Al-Qodir (Qodir) — xohlagan narsasini xohlaganicha qilish uchun mutlaq hokimiyat, qudrat va ilmga ega Zot. U hamma narsaga qodir, ammo faqat O’zining ilohiy tabiati va hikmatiga zid kelmaydigan va Uning ulug’ligiga mos keladigan narsani qiladi. O’z qudrati tufayli U hamma narsaga o’lchov belgilagan va O’z rejasini aniq amalga oshiradi.
Qur’onda zikr qilinishi: 45 marta.
Bog’liq shakllar: ٱلْقَادِر — 12 marta, ٱلْمُقْتَدِر — 4 marta.
Dalil: Chaqmoq ularning ko’zini olib qo’yay deydi. Yorishgan paytda yurishar, qorong’i bo’lsa, to’xtashar. Agar Alloh xohlasa, ularning ko’zu quloqlarini ketkazur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir. (Sura 2 «Baqara», Oyat 20)