Al-Hakam (Adolatli Hakam) — O’z irodasini amalga oshirish uchun mutlaq hokimiyatga ega, adolatli qonunlar chiqaradigan va adolatli hukm yurgizadigan, amrlari hikmatga to’la va zulm va adolatsizlikka hech qanday aloqasi yo’q Zot. Bu ismning ma’nosini ochib, as-Sa’diy yozadi: «Bu — bandalarni bu dunyoda ham, oxiratda ham adolatli va xolis hukm qiladigan; hech kimga hatto bir zarra og’irligicha ham adolatsizlik qilmaydigan va odamlarga boshqalarning gunohi uchun mas’uliyat yuklamaydigan; bandalarni faqat o’zlari qilgan gunohlari uchun jazolaydigan va haqlari tortib olinganlarga ularni qaytaradigan, haqqi poymol qilingan har bir kishi o’ziga tegishli bo’lgan hamma narsani albatta oladigan; qarorlari va taqdiri adolatli bo’lgan Zot».
Qur’onda zikr qilinishi: 1 marta.
Bog’liq shakllar: خَيْر ٱلْحَاكِمِين — 5 marta.
Dalil: Allohdan o’zgani hakam qilib olaymi? Holbuki, U sizga kitobni batafsil etib nozil qildi. Biz ularga kitob berganlar uning Robbingdan haq ila nozil qilinganini bilurlar. Bas, shak keltiruvchilardan bo’lma. (Sura 6 «An'om», Oyat 114)