Al-Vakiyl (Vakil, Ishonchli) — O’z maxluqotlariga homiylik qiladigan, ularning ehtiyojlari va manfaatlari haqida g’amxo’rlik qiladigan, bandalarining aytgan va qilgan hamma narsasini kuzatadigan va ularning Unga ishonib, tavakkal qilishlariga loyiq bo’lgan Zot. As-Sa’diy yozadi: «Al-Vakiyl — O’z ilmi, mutlaq qudrati va cheksiz hikmati tufayli maxluqotlarining ishlarini boshqaradigan; O’ziga yaqin bandalariga homiylik qilib, ularga eng yengilga olib boruvchi yo’lni osonlashtiradigan, ularni eng og’irdan uzoqlashtiradigan va ishlarini tartibga soladigan Zot. Uni o’ziga Vakil qilgan kishiga U kifoyadir».
Qur’onda zikr qilinishi: 13 marta.
Bog’liq shakllar: ٱلْكَفِيل — 1 marta.
Dalil: Ular, itoat, derlar. Huzuringdan chiqqach esa, bir toifalari aytganingdan boshqaga xufyona til biriktirarlar. Alloh xufyona til biriktirgan narsalarini yozib qo’yadir. Bas, ulardan yuz o’gir va Allohga tavakkal qil. Vakillikka Allohning O’zi kifoya qilur. (Sura 4 «Niso», Oyat 81)