Ar-Rohiym (Rahmli) — O’z maxluqotlariga rahm qiladigan, ularga ne’matlar beradigan, rizq bilan ta’minlaydigan, ularni yomonlikdan saqlaydigan va yaxshi amallari uchun loyiq bo’lganlaridan ancha ko’proq mukofot beradigan Zot. Ar-Rohman ismi rahmatning Allohga xos ekanini bildirsa, Ar-Rohiym ismi — fe’l sifatidir. Abdurrahmon ibn Yahyo aytgan: «Ar-Rohman ismi faqat Allohga tegishli, ammo amalda bu sifatga maxluqotlar ham ega bo’lishi mumkin, Ar-Rohiym ismi esa maxluqotlarga ham nisbatan aytilishi mumkin, ammo amalda bu sifatga faqat Alloh egadir».
Qur’onda zikr qilinishi: 114 marta.
Dalil: Sen (Mening tarafimdan): «Ey, o’z jonlariga isrof (javr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo’lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag’firat etar. Albatta, Uning O’zi o’ta mag’firatli va o’ta rahimli Zotdir», deb ayt. (Sura 39 «Zumar», Oyat 53)