Allohning go'zal ismlari

Al-Muhaymin

Kuzatuvchi, Saqlovchi

المُهَیْمِنُ

Al-Muhaymin (Kuzatuvchi, Saqlovchi) — maxluqotlarni kuzatadigan, ularni himoya qiladigan va ularning amallarini saqlaydigan, ishonchga loyiq va payg’ambarlarining rostgo’yligini tasdiqlaydigan Zot. Bu ism Allohning mutlaq hokimiyat va mukammal ilmga ega ekanini va O’z maxluqotlariga uzluksiz g’amxo’rlik qilishini, niyat qilgan va taqdir qilgan narsasini amalga oshirishiga hech narsa to’sqinlik qila olmasligini bildiradi.

Qur’onda zikr qilinishi: 1 marta.

Dalil: U — Alloh Undan o’zga iloh yo’q Zotdir. U — Malik, U — Quddus, U — Salom, U — Mu’min, U — Muhaymin, U — Aziyz, U — Jabbor, U — Mutakabbirdir. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir. (Sura 59 «Hashr», Oyat 23)