Allohning go'zal ismlari

Al-Majiyd

Sharafli, Ulug'vor

المَجِيدُ

Al-Majiyd (Sharafli, Ulug’vor) — o’tkinchi bo’lmagan va hamma narsani qamrab olgan eng yuksak sharafga ega, ko’plab eng mukammal sifatlarga ega, sharafi Uning saxovatida, ulug’ligida, ismlari va ishlarida ochiladigan Zot. Al-Halimiy yozganidek, arablar sharafga ega va unga tajovuz qilmoqchi bo’lganlar uchun daxlsiz bo’lgan kishini majid deb ataydilar.

Qur’onda zikr qilinishi: 2 marta.

Dalil: Ular: «Allohning amridan ajablanasanmi? Ey, ahli baytlar, sizlarga Allohning rahmati va barakotlari bo’lgay. Albatta, U maqtalgan va buyuk Zotdir», dedilar. (Sura 11 «Hud», Oyat 73)