Alloh — bu Xudoning xos ismi, yagona haqiqiy Mavjud, olamning Yaratuvchisi va Egasi, eng mukammal sifatlarga ega, O’zi orqali, O’zi yaratgan olamdan tashqarida va undan mustaqil holda mavjud bo’lgan Zot. Bu ism bilan boshqa hech kim na to’g’ri, na ko’chma ma’noda atalishi mumkin emas, xuddi boshqa hech kim iloh bo’la olmasligi va ibodatga loyiq emasligi kabi. Alloh taolo aytdi: U osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning Robbidir. Bas, Unga ibodat qil va Uning ibodatida sabrli bo’l. Unga tengdoshni bilurmisan? (Sura 19 «Maryam», Oyat 65).
Qur’onda zikr qilinishi: 2699 marta.
Dalil: Albatta, Men O’zim Allohdirman. Mendan o’zga iloh yo’q. Bas, Menga ibodat qil va Meni zikr etish uchun namozni to’kis ado et. (Sura 20 «Toha», Oyat 14)