi. Ammo Tavrot va Injildan oldin o`tgan hodisalar, o`zlari bilmaydigan narsalar haqida tortishib nima qilardilar? Faqat, talashdi degan gap uchunmi? U narsalarni, xususan, Ibrohimning kimligini «Alloh biladi, siz esa bilmaysiz!».)
67
مَا كَانَ إِبْرَٰهِيمُ يَهُودِيًّا وَلَا نَصْرَانِيًّا وَلَٰكِن كَانَ حَنِيفًا مُّسْلِمًا وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ٦٧
Sodiq
Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bo`lmagan edi. Lekin u haq yo`ldan toymagan musulmon edi. Va mushriklardan ham bo`lmagan edi.
68
إِنَّ أَوْلَى ٱلنَّاسِ بِإِبْرَٰهِيمَ لَلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُ وَهَٰذَا ٱلنَّبِىُّ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ۗ وَٱللَّهُ وَلِىُّ ٱلْمُؤْمِنِينَ٦٨
Sodiq
Albatta, odamlarning Ibrohimga haqlirog`i unga ergashganlar, mana bu Payg`ambar va iymon keltirganlardir. Alloh mo`minlarning valiyidir.[1]
[1] Avvalo, «Albatta, odamlarning Ibrohimga haqlirog`i unga ergashganlar», ya'ni o`zlari hayot davrlarida u kishiga iymon keltirib, yo`lidan yurganlar va u kishi o`tganlaridan keyin ham ergashganlar. Yana keyin odamlarning Ibrohim alayhissalomga haqlirog`i Payg`ambar Muhammad sollallohu alayhi vassalam va u zotga iymon keltirgan mo`minlardir.)
69
وَدَّت طَّآئِفَةٌ مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ لَوْ يُضِلُّونَكُمْ وَمَا يُضِلُّونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ٦٩
Sodiq
Ahli kitoblardan bir toifalari sizni adashtirishni xohlarlar. Ular o`zlaridan boshqani adashtirmaslar va lekin sezmaslar.
70
يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لِمَ تَكْفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَأَنتُمْ تَشْهَدُونَ٧٠
Sodiq
Ey, ahli kitoblar, nimaga o`zingiz guvoh bo`lib turib, Allohning oyatlariga kufr keltirasizlar?!
71
يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لِمَ تَلْبِسُونَ ٱلْحَقَّ بِٱلْبَٰطِلِ وَتَكْتُمُونَ ٱلْحَقَّ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ٧١
Sodiq
Ey, ahli kitoblar, nimaga haqni botilga aralashtirasizlar va bilib turib haqni yashirasizlar?![1]
[1] Ahli kitoblar Islomning haqligini biladilar. Ularning ilohiy kitoblarida bu sobit bo`lgan. Lekin ular havoyu nafslariga uchib, kufr keltiradilar. Ko`rib-bilib turib, Islomdek haq narsani botilga aralashtiradilar va shu bilan Islomning haqiqatini berkitmoqchi, yo`qotib yubormoqchi bo`ladilar. Uzoq muddat mobaynida Alloh taoloning O`zi saqlagani uchun Qur'onga o`z botillarini qo`sha olmadilar, lekin boshqa hamma narsaga qo`shdilar va qo`shmoqdalar. Ular bu g`araz ila Islom tarixi, hadis, Qur'on tafsiri, kishilar siyrati kabi ilmlarga hiyla-nayrang orqali turli botillarni qo`shib keldilar. Hozirgi kunda ham turli ilmiy nomlar bilan o`sha qadim ishlarini qilmoqdalar. Alloh taolo mehribon, doimo ularning bu kirdikorlarini fosh etib, botillarini ajratib-chiqarib turadigan ulamolarni musulmon ummatiga berib turadi.)
72
وَقَالَت طَّآئِفَةٌ مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ ءَامِنُواْ بِٱلَّذِىٓ أُنزِلَ عَلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَجْهَ ٱلنَّهَارِ وَٱكْفُرُوٓاْ ءَاخِرَهُۥ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ٧٢
Sodiq
Ahli kitoblardan bir toifalari: «Iymon keltirganlarga tushgan narsaga kunning avvalida iymon keltiringlar va kunning oxirida kufr keltiringlar, shoyadki, qaytsalar.
73
وَلَا تُؤْمِنُوٓاْ إِلَّا لِمَن تَبِعَ دِينَكُمْ قُلْ إِنَّ ٱلْهُدَىٰ هُدَى ٱللَّهِ أَن يُؤْتَىٰٓ أَحَدٌ مِّثْلَ مَآ أُوتِيتُمْ أَوْ يُحَآجُّوكُمْ عِندَ رَبِّكُمْ ۗ قُلْ إِنَّ ٱلْفَضْلَ بِيَدِ ٱللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ٧٣
Sodiq
Va diningizga ergashganlardan boshqalarga ishonmanglar, toki birortaga sizga berilganga o`xshash narsa berilmasin yoki Robbingiz huzurida siz bilan hujjat talashmasin», derlar. Sen: «Albatta, haqiqiy hidoyat Allohning hidoyatidir», deb ayt. Sen: «Albatta fazl Allohning qo`lida — xohlagan kishisiga beradir. Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir.
74
يَخْتَصُّ بِرَحْمَتِهِۦ مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ٧٤
Sodiq
O`z rahmatini xohlagan kishisiga xos qiladir va Alloh ulug` fazl egasidir», deb ayt.[1]
[1] Bunday usul hozir ham davom etmoqda. Ahli kitob sanalgan yahudiy va nasroniylar haqida, ular bir narsani chuqur tushunmasa, amal qilmaydi, degan tushuncha keng tarqalgan. Shu bois ulardan birortasi Islomga kirsa, butun musulmon olami quvonchdan terisiga sig`may ketadi. Ular orasida Islomga xolis kirib, hidoyat topib ketayotganlari ko`p, lekin yuqorida bayon etilganidek, hiyla qilib, Islomga zarar yetkazish maqsadida kunning avvalida iymonga kelib, oxirida kufrga qaytayotganlari ham yo`q emas.)
75
۞وَمِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ مَنْ إِن تَأْمَنْهُ بِقِنطَارٍ يُؤَدِّهِۦٓ إِلَيْكَ وَمِنْهُم مَّنْ إِن تَأْمَنْهُ بِدِينَارٍ لَّا يُؤَدِّهِۦٓ إِلَيْكَ إِلَّا مَا دُمْتَ عَلَيْهِ قَآئِمًا ۗ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُواْ لَيْسَ عَلَيْنَا فِى ٱلْأُمِّيِّـۧنَ سَبِيلٌ وَيَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ وَهُمْ يَعْلَمُونَ٧٥
Sodiq
Ahli kitoblardan, agar hisobsiz molni omonat qo`ysang, uni senga ado qiladiganlari bor va bir dinorni omonat qo`ysang, ustida turib olmaguningcha, senga ado qilmaydiganlari ham bor. Bu ularning: omiylar uchun bizning ustimizga yo`l yo`q, deyishlaridandir. Ular bilib turib Alloh haqida yolg`on so`zlarlar.
76
بَلَىٰ مَنْ أَوْفَىٰ بِعَهْدِهِۦ وَٱتَّقَىٰ فَإِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُتَّقِينَ٧٦
Sodiq
Yo`q! Balki kim ahdiga vafo qilsa va taqvodor bo`lsa. Bas, Alloh taqvodorlarni xush ko`radi.
77
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَشْتَرُونَ بِعَهْدِ ٱللَّهِ وَأَيْمَٰنِهِمْ ثَمَنًا قَلِيلًا أُوْلَٰٓئِكَ لَا خَلَٰقَ لَهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ وَلَا يُكَلِّمُهُمُ ٱللَّهُ وَلَا يَنظُرُ إِلَيْهِمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وَلَا يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ٧٧
Sodiq
Allohning ahdini va o`z qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar, albatta, ana o`shalarga oxiratda nasiba yo`qdir, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmas, nazar solmas va poklamas. Ularga alamli azoblar bor.
78
وَإِنَّ مِنْهُمْ لَفَرِيقًا يَلْوُۥنَ أَلْسِنَتَهُم بِٱلْكِتَٰبِ لِتَحْسَبُوهُ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ وَمَا هُوَ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ وَيَقُولُونَ هُوَ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ وَمَا هُوَ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ وَيَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ وَهُمْ يَعْلَمُونَ٧٨
Sodiq
Ulardan bir guruhlari borki, sizlar kitobdan bo`lmagan narsani kitobdan deb o`ylashingiz uchun kitobni tillarini burib o`qirlar. Va: «U Allohning huzuridandir», derlar. Holbuki, u Allohning huzuridan emas. Ular bilib turib, Alloh haqida yolg`on so`zlarlar.
79
مَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُؤْتِيَهُ ٱللَّهُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحُكْمَ وَٱلنُّبُوَّةَ ثُمَّ يَقُولَ لِلنَّاسِ كُونُواْ عِبَادًا لِّى مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَٰكِن كُونُواْ رَبَّٰنِيِّـۧنَ بِمَا كُنتُمْ تُعَلِّمُونَ ٱلْكِتَٰبَ وَبِمَا كُنتُمْ تَدْرُسُونَ٧٩
Sodiq
Bir kishiga Alloh kitobni, hukmni va Payg`ambarlikni berganidan so`ng, u odamlarga: «Allohni ko`yib menga banda bo`linglar», deyishi aslo mumkin emas. Lekin odamlarga: «Kitobni o`rgatganingiz va o`zingiz o`rganganingiz asosida Robboniylar bo`ling», deydi.[1]
[1] Ma'lumki, nasorolar Alloh ularga yuborgan payg`ambar Iyso alayhissalomni «xudo» deb e'tiqod qilganlar va qiladilar. Ularga, nimaga Iysoni xudo deysizlar? deyilsa, o`zi aytgan, bizni ibodatini qilishimizga buyurgan, deyishadi. Ahli kitoblar bilan bo`lgan tortishuvlarda bu masala ham qo`zg`algan bo`lishi turgan gap. Bu maqomda haqiqat nimada ekanligini ushbu oyat bayon qilyapti.)
80
وَلَا يَأْمُرَكُمْ أَن تَتَّخِذُواْ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ وَٱلنَّبِيِّـۧنَ أَرْبَابًا ۗ أَيَأْمُرُكُم بِٱلْكُفْرِ بَعْدَ إِذْ أَنتُم مُّسْلِمُونَ٨٠
Sodiq
U sizlarni farishtalar va Payg`ambarlarni Robb qilib olishingizga buyurmas. U sizni musulmon bo`lganingizdan keyin kufrga buyurarmidi?!
81
وَإِذْ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَٰقَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ لَمَآ ءَاتَيْتُكُم مِّن كِتَٰبٍ وَحِكْمَةٍ ثُمَّ جَآءَكُمْ رَسُولٌ مُّصَدِّقٌ لِّمَا مَعَكُمْ لَتُؤْمِنُنَّ بِهِۦ وَلَتَنصُرُنَّهُۥ ۚ قَالَ ءَأَقْرَرْتُمْ وَأَخَذْتُمْ عَلَىٰ ذَٰلِكُمْ إِصْرِى ۖ قَالُوٓاْ أَقْرَرْنَا ۚ قَالَ فَٱشْهَدُواْ وَأَنَاْ مَعَكُم مِّنَ ٱلشَّٰهِدِينَ٨١
Sodiq
Alloh Payg`ambarlardan: «Sizlarga kitob va hikmat berganim uchun ketingizdan sizlardagi narsani tasdiqlovchi Payg`ambar kelganda, albatta unga iymon keltirasiz va yordam berasiz, — deb ahdu paymonlarini olib turib: — Iqror bo`ldingizmi? Bu haqda ishonchli ahdu paymonimni qabul qildingizmi?» deganini esla. Ular: «Iqror bo`ldik», – deyishdi. U: «Bas, guvoh bo`linglar, men ham guvoh bo`luvchilardanman», – dedi.[1]
[1] Ushbu oyati karimada ajoyib bir ko`rinish vasf etilmoqda hamma payg`ambarlar Alloh taoloning huzurida to`planishgan. Bu ulkan yig`ilishda Alloh subhonahu va taolo payg`ambarlarning o`zlarini guvoh qilib turib, o`zi ham bu guvohlikka qo`shilib turib, ulardan ishonchli, ta'kidlangan ahdu paymon olmoqda. Demak, payg`ambar alayhissalomlar o`z ummatlarini o`zlaridan keyin keladigan payg`ambarga iymon keltirish va unga yordam berish ruhida tarbiyalab kelishgan. Ularning barchalari bir silsilaning xalqlaridir.)
82
فَمَن تَوَلَّىٰ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ٨٢
Sodiq
Kim bundan keyin yuz o`girib ketsa, bas, ana o`shalar fosiqlardir.[1]
[1] Ha, Muhammad alayhissalomdan, Islom dinidan faqat fosiqlargina, Allohning toatidan chiqqanlargina yuz o`giradilar.)
