Allohning go'zal ismlari

Al-Barr

Yaxshilik Qiluvchi, Mehribon

البَرُّ

Al-Barr (Yaxshilik Qiluvchi, Mehribon) — O’z bandalariga mehribon va ularga yaxshilikni xohlaydigan, yaxshilikni yaxshi ko’radigan va yaxshilik qilishdan to’xtamaydigan, va’dasini buzmaydigan va o’zgartirmaydigan Zot. Al-Xattobiy yozadi: «Al-Barr — O’z bandalariga hamdard bo’lgan va ularga yaxshilik qiladigan Zot. Uning mehribonligi barcha yaratganlarini qamrab oladi va U ularga ne’mat berishda baxillik qilmaydi. U O’ziga yaqin bandalarini alohida ajratib, O’ziga ibodat qilish uchun tanlaganda, yaxshilik qiluvchilarning mukofotini ko’paytirganda va gunohkorlarni jazolamay, kechirganda mehribonlik ko’rsatadi».

Qur’onda zikr qilinishi: 1 marta.

Dalil: Albatta, biz ilgari Unga duo qilardik. Albatta, Uning O’zi yaxshilik qiluvchi va rahimlidur». (Sura 52 «Tur», Oyat 28)