Al-Kafiyl (Kafil) — O’z bandalariga va ularni rizq va hayot vositalari bilan ta’minlashga kafil bo’lgan, ularning manfaatlari haqida g’amxo’rlik qiladigan, ishlarini tartibga soladigan va ehtiyojlarini qondiradigan Zot. Bu go’zal ism ma’no jihatidan Al-Vakiyl ismiga yaqin. Al-Isfahoniy yozadi: «Ba’zan Al-Vakiyl ismi Al-Kafiyl deb talqin qilinadi, ammo Al-Vakiyl ismining ma’nosi kengroq, chunki har bir kafil — vakil, ammo har bir vakil kafil emas».
Qur’onda zikr qilinishi: 1 marta.
Bog’liq shakllar: ٱلْوَكِيل — 13 marta.
Dalil: Agar ahdlashsangiz, Allohning ahdiga vafo qiling. Qasamlarni ta’kid qilinganidan so’ng buzmang. Batahqiq, Allohni o’zingizga kafil qilgansiz-a! Albatta, Alloh nima qilayotganingizni bilur. (Sura 16 «Nahl», Oyat 91)