83
أَفَغَيْرَ دِينِ ٱللَّهِ يَبْغُونَ وَلَهُۥٓ أَسْلَمَ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ طَوْعًا وَكَرْهًا وَإِلَيْهِ يُرْجَعُونَ٨٣
Sodiq
Allohning dinidan boshqani xohlaydilarmi?! Axir xohlasayu xohlamasa, osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Allohga bo`ysunib turibdi-ku!!! Hamda Unga qaytariladilarku!!![1]
[1] Allohning dini bitta. Hamma payg`ambarlar shu din bilan kelganlar. Bir-birlarini tasdiqlab, bir-birlariga yordam berib, Allohning diniga o`z davrlarida xizmat qilib kelganlar.)
84
قُلْ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَمَآ أُنزِلَ عَلَيْنَا وَمَآ أُنزِلَ عَلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْمَٰعِيلَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ وَٱلْأَسْبَاطِ وَمَآ أُوتِىَ مُوسَىٰ وَعِيسَىٰ وَٱلنَّبِيُّونَ مِن رَّبِّهِمْ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِّنْهُمْ وَنَحْنُ لَهُۥ مُسْلِمُونَ٨٤
Sodiq
Sen: «Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub va asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso, Iyso va boshqa Payg`ambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik, ulardan birortasini ajratmaymiz va biz Ungagina musulmonmiz!» deb ayt![1]
[1] «Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub va asbotlarga tushirilgan narsaga». Ya'ni, sahifa va vahiylarga iymon keltirdik. «Asbot» degani Ya'qub alayhissalomning avlodlari, deganidir.)
85
وَمَن يَبْتَغِ غَيْرَ ٱلْإِسْلَٰمِ دِينًا فَلَن يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ٨٥
Sodiq
Kim Islomdan boshqa dinni xohlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas va u oxiratda ziyon ko`rguvchilardan bo`lur.[1]
[1] Allohning huzurida maqbul bo`lgan yagona Islom dinining oxirgi va mukammal ko`rinishi Muhammad alayhissalomga yuborilgan haqiqiy Islom dinidir. Endi undan boshqa dinni istab, o`sha boshqa dinda yurganlardan u dinlari hargiz-hargiz qabul qilib yurilmaydi. Ular oxiratda ziyon ko`ruvchilar bo`ladi. Alloh ularni hidoyatga solmaydi, balki la'natlaydi.)
86
كَيْفَ يَهْدِى ٱللَّهُ قَوْمًا كَفَرُواْ بَعْدَ إِيمَٰنِهِمْ وَشَهِدُوٓاْ أَنَّ ٱلرَّسُولَ حَقٌّ وَجَآءَهُمُ ٱلْبَيِّنَٰتُ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ٨٦
Sodiq
Iymonidan, Payg`ambarning haqligiga guvohlik berganidan va ularga ochiq bayonotlar kelganidan keyin kufr ketgan qavmni Alloh qanday qilib, hidoyatga solsin. Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmas.
87
أُوْلَٰٓئِكَ جَزَآؤُهُمْ أَنَّ عَلَيْهِمْ لَعْنَةَ ٱللَّهِ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ٨٧
Sodiq
Ana o`shalarning jazosi ularga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la'nati bo`lishidir.[1]
[1] Bunday la'natga qolish katta badbaxtlik emasmi?! Bu dunyo-yu u dunyoning barcha-barchasidan bo`ladigan la'natni o`ziga qaratish — juda ham ulkan jazo! Darhaqiqat, Islomga kirish imkoni bo`lib turib kirmaganlar shunday jazoga loyiqdirlar.)
88
خَٰلِدِينَ فِيهَا لَا يُخَفَّفُ عَنْهُمُ ٱلْعَذَابُ وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ٨٨
Sodiq
Unda abadiy qolurlar. Ulardan azob yengillatilmas va ularga nazar ham solinmas.
89
إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُواْ مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ وَأَصْلَحُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ٨٩
Sodiq
Magar shundoq bo`lgandan keyin tavba qilib, yaxshi amallarni qilganlar bo`lsa, bas, Alloh mag`firat qiluvchi va rahimlidir.
90
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بَعْدَ إِيمَٰنِهِمْ ثُمَّ ٱزْدَادُواْ كُفْرًا لَّن تُقْبَلَ تَوْبَتُهُمْ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلضَّآلُّونَ٩٠
Sodiq
Albatta, iymonlaridan keyin kufr keltirib, so`ngra kufri ziyoda bo`lganlarning tavbasi hech-hech qabul qilinmas. Ana o`shalar adashganlardir.
91
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَمَاتُواْ وَهُمْ كُفَّارٌ فَلَن يُقْبَلَ مِنْ أَحَدِهِم مِّلْءُ ٱلْأَرْضِ ذَهَبًا وَلَوِ ٱفْتَدَىٰ بِهِۦٓ ۗ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ وَمَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ٩١
Sodiq
Albatta, kufr keltirib, kofir holida o`lganlarning birortasidan, agar yer yuzi to`la oltin fido qilsa ham, aslo qabul qilinmas. Ana o`shalarga alamli azob bor. Va ularga yordamchilar yo`q.[1]
[1] Imomi Buxoriy, Muslim va Ahmadlar Payg`ambar alayhissalomdan quyidagi hadisi sharifni rivoyat qilganlar «Qiyomat kuni do`zax ahllaridan biriga «Agarchi Yer yuzi to`la narsang bo`lganda, o`zingni qutqazishga fido qilarmiding?» deyiladi. U, ha, deydi. Shunda Alloh taolo unga «Men sendan undan ko`ra ozroq narsa so`ragan edim. Otang Odamning zohiridaligingda Menga hech narsani shirk keltirmasligingga ahd olgan edim. Sen bo`lsang, shirk keltirding», deydi». Vaqti o`tgandan keyin, har qancha sarflangan moldan foyda yo`q. Unday sarflashga hojat ham yo`q. Yaxshisi, molni Alloh taolo rozi bo`ladigan yo`lda sarflash kerak.)
92
لَن تَنَالُواْ ٱلْبِرَّ حَتَّىٰ تُنفِقُواْ مِمَّا تُحِبُّونَ ۚ وَمَا تُنفِقُواْ مِن شَىْءٍ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِهِۦ عَلِيمٌ٩٢
Sodiq
O`zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz. Nimani nafaqa qilganingizni Alloh biluvchidir.[1]
[1] Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi rivoyat qiladilarki, hazrati Umar «Ey Allohning Rasuli, mening Xaybardagi ulushimdan ko`ra yaxshiroq narsam yo`q. Nima qilishga buyurasiz?» dedilar. U zoti bobarakot «Aslini ushlab turginda, tushgan foydani sadaqa qilib tur», dedilar. Musulmonlar asrlar davomida Allohning roziligini tilab, yaxshi ko`rgan molu mulklarini nafaqa qilib kelganlar.)
93
۞ كُلُّ ٱلطَّعَامِ كَانَ حِلًّا لِّبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ إِلَّا مَا حَرَّمَ إِسْرَٰٓءِيلُ عَلَىٰ نَفْسِهِۦ مِن قَبْلِ أَن تُنَزَّلَ ٱلتَّوْرَىٰةُ ۗ قُلْ فَأْتُواْ بِٱلتَّوْرَىٰةِ فَٱتْلُوهَآ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ٩٣
Sodiq
Tavrot tushishidan oldin Isroil o`ziga harom qilgandan boshqa hamma taom Bani Isroilga halol edi. «Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, Tavrotni keltirib o`qinglar», deb ayt!
94
فَمَنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ٩٤
Sodiq
Shundan keyin ham, kimki Alloh haqida yolg`on to`qisa, bas, ana o`shalar zolimlardir.
95
قُلْ صَدَقَ ٱللَّهُ ۗ فَٱتَّبِعُواْ مِلَّةَ إِبْرَٰهِيمَ حَنِيفًا وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ٩٥
Sodiq
Alloh rost aytdi. Ibrohimning yo`ldan toymagan millatiga ergashing. U mushriklardan bo`lmagan edi.
96
إِنَّ أَوَّلَ بَيْتٍ وُضِعَ لِلنَّاسِ لَلَّذِى بِبَكَّةَ مُبَارَكًا وَهُدًى لِّلْعَٰلَمِينَ٩٦
Sodiq
Odamlarga muborak, olamlarga hidoyat qilib qo`yilgan birinchi uy Bakkadagi uydir.
97
فِيهِ ءَايَٰتُۢ بَيِّنَٰتٌ مَّقَامُ إِبْرَٰهِيمَ ۖ وَمَن دَخَلَهُۥ كَانَ ءَامِنًا ۗ وَلِلَّهِ عَلَى ٱلنَّاسِ حِجُّ ٱلْبَيْتِ مَنِ ٱسْتَطَاعَ إِلَيْهِ سَبِيلًا ۚ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَنِىٌّ عَنِ ٱلْعَٰلَمِينَ٩٧
Sodiq
Unda ochiq alomatlar va maqomi Ibrohim bor. Kim unga kirsa, tinch bo`ladir. Odamlardan yo`lini topganlariga Alloh uchun Baytni haj qilmoq burchdir. Kimki kufr keltirsa, Alloh olamlardan behojatdir.[1]
[1] Ushbu ikki oyatda Alloh taolo Baytullohning fazlini, qibla bo`lishga eng haqli joy shu yer ekanini bayon qilyapti. Namoz vaqtida u tomonga yuzlanishdan tashqari, imkon topganlar uni haj qilishi ham farz bo`lganini e'lon etyapti. «Bakka» — Makkai Mukarramaning ismlaridan biridir. «Bakka» so`zining lug`aviy ma'nosi, «taqillatib urmoq» bo`lib, Makkada har qanday mag`rurning ham bo`yni egiladi, shuning uchun uni «Bakka» ham deb ataladi.)
98
قُلْ يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لِمَ تَكْفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَٱللَّهُ شَهِيدٌ عَلَىٰ مَا تَعْمَلُونَ٩٨
Sodiq
Ey, ahli kitoblar, nega Allohning oyatlariga kufr keltirasizlar?! Holbuki, Alloh qilayotganlaringizga guvoh-ku.
99
قُلْ يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لِمَ تَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ مَنْ ءَامَنَ تَبْغُونَهَا عِوَجًا وَأَنتُمْ شُهَدَآءُ ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ٩٩
Sodiq
Ey, ahli kitoblar! Nega iymon keltirganlarni Allohning yo`lidan to`sib, qaytarasiz?! O`zingiz shohid bo`lib turib, u(yo`l)ning qing`ir bo`lishini xohlaysiz! Alloh qilayotgan ishlaringizdan g`ofil emasdir.
100
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن تُطِيعُواْ فَرِيقًا مِّنَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ يَرُدُّوكُم بَعْدَ إِيمَٰنِكُمْ كَٰفِرِينَ١٠٠
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Agar kitob berilganlar toifasiga itoat qilsangiz, iymoningizdan keyin sizni kofirlikka qaytaradir.[1]
[1] Alloh taolo bu ummatni botil, buzilgan dinlar va tuzumlarning zulmidan Islomning adolatiga chaqirish uchun, dunyoning torligidan oxiratning kengligiga chaqirish uchun yubordi. Shunday sifatlarga ega bo`lgan ummat qanday qilib yo`ldan adashgan ahli kitoblarga ergashishi mumkin?! Agar ahli kitoblarga ergashsalar, ulkan baxtu saodatdan ajrab, iymondan chiqib, yana kofirlikka qaytadilar.)
101
وَكَيْفَ تَكْفُرُونَ وَأَنتُمْ تُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتُ ٱللَّهِ وَفِيكُمْ رَسُولُهُۥ ۗ وَمَن يَعْتَصِم بِٱللَّهِ فَقَدْ هُدِىَ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ١٠١
Sodiq
Allohning oyatlari sizga tilovat qilinib turgan bo`lsa-yu, Uning Rasuli ichingizda bo`lsa-yu, qanday qilib kufr keltirasiz?! Kim Allohni mahkam tutsa, shubhasiz, to`g`ri yo`lga hidoyat topgan bo`ladir.
102
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ حَقَّ تُقَاتِهِۦ وَلَا تَمُوتُنَّ إِلَّا وَأَنتُم مُّسْلِمُونَ١٠٢
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling. Va faqat musulmon holingizdagina bu dunyodan o`ting.[1]
[1] Ya'ni, Islomni o`lguningizcha mahkam tuting. Demak, ikki asosning biri — dunyoda iymon bilan, taqvodor bo`lib, Islomga to`liq amal qilib o`tmoqdir.)
