Sura 68

Qalam

A

Qalam

52 oyat |MakkaMakka |
Sura 68 • Oyat 1 / 52 • Juz 292⁄8 • Sahifa 564
Qalam
ﻉ498Juz 29 2⁄8498ﻉ
2
1
۞ نٓ ​ۚ وَٱلْقَلَمِ وَمَا يَسْطُرُونَ‮١‬‬‬
Sodiq
Nuun. Qalam bilan va satrlarga yozadigan narsalar bilan qasam.[1]

[1] Oyatda qasam qalam bilan cheklanmadi, balki Alloh satrlarga yozilajak narsalar bilan ham qasam ichdi. Bizning zamonamizda qalamdan boshqa yozuv qo`llanmalari ham chiqdi. Qalam va yozish bilan qasam ichilishi musulmonlar uchun o`qish-yozish, ilm-ma'rifatga katta e'tibor berishga chaqiriqdur.)
2
مَآ أَنتَ بِنِعْمَةِ رَبِّكَ بِمَجْنُونٍ‮٢‬‬‬
Sodiq
Sen Robbing ne'mati ila majnun emassan.
3
وَإِنَّ لَكَ لَأَجْرًا غَيْرَ مَمْنُونٍ‮٣‬‬‬
Sodiq
Va albatta, senga minnat qilinmaydigan ajr bordur.
4
وَإِنَّكَ لَعَلَىٰ خُلُقٍ عَظِيمٍ‮٤‬‬‬
Sodiq
Va albatta, sen ulkan xulqdasan.
5
فَسَتُبْصِرُ وَيُبْصِرُونَ‮٥‬‬‬
Sodiq
Bas, tezda ko`rasan va ular ham ko`rurlar.
6
بِأَييِّكُمُ ٱلْمَفْتُونُ‮٦‬‬‬
Sodiq
Sizlardan qaysingizda majnunlik borligini.
7
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ‮٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, Robbing O`zi kim Uning yo`lidan adashganini biluvchidur va U hidoyatda yuruvchilarni ham biluvchidur.
8
فَلَا تُطِعِ ٱلْمُكَذِّبِينَ‮٨‬‬‬
Sodiq
Bas, yolg`onga chiqaruvchilarga itoat qilma.
9
وَدُّواْ لَوْ تُدْهِنُ فَيُدْهِنُونَ‮٩‬‬‬
Sodiq
Agar sen murosa qilsang, ular ham murosa qilishni orzu qiladilar.
10
وَلَا تُطِعْ كُلَّ حَلَّافٍ مَّهِينٍ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Itoat qilma! Har bir qasamxo`r, pastkashga.
11
هَمَّازٍ مَّشَّآءٍ بِنَمِيمٍ‮١١‬‬‬
Sodiq
Ayblovchi, chaqimchilik qilib yuruvchiga.
12
مَّنَّاعٍ لِّلْخَيْرِ مُعْتَدٍ أَثِيمٍ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Yaxshilikni man qiluvchi, tajovuzkor, sergunohga.
13
عُتُلٍّ بَعْدَ ذَٰلِكَ زَنِيمٍ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Qo`pol, undan so`ng, otasining tayini yo`qqa.
14
أَن كَانَ ذَا مَالٍ وَبَنِينَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Moli va o`g`illari ko`p bo`lganidan.
15
إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ ءَايَٰتُنَا قَالَ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Bizning oyatlarimiz unga o`qilgan paytda, avvalgilarning afsonalari, der.
16
سَنَسِمُهُۥ عَلَى ٱلْخُرْطُومِ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Tezda uning tumshug`iga belgi qo`yamiz.
17
إِنَّا بَلَوْنَٰهُمْ كَمَا بَلَوْنَآ أَصْحَٰبَ ٱلْجَنَّةِ إِذْ أَقْسَمُواْ لَيَصْرِمُنَّهَا مُصْبِحِينَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz ularni bog` egalarini sinaganimizdek sinab ko`rdik. Vaqtiki, erta tongda terib olamiz, deb qasam ichdilar.
18
وَلَا يَسْتَثْنُونَ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Va istisno qilmadilar.
19
فَطَافَ عَلَيْهَا طَآئِفٌ مِّن رَّبِّكَ وَهُمْ نَآئِمُونَ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Ular uxlab yotganda, u(bog`)ning ustidan Robbingdan bo`lgan aylanuvchi aylanib chiqdi.
20
فَأَصْبَحَتْ كَٱلصَّرِيمِ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Bas, u xuddi mevasi terib olinganga o`xshab qoldi.
21
فَتَنَادَوْاْ مُصْبِحِينَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Ular tong saharda bir-birlarini chaqirdilar.
22
أَنِ ٱغْدُواْ عَلَىٰ حَرْثِكُمْ إِن كُنتُمْ صَٰرِمِينَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Agar teradigan bo`lsangiz, ekinzoringizga ertaroq boring, deb.
23
فَٱنطَلَقُواْ وَهُمْ يَتَخَٰفَتُونَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Bas, past ovoz bilan gaplashib yurib ketdilar.
