Allohning go'zal ismlari

Al-Matiyn

Mustahkam, Yengilmas

المَتِینُ

Al-Matiyn (Mustahkam, Yengilmas) — qudratli kuchga ega va O’z irodasini bajarish uchun yordamchilar va vositalarga muhtoj bo’lmagan; niyat qilganini amalga oshirishiga hech kim va hech narsa to’sqinlik qilmaydigan va hech qachon charchoq bosmaydigan Zot. U tashqi kuchlarga mutlaqo bog’liq emas, ammo butun mavjudot Unga bog’liq va Uning irodasiga bo’ysunadi. U xohlaganini yaratadi, xohlaganini amr qiladi va xohlaganini bekor qiladi.

Qur’onda zikr qilinishi: 1 marta.

Dalil: Albatta, Alloh O’zi rizq beruvchi, quvvat egasi, shiddatlidir. (Sura 51 «Zoriyot», Oyat 58)