103
وَٱعْتَصِمُواْ بِحَبْلِ ٱللَّهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُواْ ۚ وَٱذْكُرُواْ نِعْمَتَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ كُنتُمْ أَعْدَآءً فَأَلَّفَ بَيْنَ قُلُوبِكُمْ فَأَصْبَحْتُم بِنِعْمَتِهِۦٓ إِخْوَٰنًا وَكُنتُمْ عَلَىٰ شَفَا حُفْرَةٍ مِّنَ ٱلنَّارِ فَأَنقَذَكُم مِّنْهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ ءَايَٰتِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ١٠٣
Sodiq
Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting va bo`linib ketmang. Va Allohning sizga bergan ne'matini eslang: bir vaqtlar dushman edingiz, bas, qalblaringizni ulfat qildi. Uning ne'mati ila birodar bo`ldingiz. Olovli jar yoqasida edingiz, undan sizni qutqardi. Shunday qilib, Alloh sizga O`z oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, hidoyat topsangiz.[1]
[1] Oyati karimadagi «Allohning ipi» degan iboradan Qur'oni Karim tushuniladi. Jarga qulash xavfidagi inson ip-arqonni mahkam ushlasa, qutulib qolganidek, do`zax tubiga qulamaslikning ham birdan-bir chorasi — Qur'oni Karimni mahkam ushlashlikdir. Shundagina najot topadi. Musulmon ummati najot topishi uchun barcha bir bo`lib Allohning kalomi Qur'oni Karimni mahkam tutishlari lozimdir. Bu oyatning ushbu jumlalari musulmon olamini birlashtirish shioridir. Qur'oni Karim Allohning ipi-arqoni ekanligi haqida juda ham ko`p hadislar kelgan.)
104
وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى ٱلْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ ۚ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ١٠٤
Sodiq
Sizlardan yaxshilikka chaqiradigan, amru ma'ruf, nahyu munkar qiladigan bir ummat bo`lsin. Ana o`shalar, o`zlari najot topguvchilardir.[1]
[1] Ya'ni, ummatingiz Allohga haqiqiy iymon keltirgan va uning yo`lida haqiqiy birodar bo`lgan jamoa yaxshilikka chaqiradigan, amri ma'ruf-nahyi munkar qiladigan ummatga aylansin. Yaxshilikka chaqirib turuvchi jamoa bo`lmasa, dunyoda ezgulik qolmaydi. Ma'rufga, ya'ni fazilat, haqiqat, yaxshilik va adolatga buyurib, munkardan, ya'ni razolat, botillik, zulm va yomonlikdan qaytarib turadigan jamoa bo`lmasa, hech bir qavm, hech bir ummat najot topa olmaydi.)
105
وَلَا تَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ تَفَرَّقُواْ وَٱخْتَلَفُواْ مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلْبَيِّنَٰتُ ۚ وَأُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ١٠٥
Sodiq
O`zlariga ochiq bayonotlar kelganidan keyin bo`linib, ixtilofga tushganlarga o`xshash bo`lmanglar, ana o`shalarga ulug` azob bordir.
106
يَوْمَ تَبْيَضُّ وُجُوهٌ وَتَسْوَدُّ وُجُوهٌ ۚ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ٱسْوَدَّتْ وُجُوهُهُمْ أَكَفَرْتُم بَعْدَ إِيمَٰنِكُمْ فَذُوقُواْ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ١٠٦
Sodiq
Yuzlar oq va yuzlar qora bo`ladigan kunda yuzlari qora bo`lganlarga: «Iymoningizdan keyin kofir bo`ldingizmi?! Kufr keltirgan bo`lganingiz uchun azobni tatib ko`ring», deyilur.
107
وَأَمَّا ٱلَّذِينَ ٱبْيَضَّتْ وُجُوهُهُمْ فَفِى رَحْمَةِ ٱللَّهِ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ١٠٧
Sodiq
Yuzlari oq bo`lganlar esa, bas, Allohning rahmatidadirlar. Ular unda abadiy qolurlar.
108
تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱللَّهِ نَتْلُوهَا عَلَيْكَ بِٱلْحَقِّ ۗ وَمَا ٱللَّهُ يُرِيدُ ظُلْمًا لِّلْعَٰلَمِينَ١٠٨
Sodiq
Bular Allohning oyatlaridir. Ularni senga haq ila tilovat qilmoqdamiz. Alloh odamlarga zulmni xohlamas.
109
وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ١٠٩
Sodiq
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Ishlar Allohga qaytarilajak.[1]
[1] Modomiki osmonlaru Yerdagi jamiki narsalar Allohniki ekan, ularni qanday xohlasa, shunday tasarruf qiladi. Buning ustiga, barcha ishlar Allohning O`ziga qaytariladi. Demak, bu dunyo va oxiratning yagona hokimi Allohning O`zidir.)
110
كُنتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ ۗ وَلَوْ ءَامَنَ أَهْلُ ٱلْكِتَٰبِ لَكَانَ خَيْرًا لَّهُم ۚ مِّنْهُمُ ٱلْمُؤْمِنُونَ وَأَكْثَرُهُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ١١٠
Sodiq
Siz odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo`ldingiz. Amru ma'ruf qilasiz, nahyu munkar qilasiz va Allohga iymon keltirasiz. Agar ahli kitoblar iymon keltirganlarida, o`zlariga yaxshi bo`lar edi. Ulardan mo`minlari bor. Ko`plari fosiqdirlar.[1]
[1] Islom ummati o`zi haqida bilib qo`yishi zarur bo`lgan haqiqatlardan biri — bu ummatning odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat ekanligidir. Bu haqiqatni hozir o`zini bu ummatga nisbat berayotganlar yaxshi tushunib olmoqlari lozim. Ajdodlarimiz xuddi shu haqiqatni to`liq tushungan chog`larida butun dunyoga ustoz bo`lganlar. Dunyo xalqlarining peshqadami bo`lib, ularni ortlaridan ergashtirganlar. Boshqalarga tobe' bo`lmaganlar. Boshqalarning ortidan ko`r-ko`rona ergashmaganlar. Boshqalar huzurida o`zlarini xoru zor tutmaganlar.)
111
لَن يَضُرُّوكُمْ إِلَّآ أَذًى ۖ وَإِن يُقَٰتِلُوكُمْ يُوَلُّوكُمُ ٱلْأَدْبَارَ ثُمَّ لَا يُنصَرُونَ١١١
Sodiq
Ular sizlarga ozor berishdan o`zga hech qanday zarar yetkaza olmaslar. Agar sizlarga qarshi urush qilsalar, ortga qarab qocharlar. So`ngra, ularga yordam berilmas.
112
ضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ ٱلذِّلَّةُ أَيْنَ مَا ثُقِفُوٓاْ إِلَّا بِحَبْلٍ مِّنَ ٱللَّهِ وَحَبْلٍ مِّنَ ٱلنَّاسِ وَبَآءُو بِغَضَبٍ مِّنَ ٱللَّهِ وَضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ ٱلْمَسْكَنَةُ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانُواْ يَكْفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَيَقْتُلُونَ ٱلْأَنۢبِيَآءَ بِغَيْرِ حَقٍّ ۚ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَواْ وَّكَانُواْ يَعْتَدُونَ١١٢
Sodiq
Alloh ipi bo`lmasa yoki odamlar ipi bo`lmasa, ularga qayerda bo`lsalar ham, xorlik bitildi. Ularga Allohning g`azabi lozim bo`ldi va miskinlik bitildi. Bunday bo`lishligi ularning Allohning oyatlariga kufr keltirishlari va Payg`ambarlarni nohaqdan o`ldirishlari sababidandir. Bunday bo`lishligi ularning osiy bo`lganlari va haddan oshganlari sababidandir.
113
۞لَيْسُواْ سَوَآءً ۗ مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ أُمَّةٌ قَآئِمَةٌ يَتْلُونَ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ ءَانَآءَ ٱلَّيْلِ وَهُمْ يَسْجُدُونَ١١٣
Sodiq
Ular barobar emaslar. Ahli kitoblardan Allohning oyatlarini sajda qilgan hollarida kechasida tilovat qiladigan yaxshi toifalari ham bor.
114
يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَيَأْمُرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَيُسَٰرِعُونَ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ وَأُوْلَٰٓئِكَ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ١١٤
Sodiq
Ular Allohga, oxirat kuniga iymon keltirurlar, amru ma'ruf va nahyu munkar qilurlar va yaxshiliklarga shoshilurlar. Ana o`shalar ahli solihlardandir.
115
وَمَا يَفْعَلُواْ مِنْ خَيْرٍ فَلَن يُكْفَرُوهُ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمُۢ بِٱلْمُتَّقِينَ١١٥
Sodiq
Yaxshilik qilsalar, hargiz inkor etilmaslar. Alloh taqvodorlarni yaxshi biluvchi Zotdir.[1]
[1] Ya'ni, ular yaxshilik qilsalar, hech qachon zoye ketmaydi. Ushbu oyatlarda ahli kitoblardan iymonga kelgan mo`minlarning ajoyib sifatlari zikr qilinmoqda. Ular iymonlilar safidan munosib o`rin olib, iymon taqozosi ila harakat qilib ulkan baxt-saodatga erishdilar.)
116
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَن تُغْنِىَ عَنْهُمْ أَمْوَٰلُهُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُهُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۚ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ١١٦
Sodiq
Albatta, kufr keltirganlardan mollari ham, bolalari ham hargiz Alloh azobidan hech narsani qaytara olmas. Ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiydirlar.
117
مَثَلُ مَا يُنفِقُونَ فِى هَٰذِهِ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا كَمَثَلِ رِيحٍ فِيهَا صِرٌّ أَصَابَتْ حَرْثَ قَوْمٍ ظَلَمُوٓاْ أَنفُسَهُمْ فَأَهْلَكَتْهُ ۚ وَمَا ظَلَمَهُمُ ٱللَّهُ وَلَٰكِنْ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ١١٧
Sodiq
Ularning bu dunyo hayotida qiladigan nafaqalari misoli o`ziga zulm qilgan bir qavmning ekinini urib halok qilgan sovuq shamolga o`xshaydir. Alloh ularga zulm qilmadi. Lekin ular o`zlariga zulm qildilar.[1]
[1] Yaxshi ekinzor bor. Ko`rgan odam xursand bo`ladi. Ammo ekinzorning egasi zulm qildi, gunohkor bo`ldi. Shu sababdan sovuq shamol kelib, ekinlarini sovuq urib ketdi. Ekinzor halok bo`ldi. Hech narsa qolmadi. Kofirlarning bu dunyoda qilgan xayr-ehsonlari ham xuddi shunga o`xshaydi. Sirtdan ko`rgan odamga savobli ish. Yaxshilikka pul-mol sarflayapti. Ammo egasining iymoni yo`q. Bu esa, katta gunoh. Iymon bo`lmasa, hech qanday xayr-ehson qabul bo`lmaydi. Unga savob berilmaydi. Sovuq shamol ekinzorni halok qilganidek, ularning kofirligi ham ehsonlarini befoyda qiladi.)
118
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ بِطَانَةً مِّن دُونِكُمْ لَا يَأْلُونَكُمْ خَبَالًا وَدُّواْ مَا عَنِتُّمْ قَدْ بَدَتِ ٱلْبَغْضَآءُ مِنْ أَفْوَٰهِهِمْ وَمَا تُخْفِى صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ ۚ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ ٱلْـَٔايَٰتِ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْقِلُونَ١١٨
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! O`zingizdan boshqadan sirdosh tutmang. Ular sizga yomonlik qilishini qo`ymas. Mashaqqatda qolishingizni xohlar. Dushmanliklari og`izlaridagi(so`zlari)dan bilinib turibdi. Dillarida maxfiy turgani yana ham kattaroq. Agar aql yuritadigan bo`lsangiz, Biz sizlarga belgilarini bayon qildik.
119
هَٰٓأَنتُمْ أُوْلَآءِ تُحِبُّونَهُمْ وَلَا يُحِبُّونَكُمْ وَتُؤْمِنُونَ بِٱلْكِتَٰبِ كُلِّهِۦ وَإِذَا لَقُوكُمْ قَالُوٓاْ ءَامَنَّا وَإِذَا خَلَوْاْ عَضُّواْ عَلَيْكُمُ ٱلْأَنَامِلَ مِنَ ٱلْغَيْظِ ۚ قُلْ مُوتُواْ بِغَيْظِكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ١١٩
Sodiq
Hoy, sizlar! Ularni yaxshi ko`rasizlar-u, ular sizni yaxshi ko`rmaslar. Sizlar kitobning hammasiga iymon keltirasizlar-u, ular sizlarni ko`rganda, iymon keltirdik, derlar, ammo xoli qolganlarida, sizlarga bo`lgan qattiq achchiqlaridan barmoq tishlarlar. «Achchiqlaring bilan o`lib ketinglar», deb ayt. Albatta, Alloh dillarni egallagan narsalarni biluvchidir.[1]
[1] Musulmonlar soddaliklari uchun o`zlaridan boshqalar ularga chiroyliroq muomala qilib, bir oz maqtab qo`ysa, bo`ldi, muhabbat qo`yaveradilar, ularni o`zlariga sirdosh qilib olaveradilar. Bu xato ishdir, chunki qarshi taraf hech qachon musulmonlarni yaxshi ko`rmaydi. Musulmonlar Allohdan tushgan hamma kitoblarga, jumladan, o`zlariga dushmanlik qilayotganlarga tushgan kitoblarga ham iymon keltiradilar. Bu xato emas, balki musulmonlik burchidir.)
