Allohning go'zal ismlari

Al-Afuvv

Afv Etuvchi, Kechiruvchi

العَفُوُّ

Al-Afuvv (Afv Etuvchi, Kechiruvchi) — O’z oldida ayb qilganlarni jazolashdan tiyiladigan, gunohlarni izsiz o’chiradigan va ularning og’ir oqibatlaridan ozod qiladigan Zot. Al-G’azzoliy yozadi: «Al-Afuvv — yomonliklarni o’chiradigan va gunohlarni kechiradigan Zot. Bu ism Al-G’afur ismiga o’xshaydi, ammo mazmunliroq, chunki g’ufron gunohlarni yopishni bildiradi, afv esa gunohlar o’chirilishini anglatadi. Gunohni o’chirish — uni yopishdan ko’ra ko’proqdir».

Qur’onda zikr qilinishi: 5 marta.

Dalil: Ey, iymon keltirganlar! Mast holingizda — to aytayotgan gapingizni biladigan bo’lmaguningizcha — namozga yaqinlashmang va junub holingizda ham, to g’usl qilmaguningizcha. Magar yo’ldan o’tuvchi bo’lsa, mayli. Agar bemor yoki safarda bo’lsangiz yoki sizdan biringiz tahoratxonadan kelsa yoxud ayollarga yaqinlashgan bo’lsangiz-u, suv topa olmasangiz, pokiza tuproq-la tayammum qiling. Bas, yuzingizga va qo’llaringizga mas’h torting. Albatta, Alloh afv etuvchi va mag’firat qiluvchi Zotdir. (Sura 4 «Niso», Oyat 43)