Al-Qaviy (Kuchli) — qudratli kuchga ega, Undan ustun kelib bo’lmaydigan va Undan qochib qutulib bo’lmaydigan Zot. Zaiflik, ojizlik, charchoq, sustlik, uyquchanlik kabi sifatlar Unga mutlaqo begonadir. U ba’zilarga kuch beradi va boshqalarni zaif qiladi. U xohlaganini qiladi va hech kim Unga to’sqinlik qila olmaydi, U qaror qilgan narsani o’zidan qaytara olmaydi. Uning kuchi mutlaq, u hech narsa bilan cheklanmagan. U hech qachon kamaymaydi va Uning barcha sifatlarining amalida namoyon bo’ladi.
Qur’onda zikr qilinishi: 9 marta.
Dalil: Alloh bandalariga lutflidir. U xohlagan kishiga rizq berur. U zot kuchligu aziyzdir. (Sura 42 «Shuro», Oyat 19)