120
إِن تَمْسَسْكُمْ حَسَنَةٌ تَسُؤْهُمْ وَإِن تُصِبْكُمْ سَيِّئَةٌ يَفْرَحُواْ بِهَا ۖ وَإِن تَصْبِرُواْ وَتَتَّقُواْ لَا يَضُرُّكُمْ كَيْدُهُمْ شَيْـًٔا ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطٌ١٢٠
Sodiq
Sizga yaxshilik tegsa, ularga yomon bo`ladir. Sizlarga musiybat yetsa, ular xursand bo`larlar. Agar sabr va taqvo qilsangiz, ularning makri sizga hech zarar qilmas. Albatta, Alloh qilayotgan ishlarini ihota qilguvchidir.
121
وَإِذْ غَدَوْتَ مِنْ أَهْلِكَ تُبَوِّئُ ٱلْمُؤْمِنِينَ مَقَٰعِدَ لِلْقِتَالِ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ١٢١
Sodiq
Ahlingdan ertalab chiqib, mo`minlarni urush joylariga turg`izganingni esla! Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.
122
إِذْ هَمَّت طَّآئِفَتَانِ مِنكُمْ أَن تَفْشَلَا وَٱللَّهُ وَلِيُّهُمَا ۗ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ١٢٢
Sodiq
Sizlardan ikki toifa qo`rqib zaiflashmoqchi bo`lganini esla! Alloh ularning valiyidir. Mo`minlar faqat Allohning O`ziga tavakkal qilsinlar.[1]
[1] Bu oyati karima Xazraj qabilasiga mansub Bani Salama urug`i va Avs qabilasiga mansub Bani Horisa urug`i haqida tushgan. Ular munofiqlarning boshlig`i Abdulloh ibn Ubay ibn Salul xafa bo`lib «Mening aytganimni qilmay, yosh bolalarning aytganini qildi», deb jangchilarning uchdan birini olib Uhud yo`lidan qaytganida, uning fitnasiga uchishlariga sal qolgan edi. Bu esa, musulmonlar safining yanada zaiflashishiga, ruhiy va ma'naviy tushkunlik keltirishga sabab bo`lishi mumkin edi. Hali urush boshlanmay turib bunday ishlarning bo`lishi juda ham noqulay vaziyatni vujudga keltirar edi. Lekin bu toifalarni Alloh taoloning O`zi saqlab qoldi, inoyatiga oldi.)
123
وَلَقَدْ نَصَرَكُمُ ٱللَّهُ بِبَدْرٍ وَأَنتُمْ أَذِلَّةٌ ۖ فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ١٢٣
Sodiq
Batahqiq, Badrda oz bo`lsalaringiz ham, Alloh sizlarga nusrat berdi. Bas, Allohga taqvo qiling, shoyadki, shukr qilsangiz.
124
إِذْ تَقُولُ لِلْمُؤْمِنِينَ أَلَن يَكْفِيَكُمْ أَن يُمِدَّكُمْ رَبُّكُم بِثَلَٰثَةِ ءَالَٰفٍ مِّنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ مُنزَلِينَ١٢٤
Sodiq
Mo`minlarga: «Sizga Robbingiz tushirilgan uch ming farishtalar ila madad bermog`i kifoya qilmasmi?!» deganingni esla!
125
بَلَىٰٓ ۚ إِن تَصْبِرُواْ وَتَتَّقُواْ وَيَأْتُوكُم مِّن فَوْرِهِمْ هَٰذَا يُمْدِدْكُمْ رَبُّكُم بِخَمْسَةِ ءَالَٰفٍ مِّنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ مُسَوِّمِينَ١٢٥
Sodiq
«Ha (kifoya qiladir)! Agar sabr va taqvo qilsangiz, ular shu payt kelib qolsalar ham, Robbingiz sizga belgili besh ming farishta ila madad beradir».
126
وَمَا جَعَلَهُ ٱللَّهُ إِلَّا بُشْرَىٰ لَكُمْ وَلِتَطْمَئِنَّ قُلُوبُكُم بِهِۦ ۗ وَمَا ٱلنَّصْرُ إِلَّا مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ١٢٦
Sodiq
Alloh buni faqat sizga suyunchilik va qalbingiz taskin topishi uchungina qildi. Aslida, nusrat Aziyz va Hakiym Allohning huzuridandir.
127
لِيَقْطَعَ طَرَفًا مِّنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَوْ يَكْبِتَهُمْ فَيَنقَلِبُواْ خَآئِبِينَ١٢٧
Sodiq
Kufr keltirganlarning bir tarafini kesish uchun yoki xorlash uchun, toki, noumid bo`lib qaytsinlar.[1]
[1] Badr g`azotida mushriklarning boshliqlaridan yetmishtasi halok bo`ldi. Bu ularning bir tarafidan katta kesilish edi. Shuningdek, ularning kattalaridan yetmishtasi asirga tushdi, xoru zor bo`ldi. Qolganlari esa, sharmandalarcha, kelgan joyiga qaytdi.)
128
لَيْسَ لَكَ مِنَ ٱلْأَمْرِ شَىْءٌ أَوْ يَتُوبَ عَلَيْهِمْ أَوْ يُعَذِّبَهُمْ فَإِنَّهُمْ ظَٰلِمُونَ١٢٨
Sodiq
Bu sening ishing emas! U zot yoki ularning tavbasini qabul qilar, yoki azoblar. Bas, ular zolimlardir.
129
وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ يَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَيُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ١٢٩
Sodiq
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Xohlagan kishini mag`firat qiladir va xohlagan kishini azoblaydir. Alloh gunohni mag`firat qiluvchi va rahimli Zotdir.
130
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَأْكُلُواْ ٱلرِّبَوٰٓاْ أَضْعَٰفًا مُّضَٰعَفَةً ۖ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ١٣٠
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Riboni bir necha barobar qilib yemang. Allohga taqvo qiling, shoyadki, najot topsangiz.[1]
[1] Hofiz ibn Kasir rahmatillohi alayhi rivoyat qilishlaricha, berilgan qarzning muddati tugab qolganda qarz beruvchi qarzdorga «Yo qarzingni to`la yoki riboni ko`paytir», der ekan. To`lasa, to`ladi, bo`lmasa, qarz muddatini cho`zish evaziga riboning miqdorini ham ko`paytirar ekan. Har yili shunday bo`lavergandan keyin ribo bir necha barobarga ko`payib ketarkan. Ushbu oyati karimada o`sha holat muolaja qilinmoqda.)
131
وَٱتَّقُواْ ٱلنَّارَ ٱلَّتِىٓ أُعِدَّتْ لِلْكَٰفِرِينَ١٣١
Sodiq
Va kofirlar uchun tayyorlab qo`yilgan olovdan qo`rqing.
132
وَأَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ١٣٢
Sodiq
Allohga va Rasuliga itoat eting. Shoyadki, rahm qilinsangiz.
133
۞وَسَارِعُوٓاْ إِلَىٰ مَغْفِرَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَٱلْأَرْضُ أُعِدَّتْ لِلْمُتَّقِينَ١٣٣
Sodiq
Robbingizdan bo`lgan mag`firatga va kengligi osmonlaru yercha bo`lgan, taqvodorlar uchun tayyorlab qo`yilgan jannatga shoshiling.
134
ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ فِى ٱلسَّرَّآءِ وَٱلضَّرَّآءِ وَٱلْكَٰظِمِينَ ٱلْغَيْظَ وَٱلْعَافِينَ عَنِ ٱلنَّاسِ ۗ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلْمُحْسِنِينَ١٣٤
Sodiq
Ular yengillikda ham, og`irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g`azabini yutadiganlar va odamlarni afv qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir.
135
وَٱلَّذِينَ إِذَا فَعَلُواْ فَٰحِشَةً أَوْ ظَلَمُوٓاْ أَنفُسَهُمْ ذَكَرُواْ ٱللَّهَ فَٱسْتَغْفَرُواْ لِذُنُوبِهِمْ وَمَن يَغْفِرُ ٱلذُّنُوبَ إِلَّا ٱللَّهُ وَلَمْ يُصِرُّواْ عَلَىٰ مَا فَعَلُواْ وَهُمْ يَعْلَمُونَ١٣٥
Sodiq
Va ular fohisha ish yoki o`zlariga zulm qilgan chog`larida Allohni eslab, gunohlarini mag`firat qilishni so`rarlar, gunohlarini Allohdan o`zga kim ham mag`firat qilardi? Va ular bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom bo`lmaslar.[1]
[1] Demak, bir marta, bilmasdan yoki zaiflik tutib, gunoh qilib qo`ygan odam darrov tavba qilsa va gunohdan to`xtasa, shundagina tavbasi qabul ekan. Bu qoida va mag`firat bobidagi bir oyat va hadislarga tegishlidir. Ba'zi nafsi buzuq odamlar o`ylaganidek, og`zida tavba qildim deb qo`yib, qayta-qayta gunoh qilaveradiganlar bu hukmga kirmaydilar.)
136
أُوْلَٰٓئِكَ جَزَآؤُهُم مَّغْفِرَةٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَجَنَّٰتٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَنِعْمَ أَجْرُ ٱلْعَٰمِلِينَ١٣٦
Sodiq
Ana o`shalarning mukofotlari — Robbilaridan bo`lgan mag`firat va ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bo`lib, ular unda abadiy qolurlar. Amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi!
137
قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِكُمْ سُنَنٌ فَسِيرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ١٣٧
Sodiq
Sizdan oldin sunnatlar qolgan. Bas, yer yuzida yurib yolg`onga chiqaruvchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solinglar.
138
هَٰذَا بَيَانٌ لِّلنَّاسِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةٌ لِّلْمُتَّقِينَ١٣٨
Sodiq
Bu, odamlar uchun bayon va taqvodorlar uchun hidoyat va mav'izadir.
139
وَلَا تَهِنُواْ وَلَا تَحْزَنُواْ وَأَنتُمُ ٱلْأَعْلَوْنَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ١٣٩
Sodiq
Bo`shashmanglar! Xafa bo`lmanglar! Sizlar, agar mo`min bo`lsalaringiz, ustunsizlar.[1]
[1] Ey musulmonlar! Hech bo`shashmanglar, zaiflashmanglar, sizga yetgan musibatlarga, boshingizga tushgan og`irliklarga xafa bo`lmanglar. Sizlar dunyoda hammani hidoyatga da'vat qiluvchilarsiz. Ular zulmatga, zalolatga chaqiruvchilardir. Sizlar ikki dunyo saodatiga egasiz. Ular ikki dunyo badbaxtligiga egadirlar.)
140
إِن يَمْسَسْكُمْ قَرْحٌ فَقَدْ مَسَّ ٱلْقَوْمَ قَرْحٌ مِّثْلُهُۥ ۚ وَتِلْكَ ٱلْأَيَّامُ نُدَاوِلُهَا بَيْنَ ٱلنَّاسِ وَلِيَعْلَمَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَيَتَّخِذَ مِنكُمْ شُهَدَآءَ ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلظَّٰلِمِينَ١٤٠
Sodiq
Agar sizga jarohat yetgan bo`lsa, u qavmga ham shunga o`xshash jarohat yetgan. Bunday kunlarni odamlar orasida aylantirib turamiz. Toki, Alloh iymon keltirganlarni bilishi uchun va ulardan shahidlarni chiqarib olishi uchun. Va Alloh zolimlarni sevmas.[1]
[1] Ya'ni, bir unday, bir bunday bo`lib turadi. Agar ish bir xilda turaversa, dunyoning qizig`i qolmaydi. Doimo musulmonlar g`olib kelaversa, hamma o`zini musulmon deb e'lon qilib yuboradi. Oqibatda hamma aralashib ketib, kim haqiqiy mo`min-musulmon, kim yuzaki ekanini odamlar bila olmay qoladilar. Qiyinchilik, og`ir holatlarda mo`minlar munofiqlardan ajrab chiqadilar. Shu bilan birga, mo`minlar ichida yanada olimaqomlari — shahidlari ham ajrab chiqadilar. «Shahid»larning ikkinchi ma'nosi guvohlardir.))
141
وَلِيُمَحِّصَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَيَمْحَقَ ٱلْكَٰفِرِينَ١٤١
Sodiq
Toki, Alloh mo`minlarni poklashi va kofirlarni halok qilishi uchun.
142
أَمْ حَسِبْتُمْ أَن تَدْخُلُواْ ٱلْجَنَّةَ وَلَمَّا يَعْلَمِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ جَٰهَدُواْ مِنكُمْ وَيَعْلَمَ ٱلصَّٰبِرِينَ١٤٢
Sodiq
Yoki Alloh sizlardan jihod qilganlarni bilmasdan va sabrlilarni bilmasdan turib, jannatga kiraveramiz, deb hisoblaysizmi?!
