Allohning go'zal ismlari

Al-Kofiy

Kifoya Qiluvchi, Xalos Etuvchi

الكَافِي

Al-Kofiy (Kifoya Qiluvchi, Xalos Etuvchi) — kamolotning barcha sifatlarini O’zida jamlagan, O’ziga teng keladigani yo’q va yordamchilarga muhtoj bo’lmagan, Unga tavakkal qilganlarni balolardan himoya qiladigan va muhtojlikdan xalos etadigan Zot. Al-Xattobiy yozadi: «Al-Kofiy — O’z bandalarini tashvishlardan xalos etadigan va ularni ofatlardan himoya qiladigan, boshqa hech kimga muhtoj bo’lmaslik uchun yordami yetarli bo’lgan Zot».

Qur’onda zikr qilinishi: 1 marta.

Dalil: Alloh O’z bandasiga yetarli emasmi?! Ular seni Undan boshqalar bilan qo’rqiturlar. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hech bir hidoyat qilguvchi yo’q. (Sura 39 «Zumar», Oyat 36)