Al-Mavlo (Homiy, Mavlo) — qarorlar qabul qiladigan va maxluqotlarning ishlarini boshqaradigan, mo’minlarga homiylik qiladigan va dushmanlariga qarshi ularga yordam beradigan Zot. Bu ism ma’no jihatidan Al-Valiy ismiga yaqin. Bu so’zlarning qo’llanilishidagi farq shundaki, valiy so’zi Allohga yaqin bandalarga nisbatan ham ishlatiladi, mavlo so’zi esa «Allohning bandasi» yoki «Allohga yaqin» degan birikmalarda ishlatilmaydi.
Qur’onda zikr qilinishi: 12 marta.
Bog’liq shakllar: ٱلْوَلِيّ — 14 marta.
Dalil: Agar yuz o’girsalar, bas, bilginki, albatta, Alloh xojangizdir. U qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchi! (Sura 8 «Anfol», Oyat 40)