143
وَلَقَدْ كُنتُمْ تَمَنَّوْنَ ٱلْمَوْتَ مِن قَبْلِ أَن تَلْقَوْهُ فَقَدْ رَأَيْتُمُوهُ وَأَنتُمْ تَنظُرُونَ١٤٣
Sodiq
Duchor bo`lmasingizdan oldin o`limni orzu qilgan edingiz. Endi uni ko`rib, nazar solib turibsiz.[1]
[1] Bu xitob Uhud urushi chog`idagi va undan oldingi holatni musulmonlarning yodiga solish uchundir. Ma'lumki, Badr urushida ko`pchilik qatnasha olmay qolgan edi. Badrdagi g`alaba, unda shahid bo`lganlarga va'da qilingan oliy darajalarni bilgandan so`ng, yana g`azot bo`lsa edi, biz ham savobga erishar edik, shahid bo`lsak, ushbu oliy darajalarga erishar edik, degan orzu ko`pchilikning xayolini qamrab olgan edi.)
144
وَمَا مُحَمَّدٌ إِلَّا رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ ٱلرُّسُلُ ۚ أَفَإِيْن مَّاتَ أَوْ قُتِلَ ٱنقَلَبْتُمْ عَلَىٰٓ أَعْقَٰبِكُمْ ۚ وَمَن يَنقَلِبْ عَلَىٰ عَقِبَيْهِ فَلَن يَضُرَّ ٱللَّهَ شَيْـًٔا ۗ وَسَيَجْزِى ٱللَّهُ ٱلشَّٰكِرِينَ١٤٤
Sodiq
Muhammad ham bir Payg`ambar, xolos. Undan avval ham Payg`ambarlar o`tgan. Agar u o`lsa yoki qatl qilinsa, orqangizga qaytasizmi?! Kimki orqasiga qaytsa, Allohga hech zarar keltira olmas. Va Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlar.[1]
[1] Kimki Islomning ulug` ne'mat ekanini tushunib yetsa, shukr qilsa, ya'ni Islomni o`ziga hayot yo`li qilib olib, Allohga bu ne'mat uchun hamdu sano aytsa, Alloh taolo unga mukofot beradi. Uhud g`azotida bo`lib o`tgan bu hodisa va uning bayoni bo`lib tushgan ushbu oyat orqali Alloh taolo musulmonlarni Paygambar alayhissalomning shaxslariga ortiqcha yopishishdan qaytarib, asosiy manba'ga qarashga odatlantirishni xohlagan. Musulmonlar to`g`ridan-to`g`ri Allohning O`ziga murojaat qilishni o`rgansinlar. Ular Allohning oldida o`zlarini mas'ul ekanliklarini sezsinlar.)
145
وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَن تَمُوتَ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ كِتَٰبًا مُّؤَجَّلًا ۗ وَمَن يُرِدْ ثَوَابَ ٱلدُّنْيَا نُؤْتِهِۦ مِنْهَا وَمَن يُرِدْ ثَوَابَ ٱلْـَٔاخِرَةِ نُؤْتِهِۦ مِنْهَا ۚ وَسَنَجْزِى ٱلشَّٰكِرِينَ١٤٥
Sodiq
Hech bir jon Allohning iznisiz o`lmas. Bu, yozilgan ajaldir. Kim bu dunyoning savobini xohlasa, unga o`shandan berurmiz. Kim oxiratning savobini xohlasa, unga o`shandan berurmiz. Va shukr qiluvchilarni mukofotlarmiz.
146
وَكَأَيِّن مِّن نَّبِىٍّ قَٰتَلَ مَعَهُۥ رِبِّيُّونَ كَثِيرٌ فَمَا وَهَنُواْ لِمَآ أَصَابَهُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَمَا ضَعُفُواْ وَمَا ٱسْتَكَانُواْ ۗ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلصَّٰبِرِينَ١٤٦
Sodiq
Qanchadan-qancha Payg`ambarlar bilan birga ko`plab robboniylar jang qilganlar. Ular Alloh yo`lida yetgan musiybatdan bo`shashmaganlar, zaiflashmaganlar va bo`ysunmaganlar. Alloh sabrlilarni sevadir.
147
وَمَا كَانَ قَوْلَهُمْ إِلَّآ أَن قَالُواْ رَبَّنَا ٱغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَإِسْرَافَنَا فِىٓ أَمْرِنَا وَثَبِّتْ أَقْدَامَنَا وَٱنصُرْنَا عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْكَٰفِرِينَ١٤٧
Sodiq
Ular: «Ey Robbimiz! Bizning gunohlarimiz va ishimizdagi isrofimizni O`zing kechirgin, sobitqadam qilgin va kofir qavmlar ustidan bizga nusrat bergin», degan gapdan o`zga gapni aytmaganlar.
148
فَـَٔاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ ثَوَابَ ٱلدُّنْيَا وَحُسْنَ ثَوَابِ ٱلْـَٔاخِرَةِ ۗ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلْمُحْسِنِينَ١٤٨
Sodiq
Bas, Alloh ularga bu dunyo savobini va oxiratning go`zal savobini berdi. Alloh go`zal amal qiluvchilarni sevadir.
149
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن تُطِيعُواْ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يَرُدُّوكُمْ عَلَىٰٓ أَعْقَٰبِكُمْ فَتَنقَلِبُواْ خَٰسِرِينَ١٤٩
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Agar kufr keltirganlarga itoat qilsangiz, orqangizga qaytarurlar. Bas, ziyon ko`rguvchilarga aylanib qolursiz.[1]
[1] Ma'lumki, musulmonlar Uhud g`azotida qisman mag`lubiyatga uchradilar. Bu ish Madinai Munavvarada ular bilan birga yashab turgan kofir va munofiqlarga ig`vo uchun katta bahona bo`ldi. Badr g`azotidagi g`alabadan so`ng hamma musulmonlarga havas bilan qarab, ular bilan hisob-kitob qiladigan bo`lib qolgan edi. Ammo Uhuddan keyin barcha ish teskarisiga aylandi. Kofir va munofiqlar musulmonlarga past nazar bilan qaraydigan, ularga nasihat qiladigan va o`zlaricha «to`g`ri yo`l» ko`rsatadigan bo`lib qoldilar.)
150
بَلِ ٱللَّهُ مَوْلَىٰكُمْ ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلنَّٰصِرِينَ١٥٠
Sodiq
Yo`q! Alloh xo`jangizdir. Va U yordam beruvchilarning yaxshisidir![1]
[1] Yo`q, ular sizga yordam ham bera olmaydi, homiy ham bo`la olmaydi. Balki Alloh taolo sizning Xojangiz va Valiyingizdir. Haqiqiy yordam beruvchilarning yaxshisi ham yolg`iz Udir.)
151
سَنُلْقِى فِى قُلُوبِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱلرُّعْبَ بِمَآ أَشْرَكُواْ بِٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ سُلْطَٰنًا ۖ وَمَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ۚ وَبِئْسَ مَثْوَى ٱلظَّٰلِمِينَ١٥١
Sodiq
Tezda, kufr keltirganlarning qalbiga, Allohga hujjatsiz narsani shirk keltirganlari uchun, qo`rquvni solurmiz. Ularning qarorgohi do`zaxdir. Zolimlarning joyi qanday ham yomon![1]
[1] Agar mo`minlar haqiqiy iymon egalari bo`lsalar, ular har qachon kofirlar bilan to`qnashganlarida, Alloh taolo kofirlar qalbiga qo`rquvni solib qo`yadi. Chunki kofirlar hujjatsiz, quvvatsiz, imkonsiz narsalarga tayanadilar.)
152
وَلَقَدْ صَدَقَكُمُ ٱللَّهُ وَعْدَهُۥٓ إِذْ تَحُسُّونَهُم بِإِذْنِهِۦ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا فَشِلْتُمْ وَتَنَٰزَعْتُمْ فِى ٱلْأَمْرِ وَعَصَيْتُم مِّنۢ بَعْدِ مَآ أَرَىٰكُم مَّا تُحِبُّونَ ۚ مِنكُم مَّن يُرِيدُ ٱلدُّنْيَا وَمِنكُم مَّن يُرِيدُ ٱلْـَٔاخِرَةَ ۚ ثُمَّ صَرَفَكُمْ عَنْهُمْ لِيَبْتَلِيَكُمْ ۖ وَلَقَدْ عَفَا عَنكُمْ ۗ وَٱللَّهُ ذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ١٥٢
Sodiq
Batahqiq, Alloh va'dasi ustidan chiqdi. Siz Uning izni bilan ularni qira boshladingiz. Toki zaiflashib, amr haqida ixtilof qilib va siz suygan narsani ko`rsatganidan so`ng, isyon qilguningizcha. Orangizda dunyoni xohlaydigan kimsalar bor va orangizda oxiratni xohlaydigan kimsalar bor. So`ngra, sizlarni imtihon qilish uchun ulardan burdi. Batahqiq, sizni afv etdi. Alloh mo`minlarga fazl egasi bo`lgan Zotdir.[1]
[1] Uhud jangida g`olib kelib turgan musulmonlar birdan mag`lubiyatga uchrashlari isyon, sustkashlik va Payg`ambar alayhissalomning amrlariga xilof qilish oqibatida yuzaga keldi. Holbuki, Badr g`azotida musulmonlar sonlari, qurollari oz bo`lsa ham, g`olib kelgan edilar. Bu esa, o`z navbatida, Allohning mo`minlarga nusrat berishiga va'dasi mo`minlarning Allohning amriga to`liq amal qilishlariga bog`liq ekanligini ko`rsatadi.)
153
۞إِذْ تُصْعِدُونَ وَلَا تَلْوُۥنَ عَلَىٰٓ أَحَدٍ وَٱلرَّسُولُ يَدْعُوكُمْ فِىٓ أُخْرَىٰكُمْ فَأَثَٰبَكُمْ غَمًّۢا بِغَمٍّ لِّكَيْلَا تَحْزَنُواْ عَلَىٰ مَا فَاتَكُمْ وَلَا مَآ أَصَٰبَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ خَبِيرُۢ بِمَا تَعْمَلُونَ١٥٣
Sodiq
Payg`ambar ortingizdan chaqirib tursa ham hech kimga qaramay tirqirab qochganingizni eslang. O`tgan narsaga va yetgan musiybatga xafa bo`lmasligingiz uchun sizga g`am ustiga g`am berdi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor Zotdir.[1]
[1] Alloh taolo Uhud urushida sizga g`am ustiga g`am berdi. Avvalo jarohat yetdi; ko`pchilik qatl bo`ldi; mushriklardan mag`lub bo`ldilar; o`ljadan quruq qoldilar; g`alabani qo`ldan chiqardilar va eng ulkan g`am — Rasulullohni og`ir holda tashlab qochishlari va u zotning boshlari yorilib, tishlari sinib, yonoqlariga temir halqalarning kirishi bo`ldi. Mana shu oxirgi g`am hamma o`tgan narsalarni va yetgan musibatlarni unutdirib yubordi.)
154
ثُمَّ أَنزَلَ عَلَيْكُم مِّنۢ بَعْدِ ٱلْغَمِّ أَمَنَةً نُّعَاسًا يَغْشَىٰ طَآئِفَةً مِّنكُمْ ۖ وَطَآئِفَةٌ قَدْ أَهَمَّتْهُمْ أَنفُسُهُمْ يَظُنُّونَ بِٱللَّهِ غَيْرَ ٱلْحَقِّ ظَنَّ ٱلْجَٰهِلِيَّةِ ۖ يَقُولُونَ هَل لَّنَا مِنَ ٱلْأَمْرِ مِن شَىْءٍ ۗ قُلْ إِنَّ ٱلْأَمْرَ كُلَّهُۥ لِلَّهِ ۗ يُخْفُونَ فِىٓ أَنفُسِهِم مَّا لَا يُبْدُونَ لَكَ ۖ يَقُولُونَ لَوْ كَانَ لَنَا مِنَ ٱلْأَمْرِ شَىْءٌ مَّا قُتِلْنَا هَٰهُنَا ۗ قُل لَّوْ كُنتُمْ فِى بُيُوتِكُمْ لَبَرَزَ ٱلَّذِينَ كُتِبَ عَلَيْهِمُ ٱلْقَتْلُ إِلَىٰ مَضَاجِعِهِمْ ۖ وَلِيَبْتَلِىَ ٱللَّهُ مَا فِى صُدُورِكُمْ وَلِيُمَحِّصَ مَا فِى قُلُوبِكُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمُۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ١٥٤
Sodiq
So`ngra, g`amdan keyin sizdan bir toifangizni qamrab olgan mudroqni omonlik qilib tushirdi. Boshqa toifa esa, o`zi bilan ovora bo`lib, Alloh haqida nohaq, johiliyat gumonini qilib: «Bizning qo`limizda nima ish bor edi», deyishdi. Sen: «Ishning barchasi Allohdandir», deb ayt! Senga oshkor qilmagan narsalarini ichlarida maxfiy tutarlar. Ular: «Agar qo`limizda bir ish bo`lganida, bu yerda qatl qilinmas edik», derlar. Sen: «Agar uylaringizda bo`lsangiz ham, qatl bo`lish taqdirida yozilganlar o`z o`lim joylariga chiqar edilar. Bu, Alloh ko`ksingizdagi narsani sinashi va qalbingizdagini yaxshilab poklashi uchundir. Alloh ko`ksingizdagi narsani biluvchi Zotdir», deb ayt.[1]
[1] Musulmonlar Uhud urushida yengilib qocha boshlaganlarida, Alloh taolo ularga mudroqni omonlik qilib yuborib, hatto falokatdan, butunlay tor-mor bo`lishdan saqlab qoldi. Bir oz mudrab, so`ng o`ziga kelgan musulmonlar Payg`ambar alayhissalom atroflarida to`planishdi va tog`ning balandroq, qulayroq joyiga chiqib joylashishdi. Buni ko`rgan mushriklar oxirigacha hujum qilishga yuraklari dov bermay, ortga qaytdilar. Mo`minlardan bir toifasi bu ish bilan ovora bo`lib turgan bir paytda Bu toifa — iymoni zaif toifa, qalbida fidokorlik tuyg`usi o`rnashmagan toifa. Shu boisdan Alloh uchun ovora bo`lmaydi, dinu diyonat uchun ovora bo`lmaydi, Payg`ambar uchun ovora bo`lmaydi, musulmonlar uchun ovora bo`lmaydi. Boshlariga zarba yetganda, iymoni zaiflar, munofiqlar doimo shunday qiladilar. Boshliqlarga osilib, hamma aybni ularga to`nkab odamlarni ulardan aynitishga o`tadilar. Ba'zi qatl bo`lganlar haqida ham «Agar bizning ixtiyorimiz bilan ish bo`lganida, bunday bo`lmas edi», deydilar. Qur'oni Karim ularning bu noto`g`ri vasvasalarini ham to`g`rilab, o`lim va hayot ortidagi, sinovlar zamiridagi hikmatlarni bayon qiladi.)