24
أَن لَّا يَدْخُلَنَّهَا ٱلْيَوْمَ عَلَيْكُم مِّسْكِينٌ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Bugun siz boringizda u(bog`)ga miskin kira ko`rmasin, deb.
25
وَغَدَوْاْ عَلَىٰ حَرْدٍ قَٰدِرِينَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Va ertalabda qasd-la, o`zlarini qodir sezib, bordilar.
26
فَلَمَّا رَأَوْهَا قَالُوٓاْ إِنَّا لَضَآلُّونَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Uni ko`rganlarida, biz adashibmiz, dedilar.
27
بَلْ نَحْنُ مَحْرُومُونَ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Balki biz mahrum bo`lgandirmiz, dedilar.
28
قَالَ أَوْسَطُهُمْ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ لَوْلَا تُسَبِّحُونَ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Ularning eng yaxshi va adolatlisi: «Sizlarga tasbih aytsalaringiz-chi, demabmidim», dedi.
29
قَالُواْ سُبْحَٰنَ رَبِّنَآ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Robbimiz ayblardan pok bo`ldi, albatta, biz zolimlardan edik, dedilar.
30
فَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ يَتَلَٰوَمُونَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Bas, ba'zilari ba'zilarini malomat qila boshladilar.
31
قَالُواْ يَٰوَيْلَنَآ إِنَّا كُنَّا طَٰغِينَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
«Voy, sho`rimiz qursin, tug`yonga ketgan ekanmiz.
32
عَسَىٰ رَبُّنَآ أَن يُبْدِلَنَا خَيْرًا مِّنْهَآ إِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا رَٰغِبُونَ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Shoyad, Robbimiz uning o`rniga undan ko`ra yaxshirog`ini bersa. Biz o`z Robbimizga rag`batlimiz, dedilar.
33
كَذَٰلِكَ ٱلْعَذَابُ ​ۖ وَلَعَذَابُ ٱلْـَٔاخِرَةِ أَكْبَرُ ​ۚ لَوْ كَانُواْ يَعْلَمُونَ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Azob shundoq bo`lur va agar bilsalar, albatta, oxirat azobi bundan katta bo`ladir.
34
إِنَّ لِلْمُتَّقِينَ عِندَ رَبِّهِمْ جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, taqvodorlar uchun Robbilari huzurida na'iym jannatlari bordur.
35
أَفَنَجْعَلُ ٱلْمُسْلِمِينَ كَٱلْمُجْرِمِينَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Musulmonlarni jinoyatkorlarga o`xshatib qo`yarmidik?!
36
مَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Sizlarga nima bo`ldi, qanday hukm chiqaryapsizlar?!
37
أَمْ لَكُمْ كِتَٰبٌ فِيهِ تَدْرُسُونَ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Yoki sizlarning kitobingiz bor-u, undan o`qidingizmi?
38
إِنَّ لَكُمْ فِيهِ لَمَا تَخَيَّرُونَ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Unda sizlarga nimani ixtiyor qilsangiz, albatta, (bo`laveradi) deyilganmi?!
39
أَمْ لَكُمْ أَيْمَٰنٌ عَلَيْنَا بَٰلِغَةٌ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ ​ۙ إِنَّ لَكُمْ لَمَا تَحْكُمُونَ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Yoki sizlarga bizning qiyomat kunigacha yetadigan bergan va'dalarimiz bo`lib, unda, albatta, siz nima hukm qilsangiz, shu bo`ladi, deyilganmi?!
40
سَلْهُمْ أَيُّهُم بِذَٰلِكَ زَعِيمٌ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
So`ra ulardan, qay birlari bu narsaga kafil ekan?
41
أَمْ لَهُمْ شُرَكَآءُ فَلْيَأْتُواْ بِشُرَكَآئِهِمْ إِن كَانُواْ صَٰدِقِينَ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Yoki ularning sheriklari bormikin, agar rostgo`y bo`lsalar, o`sha sheriklarini ham olib kelsinlar.
42
يَوْمَ يُكْشَفُ عَن سَاقٍ وَيُدْعَوْنَ إِلَى ٱلسُّجُودِ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Boldirlar shimarilgan kunida va ular sajdaga chaqirilganda, qodir bo`lmaslar.[1]

