Allohning go'zal ismlari

An-Nosir

Yordamchi, Himoyachi

النّصِيرُ

An-Nosir (Yordamchi, Himoyachi) — O’z bandalariga yordam beradigan va ularning muvaffaqiyatga erishish yo’lini osonlashtiradigan, dushmanlarining qalblariga qo’rquv soladigan va ularni ojiz qiladigan Zot.

Qur’onda zikr qilinishi: 4 marta.
Bog’liq shakllar: خَيْر ٱلنَّاصِرِين — 1 marta.

Dalil: Agar yuz o’girsalar, bas, bilginki, albatta, Alloh xojangizdir. U qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchi! (Sura 8 «Anfol», Oyat 40)