155
إِنَّ ٱلَّذِينَ تَوَلَّوْاْ مِنكُمْ يَوْمَ ٱلْتَقَى ٱلْجَمْعَانِ إِنَّمَا ٱسْتَزَلَّهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ بِبَعْضِ مَا كَسَبُواْ ۖ وَلَقَدْ عَفَا ٱللَّهُ عَنْهُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ حَلِيمٌ١٥٥
Sodiq
Ikki to`p to`qnashgan kuni sizlardan yuz o`girib qochganlarni ba'zi qilgan ishlari tufayli shayton yo`ldan urdi, xolos. Batahqiq, Alloh ularni afv qildi. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.
156
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَقَالُواْ لِإِخْوَٰنِهِمْ إِذَا ضَرَبُواْ فِى ٱلْأَرْضِ أَوْ كَانُواْ غُزًّى لَّوْ كَانُواْ عِندَنَا مَا مَاتُواْ وَمَا قُتِلُواْ لِيَجْعَلَ ٱللَّهُ ذَٰلِكَ حَسْرَةً فِى قُلُوبِهِمْ ۗ وَٱللَّهُ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ١٥٦
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Kufr keltirganlarga va yer yuzida yurgan va g`oziy bo`lgan birodarlari haqida, agar bizning huzurimizda bo`lganlarida o`lmas edilar va qatl qilinmas edilar, deydiganlarga o`xshamang. Buni Alloh qalblarida hasrat qilishi uchun ayturlar. Alloh tiriltirur va o`ldirur. Alloh qilgan amallaringizni ko`ruvchi Zotdir.
157
وَلَئِن قُتِلْتُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ أَوْ مُتُّمْ لَمَغْفِرَةٌ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَحْمَةٌ خَيْرٌ مِّمَّا يَجْمَعُونَ١٥٧
Sodiq
Garchi Alloh yo`lida qatl qilinsangiz ham yoki o`lsangiz ham, Allohdan bo`ladigan mag`firat va rahmat ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.
158
وَلَئِن مُّتُّمْ أَوْ قُتِلْتُمْ لَإِلَى ٱللَّهِ تُحْشَرُونَ١٥٨
Sodiq
Garchi o`lsangiz ham yoki qatl qilinsangiz ham, albatta, Alloh huzurida yig`ilursiz.
159
فَبِمَا رَحْمَةٍ مِّنَ ٱللَّهِ لِنتَ لَهُمْ ۖ وَلَوْ كُنتَ فَظًّا غَلِيظَ ٱلْقَلْبِ لَٱنفَضُّواْ مِنْ حَوْلِكَ ۖ فَٱعْفُ عَنْهُمْ وَٱسْتَغْفِرْ لَهُمْ وَشَاوِرْهُمْ فِى ٱلْأَمْرِ ۖ فَإِذَا عَزَمْتَ فَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُتَوَكِّلِينَ١٥٩
Sodiq
Allohning rahmati ila ularga muloyim bo`lding. Agar qo`pol, qalbi qattiq bo`lganingda, atrofingdan tarqab ketar edilar. Bas, ularni afv et. Ularga istig`for ayt va ular bilan ishlarda mashvarat qil. Azmu qaror qilganingdan so`ng Allohga tavakkal qil. Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sevadir.[1]
[1] Alloh taolo ushbu amr ila Payg`ambar alayhissalomni qalbi kenglikda, muloyimlikda — kishilarni atroflarida jamlovchi oliy sifatlarda bardavom bo`lishga chaqirib, ayblar o`tgan bo`lsa ham, musulmonlarni afv etishga buyurmoqda.)
160
إِن يَنصُرْكُمُ ٱللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمْ ۖ وَإِن يَخْذُلْكُمْ فَمَن ذَا ٱلَّذِى يَنصُرُكُم مِّنۢ بَعْدِهِۦ ۗ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ١٦٠
Sodiq
Agar sizga Alloh nusrat bersa, sizdan g`olib keluvchi yo`q. Agar sizni tashlab qo`ysa, Undan o`zga kim ham yordam berar edi. Mo`minlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar.
161
وَمَا كَانَ لِنَبِىٍّ أَن يَغُلَّ ۚ وَمَن يَغْلُلْ يَأْتِ بِمَا غَلَّ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۚ ثُمَّ تُوَفَّىٰ كُلُّ نَفْسٍ مَّا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ١٦١
Sodiq
Payg`ambarga xiyonat hech to`g`ri kelmas. Kimki xiyonat qilsa, qiyomat kuni xiyonat qilib olgan narsasi bilan keladir. So`ngra, har bir jon kasbiga yarasha to`liq oladir. Ularga zulm qilinmas.[1]
[1] Birinchi marta musulmonlar Badr urushida o`lja oldilar. O`sha o`lja haqida munofiqlar ig`vo tarqatishdi. Bu ig`volar orasida shunday yolg`on xabar ham bor ediki, u bo`xtonga ko`ra, go`yo Payg`ambarimiz alayhissalom o`ljalarni g`alul sifatida, ya'ni maxfiy ravishda, berkitib olganmishlar. Jumladan, Badr urushida tushgan o`ljadan bir to`p oltin yo`qolganida ham Payg`ambar alayhissalomni ayblashdi, u kishidan gumon qilishdi. Uhud urushida esa, kamonchilarning joylarini tashlab ketishlariga o`lja dardi sabab bo`lgan edi. Ushbu oyatda mazkur tuhmatomuz shubha-gumonlar juda keskinlik ila rad etilmoqda. Nafaqat Muhammad alayhissalom, balki umuman barcha payg`ambarlarga xiyonat butkul yot xislat ekani ochiq aytilmoqda.)
162
أَفَمَنِ ٱتَّبَعَ رِضْوَٰنَ ٱللَّهِ كَمَنۢ بَآءَ بِسَخَطٍ مِّنَ ٱللَّهِ وَمَأْوَىٰهُ جَهَنَّمُ ۚ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ١٦٢
Sodiq
Allohning roziligini izlagan odam Allohning g`azabiga duchor bo`lgan va borar joyi jahannam bo`lgan odamga o`xsharmidi! Va u qanday ham yomon joy!
163
هُمْ دَرَجَٰتٌ عِندَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ بَصِيرُۢ بِمَا يَعْمَلُونَ١٦٣
Sodiq
Ularning Allohning huzuridagi darajalari turlicha. Alloh qilayotgan amallarini ko`rib turuvchi Zotdir.
164
لَقَدْ مَنَّ ٱللَّهُ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ إِذْ بَعَثَ فِيهِمْ رَسُولًا مِّنْ أَنفُسِهِمْ يَتْلُواْ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتِهِۦ وَيُزَكِّيهِمْ وَيُعَلِّمُهُمُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَإِن كَانُواْ مِن قَبْلُ لَفِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ١٦٤
Sodiq
Batahqiq, Alloh mo`minlarga o`zlaridan Payg`ambar yuborib, ne'mat berdi. U ularga Allohning oyatlarini tilovat qilib beradir, ularni poklaydir, kitob va hikmatni o`rgatur. Garchi oldin ochiq-oydin adashuvda bo`lsalar ham.
165
أَوَلَمَّآ أَصَٰبَتْكُم مُّصِيبَةٌ قَدْ أَصَبْتُم مِّثْلَيْهَا قُلْتُمْ أَنَّىٰ هَٰذَا ۖ قُلْ هُوَ مِنْ عِندِ أَنفُسِكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ١٦٥
Sodiq
Sen: «Sizga musiybat yetgan paytda, holbuki, o`zingiz ham ikki baravarini yetkazgan edingiz, bu qayerdan, deysizmi?! Bu o`zingizning huzuringizdan!» deb ayt. Albatta, Alloh hamma narsaga qodirdir.[1]
[1] Ya'ni, o`zingiz sustkashlik qildingiz, zaiflashdingiz, o`zingiz Allohning shartini buzdingiz, o`zingiz Payg`ambarning amriga xilof qildingiz, endi kelib, «Bu qayerdan?» deysizmi?! Bilib qo`ying, bu musibatni o`zingiz o`zingizga chaqirib oldingiz.)
166
وَمَآ أَصَٰبَكُمْ يَوْمَ ٱلْتَقَى ٱلْجَمْعَانِ فَبِإِذْنِ ٱللَّهِ وَلِيَعْلَمَ ٱلْمُؤْمِنِينَ١٦٦
Sodiq
Ikki jamoa to`qnashgan kuni sizga musiybat Allohning izni bilan va mo`minlarni bilish uchun.
167
وَلِيَعْلَمَ ٱلَّذِينَ نَافَقُواْ ۚ وَقِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْاْ قَٰتِلُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ أَوِ ٱدْفَعُواْ ۖ قَالُواْ لَوْ نَعْلَمُ قِتَالًا لَّٱتَّبَعْنَٰكُمْ ۗ هُمْ لِلْكُفْرِ يَوْمَئِذٍ أَقْرَبُ مِنْهُمْ لِلْإِيمَٰنِ ۚ يَقُولُونَ بِأَفْوَٰهِهِم مَّا لَيْسَ فِى قُلُوبِهِمْ ۗ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا يَكْتُمُونَ١٦٧
Sodiq
Va munofiqlik qilayotganlarni bilish uchun yetdi. Va ularga: «Kelinglar, Allohning yo`lida urush qilinglar yoki mudofaa qilinglar», deyildi. Ular: «Agar jang bo`lishini aniq bilsak, sizga ergashardik», – dedilar. Ular o`sha kunda iymondan ko`ra kufrga yaqinroq edilar. Tillari bilan dillarida yo`q narsani ayturlar. Alloh berkitayotgan narsalarini yaxshi biluvchi Zotdir.
168
ٱلَّذِينَ قَالُواْ لِإِخْوَٰنِهِمْ وَقَعَدُواْ لَوْ أَطَاعُونَا مَا قُتِلُواْ ۗ قُلْ فَٱدْرَءُواْ عَنْ أَنفُسِكُمُ ٱلْمَوْتَ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ١٦٨
Sodiq
Ular o`z birodarlariga va (urushga chiqmay) o`tirganlarga: «Agar bizga itoat qilganlarida qatl qilinmas edilar», – deyishdi. Sen: «Agar gapingiz rost bo`lsa, o`zingizdan o`limni qaytarib ko`ring-chi», deb ayt.[1]
[1] Munofiqlar o`z birodarlariga va urushga chiqmay uyda o`tirganlarga o`zlarini haq ko`rsatib, aybni jang qilganlarga ag`dara boshladilar. Ularning fikricha, Payg`ambar alayhissalomning amrlariga itoat qilganlari xatolik bo`lgan. Agar munofiqlarga itoat qilganlarida to`g`ri bo`lar emish. Bu da'vo tagida hamma narsa Allohning irodasi bilan bo`lishini inkor etish yotadi.)
169
وَلَا تَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ قُتِلُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ أَمْوَٰتًۢا ۚ بَلْ أَحْيَآءٌ عِندَ رَبِّهِمْ يُرْزَقُونَ١٦٩
Sodiq
Allohning yo`lida qatl bo`lganlarni o`liklar deb hisoblamanglar. Balki, ular — tirik, Robbilari huzurida rizqlanmoqdalar.
