Al-Muhsin (Ehson Qiluvchi) — hamma narsani a’lo darajada rejalashtirgan va yaratgan, O’z maxluqotlariga mo’l yaxshilik qiladigan va yaxshilik qiluvchilarni sevadigan Zot. Bu ism Qur’onda zikr qilinmaydi, ammo ishonchli hadislarda uchraydi. At-Tabaroniy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladiki, Payg’ambar (unga Allohning salovoti va salomi bo’lsin) aytdi: «Albatta, Alloh — Al-Muhsin va yaxshilik qilinishini yaxshi ko’radi. Shuning uchun hukm chiqarganingizda adolatli bo’ling, hayvon so’yganingizda esa buni yaxshi qiling» [Al-Mu’jam al-avsat 5735, As-Silsila as-sahiha 469].
Bu ism Qur’onda zikr qilinmagan, Sunnatda uchraydi.