Al-Hodiy (Hidoyat Qiluvchi, Yo’l Ko’rsatuvchi) — butun mavjudotga borliq yo’lini ko’rsatadigan, bandalariga O’zining roziligiga olib boruvchi yo’lni bayon qiladigan va iymon keltirganlarni shu yo’ldan boshlaydigan Zot. Az-Zajjoj yozadi: «Al-Hodiy — O’z maxluqotlariga O’zini va O’zining rububiyatini tanish yo’lini ko’rsatadigan, bandalarini to’g’ri yo’lga hidoyat qiladigan Zot».
Qur’onda zikr qilinishi: 2 marta.
Dalil: Ana shunday. Har Payg’ambar uchun jinoyatchilardan dushman qilganmiz. Hidoyat va yordamchilikda Robbing O’zi kifoya qilur. (Sura 25 «Furqon», Oyat 31)