170
فَرِحِينَ بِمَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ وَيَسْتَبْشِرُونَ بِٱلَّذِينَ لَمْ يَلْحَقُواْ بِهِم مِّنْ خَلْفِهِمْ أَلَّا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ١٧٠
Sodiq
Ular Alloh O`z fazlidan bergan narsalardan xursandlar va hali ortlaridan o`zlariga qo`shilmagan birodarlariga, ularga xavf yo`qligining hamda xafa ham bo`lmasliklarining xushxabarini bermoqdalar.
171
۞يَسْتَبْشِرُونَ بِنِعْمَةٍ مِّنَ ٱللَّهِ وَفَضْلٍ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُؤْمِنِينَ١٧١
Sodiq
Ular Allohdan bo`lgan ne'mat va fazlning hamda, albatta, Alloh mo`minlarning ajrini zoye qilmasligining xushxabarini bermoqdalar.[1]
[1] Ushbu oyatlar Alloh yo`lida jihod qilib qurbon bo`lgan bandalari maqomlarining bayonidir. Ularni «o`liklar» deb hisoblamaslikka amr, ular tirik ekanliklari va Robbilari huzurida rizqlanayotganlarining xabaridir. Demak, shahidlar haqidagi tasavvur shunday bo`lishi kerak.)
172
ٱلَّذِينَ ٱسْتَجَابُواْ لِلَّهِ وَٱلرَّسُولِ مِنۢ بَعْدِ مَآ أَصَابَهُمُ ٱلْقَرْحُ ۚ لِلَّذِينَ أَحْسَنُواْ مِنْهُمْ وَٱتَّقَوْاْ أَجْرٌ عَظِيمٌ١٧٢
Sodiq
Ular jarohat yetgandan keyin ham Alloh va Payg`ambar chaqirig`iga javob beradiganlardir. Ulardan yaxshilik va taqvo qilganlariga ulug` ajrlar bordir.
173
ٱلَّذِينَ قَالَ لَهُمُ ٱلنَّاسُ إِنَّ ٱلنَّاسَ قَدْ جَمَعُواْ لَكُمْ فَٱخْشَوْهُمْ فَزَادَهُمْ إِيمَٰنًا وَقَالُواْ حَسْبُنَا ٱللَّهُ وَنِعْمَ ٱلْوَكِيلُ١٧٣
Sodiq
Ularga kishilar: «Albatta, odamlar sizga qarshi kuch to`pladilar, ulardan qo`rqinglar», deganda, iymonlari ziyoda bo`ldi va: «Bizga Allohning O`zi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil», – dedilar.[1]
[1] Ya'ni, o`sha mo`minlarga ba'zi kishilar kelib, qurayshliklarning ularga qarshi ko`p kuch to`plaganlarini aytib, ulardan qo`rqinglar, deganida, mo`minlar qo`rqish o`rniga, iymonlari ziyoda bo`ldi. Shu bilan birga, «Bizga Allohning O`zi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil», dedilar. Imom Ahmad ibn Hanbal va boshqa muhaddislar rivoyat qilgan hadisda Payg`ambar alayhissalotu vassalom o`z sahobalaridan biriga «Boshingga og`ir ish tushganda, «Hasbiyallohu va ne'mal vakiyl», degin», deganlar.)
174
فَٱنقَلَبُواْ بِنِعْمَةٍ مِّنَ ٱللَّهِ وَفَضْلٍ لَّمْ يَمْسَسْهُمْ سُوٓءٌ وَٱتَّبَعُواْ رِضْوَٰنَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ ذُو فَضْلٍ عَظِيمٍ١٧٤
Sodiq
Bas, Allohning ne'mati va fazli ila ularga yomonlik yetmasdan qaytdilar va Allohning roziligiga erishdilar. Alloh ulug` fazl egasidir.[1]
[1] Ular Allohga tavakkal qilib, Uni o`zlariga kofiy vakil bilib chiqqan edilar. Bas, bu urushdan ziyon ko`rmasdan, Allohning ne'mati, fazli va roziligiga sazovor bo`lgan holda qaytdilar.)
175
إِنَّمَا ذَٰلِكُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ يُخَوِّفُ أَوْلِيَآءَهُۥ فَلَا تَخَافُوهُمْ وَخَافُونِ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ١٧٥
Sodiq
Albatta, bunday bo`lishingiz shaytondandir, u o`z yaqinlaridan qo`rqitur. Bas, agar mo`min bo`lsangiz, ulardan qo`rqmanglar, mendan qo`rqinglar.[1]
[1] Ya'ni, odamlar sizga qarshi kuch to`pladilar, ulardan qo`rqinglar, degan xabardan qo`rqinchga tushsangiz, bu holingiz shaytondandir. U sizlarni o`z do`stlaridan qo`rqitadi. Shayton o`ziga ergashganlarni sizning ko`zingizga kuchli bo`lib ko`rinishini istaydi. Agar haqiqiy mo`min bo`lsangiz, ulardan qo`rqmanglar, ularning qo`lidan hech narsa kelmaydi.)
176
وَلَا يَحْزُنكَ ٱلَّذِينَ يُسَٰرِعُونَ فِى ٱلْكُفْرِ ۚ إِنَّهُمْ لَن يَضُرُّواْ ٱللَّهَ شَيْـًٔا ۗ يُرِيدُ ٱللَّهُ أَلَّا يَجْعَلَ لَهُمْ حَظًّا فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ١٧٦
Sodiq
Kufrga oshiqayotganlar seni xafa qilmasin. Albatta, ular hargiz Allohga biror zarar yetkaza olmaslar. Alloh ularga oxiratda nasiba qilmaslikni xohlaydir. Ularga ulkan azob bordir.
177
إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱشْتَرَوُاْ ٱلْكُفْرَ بِٱلْإِيمَٰنِ لَن يَضُرُّواْ ٱللَّهَ شَيْـًٔا وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ١٧٧
Sodiq
Albatta, kufrni iymonga sotib olganlar Allohga hargiz biror zarar yetkaza olmaslar. Ularga alamli azob bordir.
178
وَلَا يَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَنَّمَا نُمْلِى لَهُمْ خَيْرٌ لِّأَنفُسِهِمْ ۚ إِنَّمَا نُمْلِى لَهُمْ لِيَزْدَادُوٓاْ إِثْمًا ۚ وَلَهُمْ عَذَابٌ مُّهِينٌ١٧٨
Sodiq
Kufr keltirganlar ularni tek qo`yganimizni o`zlari uchun yaxshi deb hisoblamasinlar. Biz ularni faqat gunohlari ko`payishi uchungina tek qo`yamiz. Ularga xorlovchi azob bordir.
179
مَّا كَانَ ٱللَّهُ لِيَذَرَ ٱلْمُؤْمِنِينَ عَلَىٰ مَآ أَنتُمْ عَلَيْهِ حَتَّىٰ يَمِيزَ ٱلْخَبِيثَ مِنَ ٱلطَّيِّبِ ۗ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُطْلِعَكُمْ عَلَى ٱلْغَيْبِ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَجْتَبِى مِن رُّسُلِهِۦ مَن يَشَآءُ ۖ فَـَٔامِنُواْ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ ۚ وَإِن تُؤْمِنُواْ وَتَتَّقُواْ فَلَكُمْ أَجْرٌ عَظِيمٌ١٧٩
Sodiq
Alloh mo`minlarni pokidan nopokini ajratmasdan, siz turgan holda, qo`yib qo`ymas. Alloh sizlarni g`aybdan xabardor qilib qo`ymas. Lekin Alloh O`z Payg`ambarlaridan kimni xohlasa, tanlab oladir. Bas, Allohga va Uning Payg`ambarlariga iymon keltiringlar. Agar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, sizlarga ulug` ajr bordir.[1]
[1] Ushbu oyatda Alloh taolo mo`minlarni munofiqlarga aralash bo`lib yuraverishlariga qo`yib qo`ymasligini, balki haqiqiy mo`minni munofiqdan ajratib olishni aytmoqda. Odatda, bunday paytlarda sinov, imtihon usuli ishga solinadi. Uhud urushi ham ana shunday pokni nopokdan, haqiqiy mo`minni munofiqdan ajratib olish uchun sinov, imtihon bo`ldi.)
180
وَلَا يَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ يَبْخَلُونَ بِمَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ هُوَ خَيْرًا لَّهُم ۖ بَلْ هُوَ شَرٌّ لَّهُمْ ۖ سَيُطَوَّقُونَ مَا بَخِلُواْ بِهِۦ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ وَلِلَّهِ مِيرَٰثُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ١٨٠
Sodiq
Alloh O`z fazlidan bergan narsaga baxillik qilganlar buni o`zlariga yaxshilik deb hisoblamasinlar. Aksincha, bu ularga yomonlikdir. Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari ila bo`yinlari o`ralur. Osmonlaru yerning merosi Allohgadir. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.[1]
[1] Islom dini ta'limoti bo`yicha, insonning qo`lidagi mol unga Alloh O`z fazlidan bergan omonatdir. Shuning uchun u mazkur molning haqiqiy egasi Allohning roziligi yo`lida sarflashi kerak. Ammo baxillik qilib, molni sarflamay to`plasa, o`zining ko`ziga yaxshi bo`lib ko`ringani bilan, aslida yaxshilik bo`lmaydi. Kim baxillik bilan to`plagan molini yaxshilik deb hisoblasa, noto`g`ri o`ylagan bo`ladi.)
181
لَّقَدْ سَمِعَ ٱللَّهُ قَوْلَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ فَقِيرٌ وَنَحْنُ أَغْنِيَآءُ ۘ سَنَكْتُبُ مَا قَالُواْ وَقَتْلَهُمُ ٱلْأَنۢبِيَآءَ بِغَيْرِ حَقٍّ وَنَقُولُ ذُوقُواْ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ١٨١
Sodiq
Batahqiq, Alloh: «Albatta, Alloh kambag`al va biz boymiz», deganlarning gapini eshitdi. Aytganlarini va Payg`ambarlarni nohaq o`ldirganlarni yozib qo`yamiz va: «Kuydiruvchi azobni tatib ko`ring!» deymiz.[1]
[1] Yahudiylar doimo Alloh taolo to`g`risida yomon tasavvurda, nohaq aqidada bo`lganlar. Ular mo`'tabar hisoblaydigan kitoblarida ham bu narsa o`z aksini topgan. Bo`lmasa, Alloh kambag`al, biz boymiz, deyisharmidi? Alloh ularning bu beodob gaplarini eshitmaydi, deb o`ylashadi. Ammo ular noto`g`ri o`ylashadi. Qiyomat kuni farishtalar Allohning nomidan ularga «Kuydiruvchi azobni tatib ko`ring!» deydilar.)
182
ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيكُمْ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَيْسَ بِظَلَّامٍ لِّلْعَبِيدِ١٨٢
Sodiq
Bundoq bo`lishligi sizning o`z qo`lingiz ila qilganingiz tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga zulm qiluvchi emas.
183
ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ عَهِدَ إِلَيْنَآ أَلَّا نُؤْمِنَ لِرَسُولٍ حَتَّىٰ يَأْتِيَنَا بِقُرْبَانٍ تَأْكُلُهُ ٱلنَّارُ ۗ قُلْ قَدْ جَآءَكُمْ رُسُلٌ مِّن قَبْلِى بِٱلْبَيِّنَٰتِ وَبِٱلَّذِى قُلْتُمْ فَلِمَ قَتَلْتُمُوهُمْ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ١٨٣
Sodiq
«Albatta, Alloh bizdan o`tda kuyadigan qurbonlik keltirmagan Payg`ambarga ishonmasligimizga ahd olgan», deydiganlarga: «Mendan oldin ham sizlarga Payg`ambarlar ochiq-oydin bayonotlar va siz aytgan narsa bilan kelganlar. Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, nimaga ularni o`ldirdingiz?» deb ayt.[1]
[1] Ya'ni, hozir Payg`ambar alayhissalomdan mo`'jiza keltirishni so`rashyapti. Mo`'jizani keltirsalar, u kishiga iymon keltirishga va'da qilmoqdalar. Lekin Qur'oni Karim ularni o`zlarining boshidan o`tgan voqelik bilan yuzma-yuz qo`ymoqda. Payg`ambar alayhissalotu vassalomga xitob etib, ularga «Mendan oldin ham sizlarga payg`ambarlar ochiq-oydin bayonotlar va siz aytgan narsa ya'ni, mo`'jizalar) bilan kelganlar. Agar mo`'jizani ko`rsak, iymon keltiramiz deganingizda) rostgo`y bo`lsalaringiz, nimaga ularni o`ldirdingiz?» deb ayt», deydi.)
184
فَإِن كَذَّبُوكَ فَقَدْ كُذِّبَ رُسُلٌ مِّن قَبْلِكَ جَآءُو بِٱلْبَيِّنَٰتِ وَٱلزُّبُرِ وَٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُنِيرِ١٨٤
Sodiq
Agar seni yolg`onchi qilsalar, sendan oldin ochiq-oydin bayonotlar, hikmatli kitoblar va nurli kitoblar bilan kelgan Payg`ambarlarni ham yolg`onchi qilganlar.
