Ar-Roqiyb (Nazorat Qiluvchi) — O’z bandalarini ko’radigan va ularning amallarini nazorat qiladigan, ularning so’zlari va xatti-harakatlarini saqlaydigan va hisoblaydigan, bandalaridan itoat talab qiladigan va ularni itoatsizlikdan ogohlantiradigan Zot. Al-Xattobiy yozadi: «Bu — hech narsani e’tibordan chetda qoldirmaydigan Saqlovchidir».
Qur’onda zikr qilinishi: 3 marta.
Dalil: Senga bundan boshqa ayollar halol bo’lmas va ularga boshqa zavjalarni almashtirishing ham bo’lmas. Agar o’shalarning husni seni ajablantirsa ham. Magar qo’lingda mulk bo’lgan (cho’ri) bo’lsa mumkin. Alloh har bir narsani kuzatib turguvchi Zotdir. (Sura 33 «Ahzob», Oyat 52)