Al-Qayyum (Hammani Tutib Turuvchi) — behojat va mavjudligi O’zida bo’lgan, kamoloti vaqt o’tishi bilan yoki qandaydir sabab va shartlar ta’sirida o’zgarmaydigan, hayotni yaratib, uni qo’llab turadigan, Uning irodasisiz hech narsa mumkin bo’lmagan Zot. Bu ism ilohiy ishlarga bog’liq xususiyatlarni o’zida jamlaydi. U hamma ustidan hukmronlik qiladi va hammani boshqaradi, qarorlar qabul qiladi va O’zining hokimona irodasini amalga oshiradi. Hech bir tirik yoki jonsiz narsa Uning madadisiz mavjud bo’la olmaydi, sokinlik va harakat faqat Uning bilishi va ruxsati bilan mavjud bo’ladi.
Qur’onda zikr qilinishi: 3 marta.
Dalil: Alloh, Undan o’zga iloh yo’q. U tirikdir va qayyumdir. Uni mudroq ham, uyqu ham olmas. Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Uning huzurida O’zining iznisiz hech kim shafoat qila olmas. U ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Uning ilmidan hech narsani ihota qila olmaslar, magar O’zi xohlaganini, xolos. Uning kursisi osmonlaru yerni qamragan. U ularni muhofaza qilishdan charchamas. Va U Aliy va Aziym Zotdir. (Sura 2 «Baqara», Oyat 255)