185
كُلُّ نَفْسٍ ذَآئِقَةُ ٱلْمَوْتِ ۗ وَإِنَّمَا تُوَفَّوْنَ أُجُورَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۖ فَمَن زُحْزِحَ عَنِ ٱلنَّارِ وَأُدْخِلَ ٱلْجَنَّةَ فَقَدْ فَازَ ۗ وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا مَتَٰعُ ٱلْغُرُورِ١٨٥
Sodiq
Har bir jon o`limni totguvchidir. Qiyomat kuni ajrlaringizni to`lig`icha olursiz. Kim do`zaxdan uzoqlashtirilsa va jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutibdi. Bu dunyo hayoti g`urur matohidan o`zga narsa emas.[1]
[1] Qiyomat kunida zarracha yaxshilik ham, zarracha yomonlik ham hisob-kitob qilinadi. Har bir insonga qilganiga yarasha mukofot yoki jazo to`lig`icha beriladi. Ana o`shanda haqiqiy yutuqqa erishgan kimu, mag`lubiyatga uchragan kim ekani ma'lum bo`ladi.)
186
۞لَتُبْلَوُنَّ فِىٓ أَمْوَٰلِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ وَلَتَسْمَعُنَّ مِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِكُمْ وَمِنَ ٱلَّذِينَ أَشْرَكُوٓاْ أَذًى كَثِيرًا ۚ وَإِن تَصْبِرُواْ وَتَتَّقُواْ فَإِنَّ ذَٰلِكَ مِنْ عَزْمِ ٱلْأُمُورِ١٨٦
Sodiq
Albatta, molu jonda sinovga uchraysiz. Albatta, sizdan oldin kitob berilganlardan va shirk keltirganlardan ko`plab ozor eshitasiz. Agar sabr qilsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, bu salmoqli ishlardandir.[1]
[1] Barcha aqida va da'vatlarda, albatta, balo-ofat va sinovlar bo`lishi shartdir. Dushmanlardan ozor eshitish va jafo ko`rish ham bor narsa. Bunday paytlarda sabr-toqatli, chidamli bo`lish va Alloh taologa taqvo qilish zarurdir. Chunki bu yo`l oliy maqsad yo`lidir. Jannat yo`lidir. Jannat yo`li doimo tikanlar bilan o`ralgan bo`ladi. Do`zax esa, shahvoniy ishlar, lazzatlar bilan o`ralgan bo`ladi.)
187
وَإِذْ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَٰقَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ لَتُبَيِّنُنَّهُۥ لِلنَّاسِ وَلَا تَكْتُمُونَهُۥ فَنَبَذُوهُ وَرَآءَ ظُهُورِهِمْ وَٱشْتَرَوْاْ بِهِۦ ثَمَنًا قَلِيلًا ۖ فَبِئْسَ مَا يَشْتَرُونَ١٨٧
Sodiq
Alloh kitob berilganlardan, uni odamlarga albatta bayon qilursiz va berkitmassiz, deb ahd olganini esla. Bas, uni ortlariga qaratib otdilar va arzon narxga sotdilar. Sotib olgan narsalari qanday ham yomon![1]
[1] Oyati karimada ahli kitoblarning, xususan, yahudiylarning ahdni buzib, xiyonat qilishlari o`ziga xos uslub ila bayon etilyapti. Aslida, Alloh ularga kitob berayotgan paytda, bu kitobni albatta, odamlarga bayon qilasiz va berkitmaysiz, deb ahd olgan edi. Jumladan, ular kelishining xabari o`z kitoblarida berilgan Muhammad alayhissalomning vasflari va u kishi haqidagi ma'lumotlarni berkitmasdan odamlarga bayon qilishlari kerak edi. Ular rozi bo`lib, ahd berib olgan bo`lsalar ham, ahdni buzdilar.)
188
لَا تَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ يَفْرَحُونَ بِمَآ أَتَواْ وَّيُحِبُّونَ أَن يُحْمَدُواْ بِمَا لَمْ يَفْعَلُواْ فَلَا تَحْسَبَنَّهُم بِمَفَازَةٍ مِّنَ ٱلْعَذَابِ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ١٨٨
Sodiq
Qilganlariga xursand bo`lib, qilmaganlariga maqtalishni suyadiganlarni azobdan najotda deb hisoblama. Ularga alamli azob bor!
189
وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ١٨٩
Sodiq
Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir.
190
إِنَّ فِى خَلْقِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱخْتِلَٰفِ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ لَـَٔايَٰتٍ لِّأُوْلِى ٱلْأَلْبَٰبِ١٩٠
Sodiq
Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashinishida aql egalari uchun belgilar bor.[1]
[1] Osmonga nazar solib, aqlini ishlatgan odam, yerga nazar solib, aqlini ishlatgan odam, kechayu kunduzning almashishiga nazar solib, aqlini ishlatgan odam, albatta, Allohning yagonaligiga, qudratiga, yaratuvchiligiga qoyil qolmasdan iloji yo`q.)
191
ٱلَّذِينَ يَذْكُرُونَ ٱللَّهَ قِيَٰمًا وَقُعُودًا وَعَلَىٰ جُنُوبِهِمْ وَيَتَفَكَّرُونَ فِى خَلْقِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ رَبَّنَا مَا خَلَقْتَ هَٰذَا بَٰطِلًا سُبْحَٰنَكَ فَقِنَا عَذَابَ ٱلنَّارِ١٩١
Sodiq
Allohni tik turgan, o`tirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan, osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlar: «Robbimiz, buni bekorga yaratganing yo`q, O`zing poksan, bizni o`t azobidan saqlagin.
192
رَبَّنَآ إِنَّكَ مَن تُدْخِلِ ٱلنَّارَ فَقَدْ أَخْزَيْتَهُۥ ۖ وَمَا لِلظَّٰلِمِينَ مِنْ أَنصَارٍ١٩٢
Sodiq
Robbimiz, albatta, Sen kimni do`zaxga kiritsang, batahqiq, uni sharmanda qilibsan. Va zolimlarga yordam beruvchilar yo`q.
193
رَّبَّنَآ إِنَّنَا سَمِعْنَا مُنَادِيًا يُنَادِى لِلْإِيمَٰنِ أَنْ ءَامِنُواْ بِرَبِّكُمْ فَـَٔامَنَّا ۚ رَبَّنَا فَٱغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَكَفِّرْ عَنَّا سَيِّـَٔاتِنَا وَتَوَفَّنَا مَعَ ٱلْأَبْرَارِ١٩٣
Sodiq
Robbimiz, biz nido qiluvchining «Robbingizga iymon keltiring!» deb nido qilayotganini eshitdik va iymon keltirdik. Robbimiz, bizning gunohlarimizni kechirgin va yomonliklarimizni o`chirgin hamda yaxshilar bilan birga o`ldirgin.
194
رَبَّنَا وَءَاتِنَا مَا وَعَدتَّنَا عَلَىٰ رُسُلِكَ وَلَا تُخْزِنَا يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ إِنَّكَ لَا تُخْلِفُ ٱلْمِيعَادَ١٩٤
Sodiq
Robbimiz, bizga Payg`ambarlaringga va'da qilgan narsalaringni bergin va bizni qiyomat kuni sharmanda qilmagin. Albatta, Sen va'daga xilof qilmassan», derlar.[1]
[1] Ushbu oyati karimalardan ko`rinib turibdiki, Allohning biru borligi hamda cheksiz qudrati va boshqa komil sifatlarini to`la anglab yetish uchun ibodat va tafakkur lozim ekan. Biri bo`lib ikkinchisi bo`lmasa ham, ish bitmas ekan. Allohni tik turgan, o`tirgan va yonboshlagan hollarda eslash darajasi ulug` daraja bo`lib, inson ibodatga oliy maqomga erishgandagina ushbu darajaga ko`tariladi. Shunday darajada tafakkur qilgan odam qalbi sof holga keladi va duo qilsa, ijobat bo`ladigan maqomga yetadi.)
195
فَٱسْتَجَابَ لَهُمْ رَبُّهُمْ أَنِّى لَآ أُضِيعُ عَمَلَ عَٰمِلٍ مِّنكُم مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ ۖ بَعْضُكُم مِّنۢ بَعْضٍ ۖ فَٱلَّذِينَ هَاجَرُواْ وَأُخْرِجُواْ مِن دِيَٰرِهِمْ وَأُوذُواْ فِى سَبِيلِى وَقَٰتَلُواْ وَقُتِلُواْ لَأُكَفِّرَنَّ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَلَأُدْخِلَنَّهُمْ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ثَوَابًا مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ عِندَهُۥ حُسْنُ ٱلثَّوَابِ١٩٥
Sodiq
Robbilari ularning (duolarini) ijobat qilib: «Men sizlardan erkagu ayol amal qiluvchining amalini zoye qilmasman. Ba'zingiz ba'zingizdansiz. Hijrat qilganlar, diyorlaridan chiqarilganlar, Mening yo`limda aziyat chekkanlar, jang qilganlar va qatl bo`lganlarning yomonliklarini o`chirurman hamda ularni albatta ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiriturman, bu — Allohning huzuridan savobdir. Va Alloh — huzurida go`zal savob bor Zotdir», dedi.[1]
[1] Ushbu oyati karimada Alloh taolo tafakkuringizni, xayolingizni, niyatingizni yoki gapu so`zingizni zoye qilmayman, degani yo`q. Balki, amalingizni zoye qilmayman, demoqda. Demak, Allohning o`lchovida eng e'tiborga sazovor narsa amaldir. Yaxshilik yo`lida qilingan amal, Islom dini nazarida, ibodat darajasiga ko`tariladi. Amal qiluvchi iymonli bo`lsa bo`ldi. Uning kimligidan qat'iy nazar, amali zoye bo`lmaydi.)
196
لَا يَغُرَّنَّكَ تَقَلُّبُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فِى ٱلْبِلَٰدِ١٩٦
Sodiq
Kufr keltirganlarning yurt kezishlari seni aldab qo`ymasin.
197
مَتَٰعٌ قَلِيلٌ ثُمَّ مَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۚ وَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ١٩٧
Sodiq
Bu ozgina matohdir. So`ngra o`rinlari jahannamdir. U qanday ham yomon yotoq![1]
[1] Bu dunyoning qiziq ishlaridan biri shuki, mo`minlar, abrorlar azob-uqubatga duchor bo`lib, yurtlaridan hijrat qilib chiqib yoki haydab chiqarilib yoki qamoqlarga tashlanib, Allohning yo`lida aziyatlar chekib turgan bir paytda, kofirlar kibru havo, dabdabayu tantana bilan yurt kezadilar. Hammaga o`zlarini ko`z-ko`z qiladilar. Bu holat mo`minlarni xafa qilib, nimaga bunday bo`ladi, degan savolni ko`ngliga solib, adashtirib, aldab qo`yishi mumkin. Ushbu oyat ana shunaqa aldovga berilib qolmaslikni mo`minlarga Payg`ambar alayhissalotu vassalom orqali tayinlamoqda.)
198
لَٰكِنِ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْاْ رَبَّهُمْ لَهُمْ جَنَّٰتٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا نُزُلًا مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ ۗ وَمَا عِندَ ٱللَّهِ خَيْرٌ لِّلْأَبْرَارِ١٩٨
Sodiq
Lekin Robbilariga taqvo qilganlar uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bo`lib, unda abadiy qolurlar. Bu Allohdan ziyofatdir. Alloh huzuridagi narsa abrorlar uchun yaxshidir.
199
وَإِنَّ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ لَمَن يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْكُمْ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْهِمْ خَٰشِعِينَ لِلَّهِ لَا يَشْتَرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ۗ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ١٩٩
Sodiq
Albatta, ahli kitoblardan Allohga, sizlarga tushirilgan narsaga, ularga tushirilgan narsaga iymon keltiradiganlari, Allohga o`zini xor tutib bo`yin egadiganlari, Allohning oyatlarini arzon bahoga sotmaydiganlari bordir. Ana o`shalarga Robbilari huzurida ajr bordir. Albatta, Alloh tezhisob Zotdir.
200
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱصْبِرُواْ وَصَابِرُواْ وَرَابِطُواْ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ٢٠٠
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Sabr qiling. Sabr ila g`olib keling. Kurashga bel bog`lab turing. Allohga taqvo qiling. Shoyadki, yutuqqa erishsangiz.[1]
[1] Sabr ila g`olib kelish muhim narsa, chunki qarshi taraf ham o`ziga yarasha sabrlidir. Demak, ikki tomonning sabrlari kurashida mo`minlarning sabri g`olib kelishi kerak. Buni shar'iy istilohda «musobara» deyiladi. Biz «kurashga bel bog`lab turing» deb tarjima qilgan ibora esa, «murobata» deyilib, ibodat joyida yoki musulmonlarni dushmandan himoya qilish joyida bardavom bo`lish ma'nosini beradi.)