Allohning go'zal ismlari

Al-G'aniy

Boy, Behojat

الغَنِيُّ

Al-G’aniy (Boy, Behojat) — hech kimga va hech narsaga muhtoj bo’lmagan, barcha maxluqotlar esa Unga muhtoj bo’lgan, O’z bandalariga ne’matlar beradigan va xohlagan kishisini muhtojlikdan xalos etadigan, O’z irodasini qiyinchiliksiz, xohlaganicha amalga oshiradigan Zot.

Qur’onda zikr qilinishi: 18 marta.

Dalil: Ular, «Alloh farzand tutdi», dedilar. U (bundan) pokdir. U behojatdir. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Bu haqda sizning hech qanday dalilingiz yo’q-ku! Allohga nisbatan bilmagan narsangizni aytaverasizmi? (Sura 10 «Yunus», Oyat 68)