Al-Hasiyb (Hisob Oluvchi, Kifoya Qiluvchi, Sharafli) — O’z bandalarini hayot uchun zarur bo’lgan hamma narsa bilan ta’minlaydigan, ularni javobgarlikka tortadigan va loyiqlariga yarasha jazo yoki mukofot beradigan, eng sharafli va mukammal sifatlarga ega Zot. As-Sa’diy yozadi: «Al-Hasiyb — O’z bandalari haqida hamma narsani biladigan, Unga tavakkal qilganlarni ta’minlaydigan, O’z hikmatiga va ularning katta-kichik amallari haqida bilganiga tayanib, bandalarini mukofotlaydigan va jazolaydigan Zot».
Qur’onda zikr qilinishi: 3 marta.
Dalil: Yetimlarni to nikoh(yoshi)ga yetgunlaricha sinab turinglar. Agar ularning es-hushi joyida ekanini bilsangiz, ularga o’z mollarini topshiring. U mollarni isrof ila va egalarining katta bo’lib qolishidan qo’rqib shoshilib yemang. Boy bo’lganlar iffatli bo’lsinlar. Kim kambag’al bo’lsa, to’g’rilik bilan yesin. Ularga o’z mollarini topshirayotganingizda guvohlar keltiring. Hisobchilikka Allohning O’zi kifoya qilur. (Sura 4 «Niso», Oyat 6)