[1] Bu qiyomat kuni sodir bo`ladi. U kunda hisob-kitob shiddatli va ahvol og`ir bo`ladi. Alloh taolo xalqlar o`rtasida hukm qilish uchun keladi, bir payt U zotning mukarram boldiri ochiladi, biroq bu maxluqlaridagi biron holatga o`xshamaydi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan hadisda Payg`ambar sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar «Robbimiz boldirini ochadi va har bir mo`min va mo`mina Unga sajda qiladi. Dunyoda odamlarga ko`rsatish va eshittirish uchun riyokorona sajda qilgan kimsalargina qoladi. Ular sajda qilmoqchi bo`ladilar-u, biroq bellari bukilmaydigan) bir butun qilib qo`yiladi».
43
خَٰشِعَةً أَبْصَٰرُهُمْ تَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ ​ۖ وَقَدْ كَانُواْ يُدْعَوْنَ إِلَى ٱلسُّجُودِ وَهُمْ سَٰلِمُونَ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Ularning ko`zlari qo`rqinchga to`la, xorlik o`rab olgan. Va darhaqiqat, ular salomatlik hollarida sajda qilishga chaqirilgan edilar.
44
فَذَرْنِى وَمَن يُكَذِّبُ بِهَٰذَا ٱلْحَدِيثِ ​ۖ سَنَسْتَدْرِجُهُم مِّنْ حَيْثُ لَا يَعْلَمُونَ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Bu gapni yolg`onga chiqaruvchilarni Mening O`zimga qo`yib qo`y. Biz ularni o`zlari bilmagan tarafdan asta-sekin olamiz.
45
وَأُمْلِى لَهُمْ ​ۚ إِنَّ كَيْدِى مَتِينٌ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Va ularga muhlat beraman. Albatta, Mening hiylam metindir.
46
أَمْ تَسْـَٔلُهُمْ أَجْرًا فَهُم مِّن مَّغْرَمٍ مُّثْقَلُونَ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Yoki sen ulardan haq so`rayapsan-u, ular qarzga botib qoldilarmi?
47
أَمْ عِندَهُمُ ٱلْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبُونَ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Yoki huzurlarida g`oyib ilmi bor-u, ular yozib oladilarmi?
48
فَٱصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ وَلَا تَكُن كَصَاحِبِ ٱلْحُوتِ إِذْ نَادَىٰ وَهُوَ مَكْظُومٌ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Robbing hukmiga sabr qil va bir vaqtlar g`amga to`lgan holda nido qilgan baliq sohibiga o`xshama.
49
لَّوْلَآ أَن تَدَٰرَكَهُۥ نِعْمَةٌ مِّن رَّبِّهِۦ لَنُبِذَ بِٱلْعَرَآءِ وَهُوَ مَذْمُومٌ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Agar uni Robbisining ne'mati topmaganda, ochiq sahro joyga, mazammatga qolgan holda tashlangan bo`lardi.
50
فَٱجْتَبَٰهُ رَبُّهُۥ فَجَعَلَهُۥ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Bas, uni Robbisi tanlab oldi va solih bandalaridan qildi.
51
وَإِن يَكَادُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَيُزْلِقُونَكَ بِأَبْصَٰرِهِمْ لَمَّا سَمِعُواْ ٱلذِّكْرَ وَيَقُولُونَ إِنَّهُۥ لَمَجْنُونٌ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Va kofirlar zikrni eshitayotganlarida seni ko`zlari bilan toydirmoqchi bo`ldilar va, albatta, u jinnidur, derlar.
52
وَمَا هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِّلْعَٰلَمِينَ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Holbuki, u butun olamlarga eslatmadan o`zga narsa emas.